• Annotatsiya Maqolada ta’lim jarayonida multimedia vositalarining turlari va ularning samaradorligi haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan. Kalit so’zlar
  • Ta’lim jarayonida multimedia vositalarining samaradorligi suyarov Zoir Shoymardonovich




    Download 491.64 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana12.09.2023
    Hajmi491.64 Kb.
    #81423
      1   2
    Bog'liq
    595-601
    portal.guldu.uz-Kompyuter ta`minoti (3), IAKTT Majmua 2022-23, 1-mavzu (IAKTvaT), 2-mavzu (IAKTvaT)


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    595 
    TA’LIM JARAYONIDA MULTIMEDIA VOSITALARINING 
    SAMARADORLIGI 
     
    Suyarov Zoir Shoymardonovich 
    Qashqadaryo viloyati PYaMO’MM o’qituvchisi 
    Annotatsiya
    Maqolada ta’lim jarayonida multimedia vositalarining turlari va ularning
    samaradorligi haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan.
    Kalit so’zlar
    Zamonaviy axborot texnologiyalari, multimedia, multimedia vositalari,
    multimedia texnologiyasi, informatsion vositalar, kompyuter savodxonligi. 
    Ma’lumki, har bir shaxsning ma’naviy kamoloti unda amalga oshiriladigan 
    ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni shakl va metodlariga bog’liqdir. Shu boisdan
    ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik talqin qilish, uning samarali kechishini ta’minlash 
    zarurati yuzaga keldi. Buning uchun kichik maktab yoshidagi (1-4 sinflar) 
    o’quvchilarini tarbiyalashda ta’limning zamonaviy axborot texnologiyalaridan ham 
    unumli foydalanish, kompyuter savodxonligini shakllantirish, Internet bo’yicha ilk 
    elementar tushunchalar berish lozim bo’ladi. Ana shunday texnologiyalaridan biri 
    multimedia vositalaridir. Multimedia vositasini ta’lim sohasiga tatbiq etish uchun 
    uning elektron manbalarini ishlab chiqish zarurati tug’iladi. Bunday ta’lim 
    manbalariga elektron darsliklar, qshllanmalar, metodik ishlanmalar, taqdimotlar, 
    slaydlar, Internet materiallari, axborot-resurs markazlari kiradi. 
    Multimedia vositasining bir qancha ta’riflari mavjud, ularning ayrimlarini 
    keltiramiz. Jumladan, multimedia - (inglizcha-yunoncha multimedia - o’rta vositalar) 
    bu –axborot informasiya uzatishning xilma-xil vositalarini qamrab oluvchi texnologiya 
    bo’lib, unda muayyan dasturlar va vositalar mavjud bo’ladi. Multimediaga ega 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    596 
    kompyuterlar odatda kuchli videotizmga, vadeomagnitafon va videokameralarni 
    ko’rish imkoniyatiga, tasvirni ushlash va axborotlarni rangli grafika, ovozlarning 
    chiqishi va sintezlashgan musiqalar kabi turli ko’rinishlari bilan ishlash imkoniyatidir. 
    Multimedia texnologiyasi – informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari 
    asosida audio, video, matn, grafika va animasiya ( obyektlarning fazodagi harakati) 
    samaralari asosida o’quv materiallarini tarbiyalanuvchilarga yetkazib berishning 
    mo’ljallangan ko’rinishidagi texnologiyasidir. 
    Multimedia – bu maxsus texnologiya bo’lib, dasturiy va texnik moddiy ta’minot 
    asosida kompyuterda bir vaqtning o’zida matnli, tasviriy axborotni tovushli va 
    harakatli holda ifodalash imkoniyatidir. 
    Multimedia – kompyuter tizimida matn, tovush, videotasvirni va turli 
    animasiyalarni mujassamlashtirish imkonini beruvchi zamonaviy axborotlar 
    texnologiyasidir. 
    Multimedia vositalariga multimedia vositalarini yaratishda foydalanadigan 
    audiokolonka, mikrofon, videoproyektor, Veb kamera, TV tuner kabi uskunalar, 
    dasturlar va amalda foydalanishga mo’ljallangan materiallar kiradi. 
    Multimedia 
    vositalari pedagogik 
    nuqtai nazaridan boshlang’ich sinf 
    o’quvchilarining ta’lim-tarbiyasi jarayoniga tatbiq etilishida kompyuter asosida 
    yangicha yondashuv hisoblanadi. Kompyuterli texnologiyalar o’quvchilarning 
    faolligini oshirishda, o’rganiladigan o’quv materiallarining hajmini ko’paytirishda va 
    ta’lim jarayonining samaradorlik darajasini oshirishda muhim vosita sifatida amalga 
    oshirilmoqda. Unda kompyuter monitoriga qarab ekranda ko’rsatiladigan 
    materiallardan foydalanib bilim olish, kompyuter savodxonligini shakllantirish, ta’lim 
    samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
    Multimediali kompyuterli texnologiyada ko’rgazmali vositadan tashqari ta’lim 
    beradigan manba sifatida qaraladi. Chunki o’rganiladigan materiallar oldindan 
    kompyuter xotirasiga joylashtirilgan bo’ladi. O’qituvchi qaysi mavzuni o’quvchilarga 
    o’rgatmoqchi bo’lsa, kerakli ma’lumotlarni monitor ekraniga chaqirib oladi va 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    597 
    namoyish etiladigan materiallar bilan o’quvchilarni tanishtiradi. Shu asosda ular 
    mavzu yuzasidan namoyish etilgan materiallarni o’rganib boradilar. Bunda 
    o’quvchilar kompyuter bilan yetarli darajada qo’nikma hosil qiladi. Shu bilan birga 
    kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning kompyuterdan foydalanish jarayonida 
    tafakkuri rivojlanadi, bilim olishga qiziqishi ortadi va dunyoqarashi kengayib boradi.
    Multimediadagi matn qisqa, tushunarli va aniq bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi 
    o’quvchi uni nafaqat o’qish, balki yod olish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
    Ovoz o’qish yoki turli vositalar tovushdan iborat bo’ladi. Bunda ovozning jalb 
    qilish xususiyatiga, ya’ni intonatsiyali, musiqali yoki hayajonli bo’lishi katta 
    ahamiyatga ega. Jonli harakat odam, narsalar yoki predmetlarning xatti-harakatidan 
    tashkil topadi. Undagi yagona talab-jonli harakatlarning tarbiyaviy va estetik 
    xususiyatiga ega bo’lishidir. Grafik tasvirlar muayyan mavzuni tasavvur qilish uchun 
    hosil qilinadi. Bu hol xotirani mustahkamlashga ham xizmat qiladi. 
    Multimedia vositalaridan o’qitish jarayonida foydalanish o’qitish sifatini va 
    samarasini oshirishning eng qulay usullaridan biri bo’lishiga qaramasdan, unga mos 
    dasturlar bo’lmasa yoki ulardan foydalanilmasa kutilgan samarani bermaydi. Shuning 
    tuchun har bir o’quv fanining xususiyatidan kelib chiqib, o’quv materialining asosiy 
    va muhim elementlarining o’quvchilar o’zlashtirish jarayoniga mos kelishi, dastur 
    vositalari ekrandagi tasvirlarning rangiga, ma’lumotlarning tuzilishiga, obyektlarning 
    ko’rinishiga, tovushlarning qulayligini e’tiborga olishni nazarda tutadi. 
    Mulimedia vositalari o’quvchiga yakka tartibda yondashish imkonini beradi. 
    O’qituvchining bevosita ishtirokisiz ham o’quvchi materialni o’zlashtirishi mumkin 
    bo’ladi. Multimedia xozirda juda tez rivojlanayotgan zamonaviy axborot 
    texnologiyalardan bo’lib, u quyidagi xususiyatlarga ega: 
    * An’anaviy axborot turlarini: matn, jadval, turli xil bezaklar hamda orginal 
    axborot turlarini: nutq, musiqa, telekadrlar, videofilmlardan parchalar, lavhalar, 
    animasiya ko’rinishidagi axborotlarni o’z ichiga oladi.


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    598 
    * Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun 
    markaziy prottessorning harakatchanligini, ma’lumotlarni uzatish shinasining 
    o’tkazish qobiliyatini, tezkor video va xotira hajmini, katta sig’imli tashqi xotirani, 
    kompyuter kirish - chiqish kanallari bo’yicha almashinuv tezligini taxminan ikki 
    barobar oshirish talab etiladi; 
    * “inson-kompyuter-inson” interaktiv muloqotining yangi darajasining 
    ta’minlanishi, muloqot jarayonida foydalanishda ancha keng va har tomonlama 
    axborotlarni olishga ega bo’lish.
    Hozirgi amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimedia vositalari yordamida ta’lim 
    sohasida o’quvchilarni o’qitish ikki baravar samarali bo’lmoqda. Ma’lumki, eshitgan 
    materialning to’rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo’lsa, o’quvchilarga berilayotgan 
    materiallarni video orqali amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlanib qolishi va 
    tasavvur qilish imkoniyati 35-70 % gacha oshadi. Shuningdek, mazkur o’quv dasturlar 
    audio video va grafika ko’rinishida mujassamlashtirilgan holatda o’quvchilarga 
    berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 70-95 % ga oshishi kuzatimoqda. 
    Ta’lim sohasida multimedia vositalari yordamida o’quvchilarga bilim berish 
    afzalliklari quyidagilardan iborat: 
     Ta’lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq 
    o’zlashtirish imkoniyatining mavjudligi; 
     Ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqining yanada 
    oshishi; 
     Dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash 
    imkoniyatiga erishilishi; 
     Olingan bilimlarning kishi xotirasida uzoq muddat saqlab qolishi va uni 
    amaliyotda qo’llash mumkinligi. 
    Multimediani ta’lim jarayoniga qo’llashning ayrim muammolari ham mavjud, 
    jumladan: 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    599 
    * Ta’lim uchun zarur bo’lgan o’quv materiallarini hamda boshqa zaruriy 
    ko’rsatmalarni qo’llanma shaklida o’quv kom’pyuter dasturlari ko’rinishida ishlab 
    chiqish; 
    * Ishlab chiqilgan o’quv kom’pyuter dasturlari uchun multimedia elementlarini 
    qo’llash. 
    Taraqqiy etib borayotgan informatsion vositalar jamiyatimizda ijtimoiy 
    rivojlanishining asosini belgilovchi an’anaviy imkoniyatlar bilan bir qatorda 
    insonlarning qobiliyati, tashabbuskorligi, ishga ijodiy yondashishi, intelektual 
    faoliyati, mustaqil ravishda o’z bilim va ko’nikmalarini takomillashtirishi kabi omilllar 
    tashkil etadi. Katta hajmdagi ma’lumotni saqlash, uzatish, qabul qilish bilan bog’liq 
    axborot yaratish jarayoni inson faoliyatini turli soxalarida kompyuter texnoloiyalarini 
    rivojlantirishlarini ko’zda tutadi. 
    Inson tafakkuri shu qadar taraqqiy etib bormoqdaki, bunda texnikalashtirish va 
    kompyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab chiqarishning turli soxalari, balki 
    madaniyat va ta’lim soxalariga ham dadil kirib bormoqda. Kompyuter 
    texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta’lim jarayonini yangi bosqichga 
    ko’tardi. Bu o’z o’rnida ta’lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko’rib chiqish 
    uchun yangi bilim hamda ko’nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini tug’dirdi.
    Bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat ko’rsatuvchi 
    mutaxassislarning professionallik darajasi ularning kompyuter tehnologiyalarini 
    egallaganligi bilan ham belgilanadi. Bu hol zamon talabiga aylanib qoldi. Mazkur 
    talabga javob berish uchun mutaxassislarni tayyorlash jarayonida, ya’ni ta’lim 
    muassasalarida yetarli baza yaratilishi kerak. 
    Hozirgi vaqtda ta’lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarning ilmiy 
    asoslarini yaratish, ularni tasniflash, metodik ahamiyatini belgilash kabi dolzarb 
    muammolar ustida ish olib borilmoqda. Yangi pedagogik tehnologiyalar deganda
    an’anaviy va noananaviy metodlar bilan bir qatorda ta’limni kompyuterlashtirish ham 
    tushuniladi. Shu manoda tobora shakllanib borayotgan kompyuter-axborot madaniyati 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    600 
    axborotni yetkazish va qabul qilishda yangi munosabatlarni vujudga keltiradi, 
    fikrlashning yangi turini xosil qiladi. Bunda inson inofrmation koinot bilan o’zaro 
    muloqotga kirishadi. Telekommunikasiya (telefon, televideniye, radio) tarmoqlarining 
    kompyuter tarmoqlari bilan birikishi yagona jahon axborot makonini-multimediani 
    tashkil etadi. Ushbu makonning eng muhim qismi Internet tarmog’i ayniqsa uning
    giper-media xizmatlari (Vorld-Vide Veb), gipermediapochta, videokonferensiyalardir. 
    Multimedia (“ko’p muhitlik” degan ma’noni bildiradi)-zamonaviy axborotlar 
    tehnologiyasi bo’lib, kompleks tushunchani anglatadi. Multimedia axborotning turli
    ko’rinishlari-matn, jadval, grafika, nutq, animatsia, multiplikatsiya), video tasvir, 
    musiqa yordamida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishash va uzatish vazifalarini 
    bajaradi. Multimedia “inson-kompyuter” interaktiv (diologig) muloqotning yangi, 
    takomillashgan pog’onasi bo’lib, unda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama 
    axborot oladi. Multimedia vositalaridan hordiq chiqarish, ta’lim olish va reklama kabi 
    sohalarda foydalaniladi. Multimedia vositalari asosida kichik maktab yoshidagi 
    o’quvchilarga ta’lim berish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir.
    Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ta’lim jarayonida multimedia vositalarini 
    qo’llash pedagogik va psixologik nuqtai nazardan juda katta ahmiyatga ega. Unda 
    beriladigan material chuqurroq o’zlashtiriladi, vaqtni tejash imkoniyatiga erishiladi, 
    olingan malumot kishi xotirasida uzoq vaqt saqlanadi, kichik maktab yoshidagi 
    o’quvchilarning passiv tinglovchi sifatida ishtirok etishi qisqarib, izlanuvchanlik va 
    bilish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan multimedia dasturlari tadbiq etiladi, 
    ta’lim jarayoniga badiiylik kiritiladi. 

    Download 491.64 Kb.
      1   2




    Download 491.64 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim jarayonida multimedia vositalarining samaradorligi suyarov Zoir Shoymardonovich

    Download 491.64 Kb.
    Pdf ko'rish