87
13.1.
Tezlik bosimi bo‟yicha sarf o‟lchagichlar.
13.2. Induksion va o‟zgaruvchan satxli sarf o‟lchagichlar.
13.3. Standart toraytuvchi qo‟rilmalar.
Tayanch iboralar: Tezlik bosimi bo‟yicha sarf o‟lchagichlar, induksion sarf
o‟lchagichlar, o‟zgarmas bosim farqi sarf o‟lchagichlar, rotametrlar.
Adabiyotlar: 1, 3, 4, 5, 7.
13.1.Tezlik bosimi bo‟yicha sarf o‟lchagichlar
Tezlik bosimi bo‟yicha sarfni o‟lchash dinamik bosimning o‟lchanayotgan
muhit oqimi tezligiga bog‟liqligiga asoslangan. Bernulli tenglamasiga muvofiq to‟liq
va statik bosimlar ayirmasi
2
2
С
Т
Р
Р
(13.1)
bundan
Р
Р
Р
С
Т
2
)
(
2
(13.2)
bu еrda
-o‟lchanayotgan muhit harakatining tezligi, m/s;
T
R – to‟liq bosim, Pa; Р
С
– statik bosim, Pa;
R - dinamik bosim,
Pa;
-o‟lchanayotgan muhit zichligi, kg/m
3
.
Shunday qilib dinamik bosimni, binobarin. Suyuqlik
yoki gaz harakatining tezligini aniqlash uchun to‟liq va
statik bosimlar ayirmasini o‟lchash lozim. To‟liq va statik
bosimlar ayirmasini quvurga ochiq naycha 1 va difmanometrlar 2 ni 13.1- rasmda
ko‟rsatilganidek o‟rnatish yo‟li bilan o‟lchash mumkin. Difmanometr bilan
o‟lchangan dinamik bosim
)
(
1
g
h
Р
Р
Р
С
Т
(13.3)
bu еrda h – difmanometrdagi suyuqlik sathining farqi, m; g – og‟irlik kuchining tezlanishi,
m/s
2
,
1
- difmanometrdagi ishchi suyuqlikning zichligi, kg/m
3
.
Dinamik bosimning (13.3) tenglamadagi qiymatini (13.2) formulaga qo‟ysak
)
(
2
1
h
g
(13.4)
Ko‟rilgan yakka bosimli naycha orqali o‟lchash usuli fransuz olimi Pito
tomonidan taklif etilgan. Hozirgi paytda gidrodinamik bosimni o‟lchash uchun
qo‟shaloq bosimli naychalar ishlatiladi. Bu naychalarda to‟liq va statik bosimlarni
o‟lchaydigan naychalar konstruktiv birlashgan. Ikkita naychaning birlashishi ham
to‟liq, ham statik bosimlarni bir nuqtada tanlashga olib keladi, shu sababli o‟lchashda
88
birmuncha hatoga yo‟l quyilishi mumkin. Shuning uchun (13.4) formulaga tuzatish
koeffitsienti kiritiladi. Unda oqim tezligi
)
(
2
1
h
g
(13.5)
-koeffitsient turli naychalar uchun tajriba yo‟li bilan aniqlanadi. Yaxshi tayyorlangan
naychalar uchun Re≥700 da ξ koeffitsient birga yaqin bo‟ladi, agar Re < 700 bo‟lsa ξ kamayib
boradi.
Ishlatilayotgan tezlik naychalari konstruksiyasi orasida normallashgan
yarimsferaviy yoki konik uchli qo‟shaloq naychalar keng tarqalgan, bu naychalar
uchun ξ=1.
Tezlik naychasi quvurda parmalangan teshikka shunday o‟rnatiladiki, o‟lchash
silindri o‟lchanayotgan modda oqimining o‟qiga mos kelgan. Sarfni tezlik naychalari
bilan o‟lchashda oqimning o‟rtacha tezligi aniqlanishi kerak. Ammo oqim o‟qidagi
tezlik maksimal bo‟lib, quvuro‟tkazgich devorlariga yaqinlashganda kamayadi.
Oqimning maksimal va o‟tacha tezligi o‟rtasidagi nisbat quyidagi tenglama orqali
ifodalanadi:
(Re)
max
f
урт
(13.6)
урт
- oqimning o‟rtacha tezligi;
max
- оqimning quvur o‟qi bo‟yicha maksimal tezligi;
Re – quvur diametriga oid Reynolds soni.
13.2-rasm
m a x
у р т
nisbatni ifodalovchi eksperimental egri chiziq keltirilgan.
O‟rtacha tezlikni bu usulda aniqlash uchun tezlik naychasi quvur o‟qi bo‟ylab
o‟rnatiladi.
max
o‟lchanadi, keyin Re hisoblanadi, shundan so‟ng tasvir bo‟yicha
урт
o‟rtacha tezlikning qiymati topiladi. Quvurda naycha kirishdan 40…50D
masofada joylashishi kerak. Oqimning o‟rtacha tezligi va quvo‟rning ko‟ndalang
kesimi ma„lum bo‟lsa, sekundli sarf quyidagicha aniqlanadi:
урт
S
Q
(13.7)
bu еrda S – quvur kesimi, m
2
, Q-o‟lchanayotgan muhit sarfi, m
3
/s.
O‟rtacha tezlik bosimini o‟lchash murakkabligi, tezlik naychasi teshiklarining
ifloslanishi, sezgir difmamometrlarni ishlatish zarurligi o‟lchashning yuqoridagi
usulini cheklaydi. Tezlik bosimi sarf o‟lchagichlari, asosan, tajriba sharoitlarida,
eksperimental ishlardagi katta diametrli quvurlarda suyuqlik va gazlarning katta
tezlikdagi oqim sarfini o‟lchashda ishlatiladi.
89
O‟lchanayotgan muhit toza bo‟lib, uning tarkibida qattiq zarrachalar
bo‟lmasligi lozim. Tezlik naychalari ishlatilganda deyarli bosim yo‟qotilishi
kuzatilmaydi. Bu esa ushbu uslubning afzalligidir.