Sochiluvchan moddalarning sathini o‟lchash




Download 336,76 Kb.
bet63/72
Sana02.12.2023
Hajmi336,76 Kb.
#109797
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   72
Bog'liq
1-маърўза Кириш-fayllar.org

15.4.Sochiluvchan moddalarning sathini o‟lchash 

Bunker va boshqa qurilmalardagi sochiluchan moddalarning sathini o‟lchash


suyuqliklar sathini o‟lchashdan ancha farq qiladi, chunki materialning ob„ektda
joylashish tavsifi uning sathi haqida gorizontal sirt kabi fikr yuritishga imkon



101
bermaydi. Kimyo va oziq-ovqat sanoatining ko‟pgina texnologik jarayonlarida


sochiluvchan materiallar sathini uzluksiz o‟lchash kerak bo‟ladi. Buning uchun
qalqovichli, elektrik, radioaktiv va vaznli sath o‟lchagichlar ishlatiladi.
Doimiy cho‟kadigan qalqovichli sath o‟lchagichning ishlash prinsipi
qalqovichning sochiluvchan material ichiga tushib ketmay, uning sirtida qalqib
turishiga asoslangan.
Sochiluvchan materiallarning vaznli sath o‟lchagichlari bunkerni osib quyish
konstruktiv qiyinchiliklarini hosil qilmaydigan va materialning bunkerga solinishi
hamda undan to‟kilishi bir me„yorda bajariladigan hollarda ishlatiladi. O‟zgartgich
sifatida turli vaznli qurilmalar qo‟llaniladi. Masalan, agar bunker prujinali tayanchda
turgan bo‟lsa, chegarali sath o‟zgartgichi sifatida chetki o‟chirgichlar ishlatilishi
mumkin. Bunker yuklanganda, prujinali tayanch siqiladi va bunker vertikal bo‟yicha
o‟zaro ta„sirlashib, bunker to‟lganda va bo‟shaganda o‟chirgichlarning ishlab
ketishini ta„minlaydi.
Vaznli sath o‟lchagichlarda o‟zgartgich sifatida messzodlar ishlatiladi. Bunda
bunker tayanchiga ko‟rsatilgan bosim o‟lchanadi. Bu bosim bunkerni material bilan
to‟ldirish funksiyasidan iborat. Asbobning komplekti sath yoki vazn birligida
darajalangan va manometr bilan naychalar orqali ulangan gidravlik mesezodadan
iborat. Porshen elastik membrana bilan germetiklangan. Messzoda, ulaydigan naycha
va manometrning prujina li suyuqlik bilan to‟ldirilgan. Memmzoda-manometr
tizimidagi bosim material bilan to‟ldirilgan bunker og‟irlik kuchining messzoda
porsheni yuzasiga bo‟lingan qiymatiga teng.
Bunday sath o‟lchagichlar uchun manometr strelkasining shkaladagi
boshlang‟ich (nol) holati bunkerning bo‟sh holatiga mos keladi. Shunday qilib, shkla
bunkerni to‟ldiradigan material vaznini ko‟rsatadi.
Bu
asboblar
nazorat
qilinayotgan
modda
bosimini
o‟zgartiruvchi
o‟zgartgichlarning qo‟llanishiga asoslangan.
Bunkerning devorida turli balandlikda membrana o‟rnatiladi yoki uchiga
plastinka yoxud shar o‟rnatilgan mayatnik osiladi. Sochiluvchan materialning bosimi
ta„sirida membrana egiladi va kontaktlarga ulangan prujinani siljitadi. Prujinalar
tegishli elektr signalini ta„minlaydi. Sathning pasayishi bilan prujina membrana va
kontaktlarni boshlang‟ich holatga qaytaradi. Bunkerdagi sath ko‟tarilganda
mayatnikning chetga chiqishi natijasida kontaktlar ulanadi.
Hozirgi paytda kimyo sanoatida ishlatiladigan sochiluvchan jismlar sath
signalizatorlari va o‟lchagichlarning nomenklaturasi cheklangan.

Download 336,76 Kb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   72




Download 336,76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sochiluvchan moddalarning sathini o‟lchash

Download 336,76 Kb.