Keywords: Service service, competitiveness of car service enterprise, service quality,  service evaluation (certification)




Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana30.09.2023
Hajmi0.85 Mb.
#85778
TuriИсследование
1   2   3   4
Bog'liq
Sotvoldiyev Xasanboy Rasuljon o‘g‘li
Gibrid organik-noorganik Perovskitlar uchun yangi davr ochish, 5-5, 619 17-Mavzu Ped кор, file, 9 – Mauza. Ms access dasturida hisobotlar Reja Accessda hisobot, LBxVFbQW42aNGaM3j1o99zIxoBBuRvNF9XA6nON7, Mámleketlik sa-WPS Office, referat, McCarathy Calculator Poster, Controlled Influence of In and Si Doping on the Spectral Characteristics of CdTe Epitaxial Layers Grown on Poly-Silicon Substrates Using Vacuum Thermal Evaporation (VTE), NAMANGAN ENGLISH1, Book practise for Semicon (2), Амалий машгулот, Book tables
Keywords: Service service, competitiveness of car service enterprise, service quality, 
service evaluation (certification). 
 
KIRISH 
Аvtomobillar – oʼziga hos yuqori texnologik mahsulot boʼlib, ularni harid qilish
ekspluatatsiya qilish va doimiy texnik soz boʼlishini taʼminlovchi servisini tashkil etish 
uchun yuqori saviyali mutaxassislar talab etiladi. 
Аvtomobillarga texnik xizmat koʼrsatish va taʼmirlash texnologik jarayonlarini koʼrib 
chiqishda asosiy diqqat zamonaviy konstruktiv yechimlarga va ularga xizmat 
koʼrsatishning zamonaviy usullariga qaratilgan. 
Oʼzbekistonda avtomobil servisi sifatli va keng turda xizmatlar koʼrsatish boʼyicha 
davomli anʼanalariga ega. Аvtoservis tarmogʼi turli xildagi avtoservis korxonalaridan 
tashkil topgan: avtomobillar ishlab chiqaruvchi zavodlarning servis markazlaridan to 
uncha katta boʼlmagan avtomobil taʼmirlash ustaxonalari va mayda taʼmirlash 
postlarigacha. 


Международный научный журнал № 4 (100), часть 1 
«
Новости образования: исследование в XXI веке» ноябрь, 2022 г
265 
Servis – xizmat koʼrsatishga qaratilgan faoliyatdir. Uning alohida xususiyati shundaki, 
xizmat koʼrsatish jarayonida baʼzi material resurslar sarf qilinsada, servis material 
koʼrinishida emas, balki ehtiyojini faoliyat orqali qondirishidadir. 
Xizmat koʼrsatish ishlab chiqarish jarayonidan ajralmasdir, u saqlanmaydi va doimiy 
boʼlmagan sifat xususiyatiga ega. 
Xizmatning ishlab chiqarish jarayonidan ajralmasligi uni shu jarayonda isteʼmol 
qilinishidadir. 
Xizmatni amalga oshirilgandan soʼng uni saqlab qolish, yigʼishning yoki sotishning 
iloji yoʼq, shuning uchun xizmatni koʼrsatish jarayonida kerakli material, moliyaviy va 
mehnat resurslari hajmini rejalashtirishda xizmatga boʼlgan talabni aniq bashorat qilish 
vazifasi turadi.
Xizmat sifatining doimiy emasligi shundaki, isteʼmolchi xizmat koʼrsatilgunga qadar 
uni sifatini baholay olmaydi. Buni xizmatni amalga oshirilgandan soʼnggina imkoni bor. 
Shuning uchun, mijozga xizmat koʼrsatilgunga qadar xizmat haqida toʼliq tasavvur hosil 
qilish imkonini beruvchi xizmat turlari va sifati toʼgʼrisidagi makʼlumotlar katta ahamiyatga 
ega. 
Odatda, xizmat koʼrsatishda qoʼl mexnatining ulushi katta boʼlganligi uchun servis 
sifati xizmat koʼrsatuvchining malakasiga bogʼliq. 
Аvtoservis korxonasining raqobatbardoshligini taʼminlaydigan omillardan asosiysi 
koʼrsatiladigan xizmat sifatidir. Аvtoservis korxonasi raqobatbardoshlik darajasini 
oshirishning asosiy yoʼnalishlari quyidagilar: 
- xizmat koʼrsatish sifatini oshirish
- buyurtmani bajarish vaqtini kamaytirish; 
- xizmat koʼrsatishning imtiyozli va siylovli baho siyosatini olib borish; 
- mijozlar uchun qulayliklar yaratish, ularga hurmat va ehtirom bilan muomala qilish 
va xizmat koʼrsatish madaniyatini oshirish; 
- ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi texnika va texnologiyani qoʼllash, xizmat 
koʼrsatishning yangi shakllarini taklif etish. 
Xizmat koʼrsatish sifati – xizmat turlari, xizmatni bajarishga sarflangan vaqt, ish 
bajarish sifati, taqdim etilgan qulaylik va madaniyat darajasi bilan xarakterlanadi. 
Xizmatning yuqori sifatiga zamonaviy jihozlarni qoʼllash, mehnatni toʼgʼri tashkil 
qilish va ragʼbatlantirish, sifatli ehtiyot qismlarni ishlatish, ish sifatini nazorat qilish orqali 
erishiladi. 
Xizmat koʼrsatishning yuqori sifati avtoservis firmasining xizmatiga talabni oshiradi 
va uning iqtisodiy holatini yaxshilaydi. 
Buyurtmani bajarish vaqtini kamaytirish – aholiga xizmat koʼrsatish darajasiga, 
korxona faoliyati samaradorligiga, aylanma mablagʼlar aylanishni tezlashtirishga va 
korxonaning foyda bilan ishlashiga olib keladi.
Аvtoservis korxonasining ish tartibi mijozlarga qulay va moslashgan boʼlishi lozim. 
Zarur boʼlganda ish vaqti choʼziladi yoki dam olish kuni ham ishni tashkil etiladi.


Международный научный журнал № 4 (100), часть 1 
«
Новости образования: исследование в XXI веке» ноябрь, 2022 г
266 
Xizmat koʼrsatishning imtiyozli va siylovli baho siyosatini olib borishda quyidagi 
shakllar qoʼllaniladi: 
- kafolatli bahoni qoʼllash, yaʼni dastlab belgilangan baho qoʼshimcha ishlar 
chiqqanda ham oʼzgarmasligini taʼminlash; 
- kechki, tungi vaqtda va dam olish, bayram kunlarida hamda katta hajmdagi 
buyurtma boʼlganda imtiyozli bahoni qoʼllash; 
- diagnostikaning ayrim turlarini bepul oʼtkazish, mijozlarga sovgʼalar topshirish. 
Xizmat koʼrsatishning imtiyozli va siylovli baho siyosatini olib borish korxona imidjini 
va ishdagi obroʼsini oshiradi. 
Mijozlar uchun qulayliklar yaratish, ularga hurmat va ehtirom bilan muomala qilish 
va xizmat koʼrsatish madaniyatini oshirish quydagilarda namoyon boʼladi: 
Mijozning ishonchini, xohishini va servis xizmatiga ehtiyojini oshirish uchun xizmat 
madaniyatini yuqori darajaga koʼtarish lozim. Xizmat madaniyatining asosiy elementi 
boʼlib, xizmat koʼrsatish xodimlarining malakaviy axloqi hisoblanadi. 
Malakaviy axloq mijozga xizmat koʼrsatuvchining tashqi qiyofasi, tozalik va 
shinamlik, hurmat va ehtiromda namoyon boʼladi. Malakaviy axloqni yaxshilash 
xodimlarni tanlash, tayyorlash va malakasini oshirish, ular bilan tarbiyaviy ishlarni olib 
borish va iqtisodiy ragʼbatlantirish orqali amalga oshiriladi. 
Xizmatning estetik madaniyati–xizmat koʼrsatish estetikasi, interьer, xodimning 
estetik qiyofasidan iborat. 
Xizmat koʼrsatish estetikasi mijozning korxonaga kelishidan yaxshi taasurot olishi, 
koʼngildagidek sharoitning mavjudligi va salonlarning qulayligiga asoslanadi. 
Xodimning estetik qiyofasi tozalik, orastalik, korxona belgisi tushirilgan firma 
kiyimida namoyon boʼladi. 
TXK va taʼmirlash sifati quyidagi omillarga bogʼliq: 
1. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash; 
2. Moddiy-texnika taʼminoti; 
3. Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish; 
4. Metrologik taʼminot; 
5. Xizmat sifatiga boʼlgan talablarni meʼyorlashtirish va xizmat sifati darajasini 
barqarorlashtirish; 
6. Xizmatni baholashdan oʼtkazish (sertifikatsiya); 
7. Xizmat sifatini yaxshilashni ragʼbatlantirish; 
8. Xizmat sifatini boshqarishni huquqiy taʼminlash; 
9. Davlat tomonidan davlat standartlarining joriy etilishi va unga rioya qilinishini, 
texnik shartlarni, texnik oʼlchov vositalari holatini nazorat qilish; 
10. Xizmat sifatini muassasalar tomonidan nazorat qilish; 
11. Tizimni maʼlumot (axborot) bilan taʼminlash. 
Аvtoservis xizmatida sifat ikki qismdan, yaʼni avtomobilda bajarilgan ishlarning sifati 
va avtomobil egalari-mijozlarga koʼrsatiladigan xizmat sifatidan iboratdir. 


Международный научный журнал № 4 (100), часть 1 
«
Новости образования: исследование в XXI веке» ноябрь, 2022 г
267 

Download 0.85 Mb.
1   2   3   4




Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Keywords: Service service, competitiveness of car service enterprise, service quality,  service evaluation (certification)

Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish