JISMONIY TARBIYA VA SPORT




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/109
Sana28.06.2024
Hajmi1,51 Mb.
#266161
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   109
Bog'liq
talim transformatsiyasi

JISMONIY TARBIYA VA SPORT 
MASHG
ʻ
ULOTLARI NAZARIYASI VA 
METODIKASI 


egasi bo‘lib, yaratuvchilik, bunyodkorlik tashabbuskorlik masalalarni o‘ziga shakllantirgan, 
Vatan va xalqiga mehr-muhabbat, faxr va iftixor tuyg‘ulari bilan yashaydigan, axloqiy huquqiy 
burchni, elat va millat oldidagi ma’suliyatni tarang anglaydigan shaxs hisoblanadi. 
Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatini shakllantirishning shakl va vositalarini ishlab 
chiqish ijtimoiy-pedagogik nazariyaning birinchi galdagi vazifasidir. Ammo, bu juda murakkab 
va ko‘p qirrali pedagogik jarayon hisoblanadi. Shunga ko‘ra, avvalo, «fuqaro», «madaniyat» 
tushunchalarining mazmun-mohiyatini falsafiy, etnik, estetik pedagogik va madaniyatshunoslik 
nazariyasi nuqtai nazaridan tahlil qilish, uning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotdagi 
ahamiyatini anglab, talaba-yoshlar fuqarolik madaniyatini shakllantirish jarayonini belgilash 
muhim pedagogik hodisa hisoblanadi. 
Fuqarolik madaniyati tushunchasining mazmun – mohiyatini dastlab «fuqarolik» va 
«madaniyat» tushunchalariga berilgan ta’riflar jismiga ko‘ra, ko‘rib chiqish, so‘ngra «fuqarolik 
madaniyati»ga pedagogik ta’rif berish maqsadga muvofiqdir.
«Fuqarolik
,-deb qayd etiladi» Falsafa: Qomusiy lug‘atida,-
kishini qaysi millatga 
mansubligini emas, balki muayyan mamlakatga, shaxs yashab turgan makonga mansubligini 
ifodalovchi tushuncha») 
Bunda fuqarolik tushunchasi kishining ma’lum bir millatga mansubligini emas, balki 
muayyan mamlakatga mansubligini anglatib shaxs bilan
 
davlat o‘rtasidagi munosabatlarni 
ifodalaydigan omil hisoblanadi. Buning uchun har qanday inson o‘zi yashayotgan davlatni tan 
olsa, uning mustaqilligini ta’minlashga xizmat qilsa, o‘z mamlakatining davlat ramzlari: 
konstitutsiyani (uning asosida chiqariladigan qonunlarni) tan olsa, tamg‘asi, madhiyasi, bayrog‘i, 
kuchli armiyasi bilan faxrlansa, u millati, irqi, jinsi, kasb-kori, ijtimoiy kelib chiqishi, dinga 
munosabatidan qat’iy nazar, shu davlatning fuqarosidir.
«Vatan tuyg‘usi» risolasining mualliflari (A.Ibrohimov, X.Sultonov, N. Jo‘rayev) 
«fuqaro» va «fuqarolik» tushunchasiga ta’rif berib, shunday yozadilar: «Huquqiy o‘rni qonun 
bilan mustahkamlangan shaxsning davlat ichkarisida yoki tashqarisida bo‘lishidan qat’iy nazar, 
ma’lum bir davlatga qarashligiga fuqarolik deyiladi, shunday huquqga ega shaxs fuqaro deb 
ataladi»
Fuqaro so‘zi o‘rnida tabaa, raiyat so‘zlari ishlatilganligini, bu so‘zlar mazmunida 
insonning kamtarligi, oddiyligi qayd etilib, ajdodlarimiz «men» so‘zini ishlatish odob yuzasidan 
kibr havo, manmanlikni ifodalaydi deb, bir birlariga «fuqaro», «faqiru haqir» deb murojaat 
qilganlarni ham qayd etib o‘tadilar. Bundan ma’no shuki, nihoyatda kamtarinlik, oddiylik, 
hamkorlik, bechoralikka nisbat olinib «fuqaro» so‘zi ishlatilgan.
«Mustaqillik: izohli ilmiy–ommabop lug‘at»da qayd etilib fuqarolik» tushunchasi 
qadimiy Yunoniston va Rimda paydo bo‘lgan ammo, o‘zining asl ma’nosini keyinchalik 
fransuzcha «situayn» ingilizcha «sitizen», ruscha «gorojanin», «grajdanin» so‘zlaridan olgan 
bo‘lib, qoloq qishloq, mustabid feodal munosabatlaridan ozod, erkin inson degan ma’noni 
bildirgandi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishib, xalqimizning asrlar davomidagi orzu–istaklari 
demokratiya, adolatli, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat kiritilgandan so‘ng, qurishga bu so‘z 
insonparvarlik nuqtai nazarida ishlatila boshlandi. Shundan: «Fuqarolik deganda, insonni 
huquqiy yoki siyosiy–huquqiy tomondan himoyalanishi va qonuniy manfaatlarining ushbu davlat 
ichida va uning tashaqarisida himoyalanishi tushuniladi»,-deb ta’riflanadi lug‘atda. Shuningdek, 
milliy mustaqillik davlat va shakl o‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqib O‘zbekiston 
Respublikasining fuqaroligi, quyidagi ijtimoiy qoidalarga asoslangan:-deb, qayd etishi mumkin: 
-mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millatlar va elatlar tili, dinidan qat’i 
nazar teng huquqliligi;
-erkaklar va ayollarning tengligi;
-fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy kelib chiqishi, mulki, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar 
qonun oldida tengligi;
-fuqarolikni qay tarzda qabul qilganligidan qat’i nazar, ularning huquqiy holatning bir xil 
belgilanganligi;


111 
-butun O‘zbekiston hududida yagona fuqarolik o‘rnatilganligi;
-«ikki davlat fuqarosi» bo‘lish qonun bilan man etilganligi;
-fuqarolikni olish va to‘xtatish tartibi huquqiy hal etilganligi;
-ota-onalarning fuqaroligi o‘zgarganda, bolalar fuqaroligining o‘zgarishi tartibi aniq 
belgilanganligi;
-fuqarolik masalalari bo‘yicha huquqiy aktlarni qabul qiluvchi va ijrosini tekshiruvchi 
davlat organlari tizimi birligi;
-fuqarolik masalalariga oid qarorlar yuzasidan shikoyat qilish tartibining aniq ravshanligi;
-fuqarolik bo‘yicha xalqaro shartnomalar turlari, xarakteri qonunda aniq belgilanganligi. 
Shunday qilib, muayyan mamlakatda yashovchi, ushbu mamlakatning konstitutsiyasini, 
qonunlarini davlat ramzlarini hurmat qiluvchi, ularga faxr va iftixor nazari bilan qaraydigan, 
huquqlari qonun bilan kafolatlangan, shuningdek uning davlat ichkarisi va tashqarisidagi 
manfaatlari himoyalangan muayyan jamiyatning erkin, ozod, faol, o‘zini-o‘zi idora eta oladigan 
insonlariga «fuqaro» yoki «fuqarolik» deyiladi.
Ma’lumki, madaniyat, ma’rifat, fuqarolik kabi masalalar eramizdan oldingi taraqqiyot 
bosqichida ham, undan keyingi davr taraqqiyotida ham eng dolzarb masalalardan biri bo‘lgan va 
shunday bo‘lib qoladi. Kishilik jamiyatning dastlabki ming yillikidir Baqtriya, Xorazm, 
Sug‘diyona, Marg‘iyona, Parfiya, Zarafshon, Parkana Parkent kabi o‘lkalarda dastlabki madaniy 
mehnat qurollari paydo bo‘lib, ular insoniyat hayoti va faoliyati taraqqiyoti davomida 
takomillashib borgan. Shundan madaniyat nazariyasiga asos solinib, uning tarixiga katta e’tibor 
bilan qarashgan. Shuning uchun «Vatan tarixi va madaniyati, jug‘rofiyasi va iqtisodiyotini, 
qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o‘rganish dolzarb ahamiyatga ega. Bog‘chalardan 
tortib oliy o‘quv yurtlarigacha bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimlarida mazkur masalaga doir fan va 
bilimlarni o‘qitish muhim, siyosiy vazifa sifatida qaralmog‘i kerak». Shunga ko‘ra o‘tmishda va 
hozirgi kunlarda ham jahon faylasuflari, etika, estetika fani namoyondalari madaniyatshunoslar, 
pedagoglari, madaniyat tushunchasining mohiyat-mazmunini, inson va jamiyat hayotidagi 
o‘rnini anglash, uning ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini aniqlash va takomillashtirishga katta 
e’tibor qaratib ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar.
Amerikalik olimlar A.Kreber va K.Klakxonlarning ta’kidlashicha «madaniyat» 
tushunchasiga 257 dan ortiq ta’rif mavjud bo‘lib, ushbu tushuncha ijtimoiy hodisa sifatida 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning intellektual hayot elementlarini birlashtiruvchi ma’naviy oziqa 
shaklida tavsiflangan. 
Yuqorida e’tirof etilganidek, jamiyat madaniy hayotini rivojlantirishda, shakllantirish, 
takomillashtirish va uni ilmiy-nazariy asoslash lozim bo‘ladi. Shu ma’noda madaniyat 
tushunchasining mazmun-mohiyatini «Madaniyat va fuqarolik jamiyati, «Madaniyat va 
insonning ma’naviy kamoloti», «Madaniyat va insonning turmush tarzi», «Inson hayotining 
moddiy va madaniy asoslari» kontenetida tahlil qilish maqolamiz maqsadi nuqtai nazariyadan 
ilmiy asoslangan hisoblanadi. Chunki jamiyatning iqtisodiy-ma’naviy taraqqiyotida ham, inson 
kamolotida ham, erkin va farovon turmush tarzini tashkil etishda ham, madaniyat va uning 
o‘zagi hisoblangan milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar asosiy o‘rin egallaydi va shunday 
bo‘lib qoladi. Shu ma’noda madaniyat o‘tmishga, bugunga va kelajakka yo‘nalgan ijtimoiy 
hodisa bo‘lib, u inson va jamiyat munosabatini, shaxs faoliyatining sifat ko‘rsatkichini va 
pirovard natijada insonning o‘zini anglatuvchi omil hisoblanadi.
«Madaniyat» tushunchasining shajarasiga nazar tashlasak, bugungi kunda uning talqini, 
mazmun-mohiyati, inson va jamiyat hayotidagi, o‘rni «Falsafa», «Sotsiologiya», «Etika», 
«Estetika», «Pedagogika», «Psixologiya», «Dinshunoslik», «Ma’naviyat asoslari», «Milliy 
istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» kabi ijtimoiy-gumanitar fanlarda o‘z ifodasini 
topganligini ko‘ramiz. Ushbu fanlardagi «Madaniyat»ga berilgan ta’riflardan-u barkamol insonni 
shakllantirish, yosh avlodni haqiqiy vatanparvar, xalparvar bo‘lib yetishishlarini ta’minlash, 
Vatanni cheksiz mehr-muhabbat bilan sevish buyuk kelajakni yaratuvchilarini, tarbiyalashga 
ko‘maklashuvchi 
moddiy 
va 
ma’naviy 
boyliklarning 
nazariy 
negizi 
sifatida, 
tavsiflashganligining guvohi bo‘lamiz. Masalan, falsafa qomusiy lug‘atda «Madaniyat»ga (arab.-


madinalik, shaharlik, ta’lim-tarbiya turgan)-tabiat va o‘zaro munosabatlarda aks etadigan inson 
faoliyatining o‘ziga xos usuli», deb talqin qilinsa, «O‘zbek tilining izohli» lug‘atining bir joyida 
«Madaiyat-jamiyatining ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy hayotida qo‘lga kiritilgan 
yutuqlar majmui.. ..» o‘tilgan bo‘lsa, ikkinchi joyida .. .. o‘qimishlilik, ta’lim – tarbiya 
ko‘rganlik, ziyolilik, ma’rifatli» deb, ta’riflanadi. Demak, bu ta’riflarda madaniyat tushunchasi 
ijtimoiy-iqtisodiy hayotda moddiy va ma’naviy boyliklarning nazariy negizini tashkil qilishga 
yo‘naltirilgan, insonlarning o‘qimishliligi, ta’lim-tarbiya ko‘rganligini aks ettiradigan kuch 
hisoblanishi qayd etiladi. Shuning uchun ham u ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotning jismoniy-
ma’naviy asosiga, shaxs kamolotiga munosib hissa qo‘sha oladigan ijtimoiy-pedagogik 
hodisadir.
Rus faylasufi A.K.Kruglova o‘zining «Sotsializm. Kultura. Chelovek» nomli 
monografiyasida madaniyatga shunday ta’rif beradi: «Madaniyat-bu jamiyat, ayrim guruhlar va 
shaxs ehtiyojini qodirishga yo‘naltirilgan, inson kuchlari va mohiyati natijalari sifatidagi aniq 
tarixiy vositalar tizimidir».
Bu ta’rifda ham, madaniyat tushunchasi moddiy va ma’naviy taraqqiyotida, insonning 
ijtimoiy mohiyatini tadqiq qiluvchi, uning ozodligi, erkinligi, faolligini zaruriyatga aylantiruvchi 
jarayon sifatida tavsiflanmoqda. 
Shuning uchun bugungi milliy mustaqillikni mustahkamlash va rivolantirish, hamda 
bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida ma’naviy poklanish va yuksalish uchun kurash avj olib 
borayotgan davrda madaniyat nazariyasini pedagogik nuqtai nazardan tadqiq qilish va 
madaniyatga inson kamolotining muhim omili sifatida qarash muhim pedagogik ahamiyat kasb 
etadi. Demak, madaniyatni insoniyat tarixiy taraqqiyoti uchun, muhim moddiy va ma’naviy 
boyliklarni yod etuvchi omil deb tushunish, uning yaratuvchisi takomillashtiruvchini esa ijodkor, 
xalq deb bilish maqsadga yaqindir. Shu ma’noda madaniyat o‘z mazmuni, mohiyati 
xususiyatlari, funksiyalariga ko‘ra inson va jamiyat taraqqiyotida muhim mavqega egadir. Ushbu 
fikrga monand holda madaniyatshunos olim K.Amonov madaniyatiga shunday ta’rif beradi: 
«Madaniyat-insoniyatning borliq va ongning barcha sohalaridagi, u yoki bu madaniy boyliklarda 
o‘z ifodasini topgan tajribalarni o‘zlashtirishga asoslangan, tabiat, jamiyat va insonning o‘zini 
yanada qayta qurishga safarbar etilgan ijodiy –ma’naviy faoliyatdir».
Madaniyat atamasi keng ma’noda qo‘llanil
ib, jamiyatnig ishlab chiqarish, ijtimoiy-
ma’naviy 
hayotida qo‘lga kiritgan shunday yutuqlar majmui, biror ijtimoiy guruh yoki xalqning ma’lum 
davrda qo‘lga kiritgan shunday yutuqlar darajasini, o‘qimishlilik, ta’lim
-
tarbiya ko‘rganlik, 
ziyolil
ik va ma’rifatlilik hamda turmushning ma’rifatli kishi ehtiyojlariga mos keladigan 
shartlari yig‘indisini bildiradi», shu sababli «Madaniyat kishilarning yaratuvchanlik faoliyati, 
maqsadli sa’y
-
harakatlari natijasida moddiy va ma’naviy qadriyatlar bo‘lib, 
shaxsni 
shak
llantirish va kamolotida muhim omil bo‘lgan ijtimoiy hodisadir» deb madaniyatning 
mohiyati va uning ahamiyati sotsiologik nazariyasi nuqtai nazaridan talqin qilinadi. 
Falsafa fanida madaniyat insonning ijtimoiy mavjudot sifatidagi kamolotini, uning insoniy 
xususiyatlari ifodalovchi me’yorini tavsiflovchi hodisa va insonlar tomonidan yaratilgan 
qadriyatlar majmuasi deb izohlanadi. Chunki, madaniyat insoniy ma’no va mazmun kasb etib, 
moddiy hamda ma’naviy qadriyatlar yaxlitligini ham anglatadi.
Madaniyatnin
g ushbu sifatiy xususiyatidan kelib chiqib, unga «Madaniyat insonning faoliyati 
jarayoni, uning oqibatida yaratilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar bo‘lib, shaxsni 
shakllantirish va kamolotida muhim omil bo‘lgan ijtimoiy hodisadir»,

deb ta’rif
berilgan. 

Download 1,51 Mb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   109




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish