Demak, sotsiolingvistikaning obyekti til yoki tillarning ijtimoiy faoliyatidir. Til muayyan
ijtimoiy strukturaga ega bo‘lgan jamiyatda faoliyat ko‘rsatadi, shunga ko‘ra, sotsiolingvistikani tilni
ijtimoiy kontekstda o‘rganadigan fan deyish mumkin boʻladi.
Buyuk Britaniya sotsiolingvistikasining predmeti, asosan, turli qatlamlar
va sinflarning til
qo‘llashini o‘rganish bilan cheklangandir. Binobarin, “til to‘siqlari”, “yoyiq va yig‘iq kod”,
“kompensatsiyali ta’lim” kabi masalalar keng tadqiq etilgan. Mazkur muammolar sotsiolingvistik
xususiyatga ega bo‘lsa-da, hodisalarning asl mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bog‘liqdir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, sotsiolingvistikaning predmetini qisqacha “inson
va jamiyat”, deb belgilash mumkin boʻladi.
Sotsiolingvistika" atamasini birinchi marta 1952 yilda amerikalik jamiyatshunos German
Karri qoʻllagan edi. Biroq, bu tilning ijtimoiy tabiati haqidagi fan 1950-yillarning boshlarida paydo
boʻlgan degani emas. Sotsiolingvistikaning tarixi yana ham uzoqqa borib taqaladi. XX asrning
birinchi yarmidagi taniqli rus olimlari I. A. Boduen de Kurtene, E. D. Polivanov, L. P. Yakubinskiy,
V. M. Jirmunskiy, B. A. Larin, A. M. Selischev, G. O. Vinokur, fransuz olimlari F. Bruno, A. Meye,
P. Lafarg, M. Koen, shveytsariyalik olimlar Sh. Balli va A. Seshe, belgiyalik J. Vandries,
chexoslovak B. Gavranek, A. Matesius va boshqalarga hozirgi sotsiolingvistika
borasida bir qator
gʻoyalar tegishli hisoblanadi.
Tilshunoslikda oʻrganilayotgan davrda sotsioling turli mamlakatlardagi olimlarning
sotsiolingvistika haqida bergan ta’riflari, bizningcha, koʻpchilikning diqqatiga sazovordir. Jumladan,
chet el olimlaridan biri Devid Kristel quyidagicha ta’riflaydi: “Sotsiolingvistika til va jamiyat
oʻrtasidagi munosabatni oʻrganadi. U ijtimoiy guruhlarning lingvistik oʻziga xosligini, tilga boʻlgan
ijtimoiy munosabatni, tilning standart va nostandart shakllarini,
milliy tildan foydalanish
qonuniyatlari va ehtiyojlarini, tilning ijtimoiy turlari va darajalarini, ikki tilli va koʻp tillilikning
ijtimoiy asoslarini oʻrganadi”. Yana bir manbada esa shunday izohlanadi: “Sotsiolingvistika empirik
fandir, chunki u kundalik hayotda ko'rish mumkin boʻlgan faktlarga asoslanadi. Alomatlarni toʻplash
va shakllantirishda bu nazariy fandir deb ham aytiladi. Sotsiolingvistika insonning turli vaziyatlarda
til qoidalaridan toʻgʻri foydalanish qobiliyatini tushuntirishga harakat qiladi.” Rus manbalaridan
birida “sotsiolingvistika inson suhbatlashayotgan vaqtda tilning
vazifalarini aniqlash bilan
shugʻullanadi. Bir qator ijtimoiy guruhlarda turmush oʻrtoqning ismini qoʻllamaslik, Yaponiyada
suhbatdoshlar suhbat vaqtida bir-birining ijtimoiy sinfini qoʻllash shartligi, rus va ingliz suhbatida
bunday holatning uchramasligi sotsiolingvistika sohasiga kiradi.” Boshqa rus olimlari
sotsiolingvistika
insonlarning yoshi, jinsi, ijtimoiy mavqei, ta’lim olish darajasi va xarakteri,
madaniyat darajasidan kelib chiqib, soʻzlovchi til belgilaridan qay tarzda foydalanishiga – bir
xillilikmi yoki har xillilikmi – urgʻu beradi, - deb ta’kidlagandi. Xuddi shu fikrni zamonaviy
sotsiolingvistikaning asoschilaridan biri boʻlgan amerikalik tadqiqotchi
Uilyam Labov ham ilgari
suradi. U. Labov sotsiolingvistikani "tilni oʻzining ijtimoiy kontekstida"oʻrganadigan fan sifatida
belgilaydi. Yevropalik olim Ispaniyaning Salamanka universiteti oʻqituvchisi Gonsalo De Korreas
tilning ijtimoiy turlarini aniq ajratib koʻrsatgan: "shuni ta’kidlash kerakki, tilda viloyatlarda mavjud
boʻlgan dialektlardan tashqari, ushbu viloyatlarning yoshi, mavqei va mol-mulki bilan bogʻliq ba’zi
turlar mavjud; qishloq aholisi, oddiy odamlar, shahar aholisi, olijanob janoblar va saroy ahli, olim va
tarixchi, oqsoqol, voiz, ayollar, erkaklar va hatto kichik bolalarning oʻz tillari bordir".