Oʻqituvchi dars jarayonida pedagogik texnologiyalarni ishlatishda quyidagilarga e’tibor
berishi lozimdir:
- oʻquvchilar ongida muayyan mavzu asosida yangi tushunchalarni hosil qilish;
- yangi mavzuga oid qoida, atamalar mohiyatini ochib berish;
- yangi mavzuni oʻtilgan mavzular bilan izchillikda yetkazish;
- oʻquvchilarning fikrlash darajasini rivojlantirib borish;
- ta’limiy oʻyinlarning izchilligi, xilma-xilligi va qiziqarli boʻlishiga erishish;
- shu mashgʻulotning oʻzida yangi bilim asosida shakllangan koʻnikmalarini tekshirib borish;
- oʻquvchilarning psixologik
xususiyatlarini hisobga olish;
- dars jarayonida oʻquvchilar ishtirokini kuchaytirib borishdir.
Tilni oʻrgatishda oʻqituvchi innovasiya - pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimiga kiritish,
ta’lim tizimida eng ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish orqali ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim
samaradorligini oshirish, shaxs ijtimoiylashuvini ta’minlash, bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga
erishish ta’lim jarayonida bolaga doʻstona munosabatlarni shaklllantirishga urinish natijasida
shakllanadi.
“Sotsiolingvistika” fanini o‘zlashtirishda o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan
foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi. Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar mashg‘ulotlari
shaklida olib boriladi,
shuningdek, fanning dolzarb masalalari oʻrganuvchilarga mustaqil ta’lim
sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar,
ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, texnik vositalardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va
seminar mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Klaster”, “3x4”, “Venn
diagrammasi”, “Rezyume”, “Baliq skeleti”, kabi metodlari orqali hamda slaydlar, multimedia
namoyishi bilan o‘tkaziladi.
Bugungi kunda ingliz tilini oʻrganishning ahamiyati Oʻzbekistonda
avvalgiga qaraganda
ancha yuqori boʻlib bormoqda. Bir qancha ingliz tili mutaxassislari ingliz tilini oʻrganishni yangi
metod va yoʻllarini hayotga tadbiq etishmoqda. Bu albatta chet tillarni oʻqitish samaradorligini
yanada oshiradi. Texnologiyalardan foydalanib, oʻqitishning bir qancha oʻziga xos afzalliklari
mavjuddir. Bundan tashqari, u oʻqitish tizimini ancha samaradorligini oshiradi va oʻz navbatida til
oʻrganiyotgan oʻquvchini zamon bilan hamnafas boʻlib, olgʻa intilishiga koʻmak beradi. Texnologiya
asta sekinlik bilan an’anaviy oʻqitishning oʻrnini egallamoqda. Bugungi kunda televizion dasturlarda
bir qancha ingliz tilini oʻrgatishga koʻmaklashuvchi yangi dastur va koʻrsatuvlar muntazam ravishda
uzatilib berilmoqda. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunda oʻqitishning
samaradorligini oshirish uchun Oʻzbekistonda yangi zamonaviy innovatsion
texnologiyalardan
foydalanishning yangi metodlari joriy qilindi. Misol uchun, multimediya asosida chet tili
oʻrgatilayotgan oʻquvchida toʻrt koʻnikmani rivojlantirish va shakllantiradi, qiziqarli materiallar
orqali ham koʻrib, ham eshitib oʻrganish imkoniyati paydo boʻldi. Bundan tashqari oʻquvchi jonli
harakatlarni koʻrib ba’zi soʻzlarning ma’nosini taxmin qila oladi va uni tushinishga harakat qiladi.
Albatta har qanday chet tili darslarida zamonaviy
texnologiyalar komputer, radio, CD, DVD qoʻllash
ta’lim jarayonini yanada olgʻa siljib, oʻsib kelayotgan yosh avlodga chet tillarni tezroq oʻrganish
imkonini yaratadi. Ingliz tili darslari davomi ham eshitishi mumkin; − chet tilidagi radio
eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha etish mumkin; − ancha an’anaviy
usul hisoblanadigan magnitafon va cassetalardan foydalanish; − CD pleyerlardan foydalanish
mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish oʻquvchilarning chet tilini oʻrganishlari
jarayonini
qiziarliroq va samaraliroq boʻlishini ta’minlaydi . Bugungi kunda maktablarda interfaol oʻyinlar
orqali dars oʻtish an’anaga aylanib bormoqda. Ma’lumki, darsning turli xil oʻyinlar asosida oʻtilishi
oʻquvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va koʻnikmalarini oshirish
va kuchli boʻlishlarini ta’minlaydi. Oʻyin texnologiyasidan foydalanishning asosini oʻquvchini
faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. Ingliz tili darslari davomida bazi
oʻqituvchilarning texnologiyalarni qoʻllashni bilmasliklari va foydalanmasliklari, oʻquvchilarning bir
muncha zerikishlariga sabab boʻladi. Aynan shu sababli yani oʻrganuvchining ishtiyoqini
soʻndirmaslik uchun dars davomida texnologiyalardan va kamida komputerdan foydalanish
oʻrganuvchining qiziqishini ortib borishini yanada taminlaydi. Zero, oʻrganuvchining yoshiga,
qiziqishiga, qobiliyatiga, darslarni oʻzlashtirishiga qarab tayyorlangan oʻquv
materiallari albatta
yaxshi samara beradi. Aksincha, biz oʻqituvchilar ushbu talablar asosida oʻquv materiallarini
tanlamasak, oʻquvchilariga murakkab soʻzlardan iborat boʻlgan video-filmlar, qoʻshiqlar yoki
matnlarni eshittirsak yoki multimedia, komputerlar orqali namoyish etilsa, oʻrta va yuqori sinf yoki
guruh oʻrganuvchilariga juda ham sodda matnlardan iborat oʻquv materiallarini namoyish
etganimizda oʻrganuvchilarning tilni oʻrganishga boʻlgan qiziqishlari asta-sekin soʻna boshlaydi va
darslarni oʻzlashtirmay qoʻyishadi. Bu esa oʻz navbatida baholarning pasayib ketishi, oʻqituvchining
oʻquvchilar oldida oʻz hurmatini yoqotib qoʻyishga olib kelishi mumkin boʻladi.