chuqur tahlil qilinadi. Buning natijasida boʻlajak oʻqituvchilarning hosil qilgan kasbiy koʻnikma,
malakalari va tajribalarini tashxislash hamda ularni tashxislash metodlari bilan qurollantirish hamda
kasbiy pedagogik ta’lim jarayonini innovatsion gʻoyalar asosida qayta qurish talabalarning kreativ
faoliyatini samarali rivojlantirish imkonini beradi. Buning natijasida boʻlajak oʻqituvchilarni ijodiy
faoliyat koʻrsatishga, hamda, ingliz tilini sotsiolingvistika qoidalari asosida oʻrganishga va
oʻrgatishga koʻnikma hosil qiladilar, shuningdek, tashabbuskorlikka undash imkoniyati vujudga
keladi.
Xulosa
Xulosa oʻrnida shuni ta’kidlash joizki, sotsiolingvistika jamiyat va til munosabatlarida muhim
oʻrin tutadi. Fanning maqsadi til funksiyalarining bajarilishini, har xil qatlam doirasida ijtimoiy
guruhning kelib chiqishi, yoshi, mavqei va ta’lim darajasiga qarab nutqda qanday variantlarni
qoʻllash va bularning barchasini boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq holda oʻrganishni nazarda tutadi.
Sotsiolingvistikaning ingliz tiliga nisbatan o‘ziga xos yondashuvini va uning “sof” lingvistikadan
farqini tushunish uchun sotsiolingvistikaning manbalarini ko‘rib chiqish, uning tilshunoslikning
boshqa yo‘nalishlari orasidagi mavqeyini belgilash, uning obyekti va asosiy tushunchalarini, u
shug‘ullanadigan masalalarni aniqlab olish lozim bo‘ladi. Ingliz tilni oʻrgatish majburiyat sifatida
emas, qiziqarli mashgʻulot tarzida olib borilishi, bir necha samarali usullardan foydalanib dars oʻtish
ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor boʻlib xizmat qilishi mumkin. Bolalarga chet
tillarini oʻrganish qanchalar muhimligini tabiiy sharoitlar orqali toʻgʻri tushuntirib borilishi darkordir.
Chunonchi, buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy ham koʻplab xorijiy tillarni mukammal bilgan, bu
tillarda bemalol gaplasha olgan hamda shu tillarda ijod qilgan. Bunday imkoniyat allomaning dunyo
ilm- fanini oʻrganishga, buyuk ishlarni amalga oshirishiga turtki boʻlgan. Zero, Navoiy bobomiz
aytganlaridek, ,,Til bilgan — el biladi.’’