Issn – 2181-4201 ta’lim




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/109
Sana28.06.2024
Hajmi1,51 Mb.
#266161
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109
Bog'liq
talim transformatsiyasi

Key words:
national musical consciousness, psychological immunity, education of 
sophistication, catharsis, emotional impact, virtue, morality, national education, national character, 
respect for national and universal values, man, personality, youth, national pride, national spirit

Kirish. 
Musiqa shaxsning ontogenezida muhim ahamiyat kasb etadi. Inson o'z hayotini 
musiqasiz tasavvur eta olmaydi. Musiqa ohangi inson dunyoga kelganidan boshlab uning qulog'i 
orqali ongu shuuriga ta'sir etadi. Buni biz onalarimiz allasidan bilishimiz mumkin. Musiqa tarbiyasi 
har bir millat vakilining ijtimoiy shart sharoitlaridan kelib chiqqan holda milliylik kasb etib boradi, 
atrofga qadriyatli yondoshuvni shakllantirib boradi. Musiqa yoshlarni tarbiyalashning asosiy va 
murakkab qirralaridan biri bo'lib, ichki va tashqi go'zallikni to'g'ri idrok etishga hamda qadrlashga 
o'rgatadi.


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning “Sayyoramizda 
turli kelishmovchilik va qarama-qarshiliklar, urush va nizolar avj olgan tahlikali zamonda, odamzod 
tobora o'z dunyosiga o'ralib borayotgan bir sharoitda musiqa insonga insonligini eslatib,uning qalbida 
kelajakka umid va ishonch uyg'otadi. Musiqa san'ati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni 
tarbiyalash va kamolga yetkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir. San'at bilan oshno bo'lgan 
yoshlarning hayotga munosabati, milliy urf odat, milliy va uumumbashariy qadriyatlarga hurmati 
baland bo'ladi. Va men ishonaman, ular dunyoni ma'naviy tanazzuldan qutqarishga qodir bo'lgan, 
o'zaro ahillik va birdamlikniulug'lovchi avlod bo'lib maydonga chiqadi. Shu ma'noda, musiqa-hech 
narsa bilan o'lchab, solishtirib bo'lmaydigan beqiyos ilohiy ta'sir kuchiga ega, desak, ayni haqiqatni 
aytgan bo'lamiz”[1] degan fikrlari naqadar o'rinli ekanligini hozirda hayotning o'zi ko'rsatib turibdi.
Shu munosabat bilan vatanimizda iste'qomat qilib kelayotgan yoshlarimizni milliy va 
umumbashariy qadriyatlarga hurmat, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy musiqiy ongini 
shakllantirish maqsadida bir qancha qaror, farmon va farmoyishlar chiqarilib ijrosi ta'minlanmoqda. 
Jumladan: 26.05.2020 yildagi “Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini 
yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” PF-6000-sonli, 25.12.2023 yildagi “Aholiga madaniy 
xizmat ko'rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” PQ-406-sonli, 30.08.2023 
yildagi “O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish va soha vakillari faoliyatini qo'llab-
quvvatlash choralari to'g'risida” PQ-289-sonli, 26.02.2019 yildagi “Sharq taronalari-xalqaro musiqa 
festivalini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish chora tadbirlari to'g'risida” PQ-4214-sonli O'zbekiston 
Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari fikrimizning yaqqol isbotidir. 
Shaxs taraqqiy qilishi uchun eng avvalo ta'limiy va tarbiyaviy jarayonlar muhim ahamiyatga 
ega. Ta'lim shaxsning bilish jarayonlari(diqqat, idrok, sezgi, xotira, tafakkur, xayol)ning 
rivojlanishiga bevosita ta'sir qilsa, tarbiya shaxsning ong ostiga, uning hissiy emotsional sohasiga, 
irodaviy kuchiga ta'sir ko'rsatib unda yuksak hislarni, axloqlilik, odoblilik, mehnatsevarlik
vatanparvarlilik, insonparvarlilik, mehr oqibat va boshqa shu kabi ijobiy sifatlarni shakllantiradi. 
Musiqa tarbiyasi inson hissiyotiga kuchli ta'sir etish imkoniyatiga ega bo'lgan hamda yoshlarni 
axloqiy va g'oyaviy tarbiyalashning asrlar osha tajribadan o'ta olgan vositasidir. Bobokalonlarimiz 
bejizga: «Musiqa odam ruhining yo'ldoshidir», deb ta'kidlab o'tmaganlar. 
Mazkur tadqiqotdan ko'zlangan maqsad milliy musiqa orqali yoshlar ongida milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish hamda yoshlar tarbiyasida ta'sir ko'rsatuvchi ijtimoiy-
psixologik omillar va ularning xususiyatlarini aniqlash orqali ushbu muammoni ijtimoiy psixologik 
jihatdan o'rganishdan iborat. 

Download 1,51 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish