Adabiyotlar tahlili va metodologiya




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/109
Sana28.06.2024
Hajmi1,51 Mb.
#266161
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109
Bog'liq
talim transformatsiyasi

Adabiyotlar tahlili va metodologiya 
Musiqani tushunish, ya'ni uni nafaqat hissiy qabul qilish, balki ong bilan ham tushunish, 
musiqa nimani ifodalayotganligi va qanday ifodalayotganligini his etish, musiqa bilan muloqotda 
bo'lishga ehtiyoj sezish insondan badiiy saviya, musiqiy, hayotiy tajriba talab etadi. Shuning uchun 
musiqashunoslar musiqa tinglash aqlning kuchli faoliyati va o'ziga xos ijoddir deb ta'kidlaydilar. 
Idrok masalalari, xususan musiqa vositasida uni rivojlantirish muammolari ko'plab bolalar bilan ish 
olib borgan musiqashunoslar, psixologlar va pedagog olimlarning izlanishlari asosini tashkil etadi. 
Musiqashunos B.L.Yavorskiy «Musiqani idrok qilish asosida fikrlash, musiqani «ma'noga ega nutq» 
sifatida qabul qilish malakasi yotadi», deb ta'kidlaydi.
Sheriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy bobomiz o'z nasriy asarlarining birida bu hakda 
ajoyib fikrlarni bildiradi: “Shodlikni oshiruvchi xonanda, g'amni tarqatuvchi sozanda, bularning har 
ikkisiga hissiyotli kishilar va ahli dardlar jon fido qilarlar. Ular muloyim tarona bilan kuylar ekanlar, 
eshituvchilarning naqd hayoti kuyga fido bo'lsa ne ajab? Axir, ko'ngil xush oxangdan quvvat, ruh esa 
xushovozdan oziq oladi”[2]. Uning “Majolisun nafois” va “Mahbub ul-qulub asarlarida musiqa ilmi 
va uning inson kamolotida tutgan o'rni, musiqa va go'zallik tarbiyasining uzviyligi benazir fikrlarda 
o'z ifodasini topgan. 
Yozuvchi A.Qodiriyning «O'tkan kunlar» romani «Navo kuyi» bobida Otabekning musiqa
tinglayotgan holati shunday tasvirlanadi: «Kuy boshlanishi bilanoq uning vujudi zir etib ketgandek 
bo'lib..., ixtiyorsiz ravishda dutorning munglik tovushiga berildi. Dutor tovushi qandaydir o'zining 
bir hasratini so'zlagandek, hikoya qilgandek bo'lib eshitilar edi... Dutor quruqqina yig'lamas edi 


,balki butun koinotni zir ettirib va xasta yuraklarni dir silkitib yig'lar edi... Otabek ortiq chidab
turolmadi-da, ro'ymoli bilan ko'zini yashirib, yig'lamoqqa kirishdi... Ul ko'z yoshlarini to'xtatmoqchi 
bo'lar edi. Biroq hozirgi ixtiyor o'zida emas edi - hamma ixtiyor dutorning hazin «Navo»sida, 
toqatsiz yig'isida edi»[3]. O'tkir qalam sohibi, teran tafakkur egasi yozuvchimiz A.Qodiriy tomonidan 
tinglovchiga musiqaning emotsional ta'sir holati kuchli badiiy tarzda kitobxonga yetkazilganligini 
kuzatish mumkin. 
Musiqa tinglashda shaxsning turli yosh xususiyatlari, temperamental individual xususiyatlari, 
yuksak onglilik darajasi, iqtisodiy-ijtimoiy yashash tarzi bevosita ahamiyat kasb etadi. Musiqa o'z 
xususiyatiga ko'ra sho'x, quvnoq, g'amgin, mayin, nozik, tantanavor, hazil, beg'amlik, ma'yuslik, dard 
kabi turli kayfiyatlarni ifodalashi mumkin. Milliy musiqalarimiz asrlar osha jilolanib, sayqal topib 
kelgan. Har bir millatning o'tmishi hozirgi kuni va kelajakdagi orzu umidlari o'zining kuy va 
qo'shiqlarida namoyon bo'ladi. Bu bilan har bir millatning taraqqiyoti yo'lidagi xizmati g'oyat beqiyos 
ekanligini har bir yosh avlod anglab yetmog'i lozim. Yoshlarimiz milliy musiqalarimizni nafaqat 
madaniy, balki-siyosiy ijtimoiy xususiyatga ega ekanligini chuqur mushohada qilgan holda tinglashi, 
mazmunan tushunishi hamda kelgusi avlodga yetkazish maqsadga muvofiqdir. Yuksak ijodiy 
namunalardan tortib, milliy fol`klargacha nazar tashlaydigan bo'lsak, musiqa xalq va millat manfaati 
uchun xizmat qilishini anglaymiz. 
Chunonchi, ko'y va qo'shiqlarda xalqning orzu umidlari va armonlari aks etadi. Milliy urf 
odatlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarannum etiladi. Yoshlarimiz yoshlik chog'ida sho'x 
quvnoq yoshlik faslini tarannum etuvchi qo'shiqlar tinglab xirgoyi qilib yursalar, vatan sarhadlarida 
xizmatda bo'lgan yoshlarimiz esa jangovar qo'shiqlarni ko'proq tinglab o'zlarida hissiy irodaviy 
quvvat oladilar. Milliy xalq dostonchiligi va baxshichiligida esa mehr oqibat, sadoqat, mardlik va 
jasorat, vatanparvarlik, vafodorlik kabi ezgu xislatlar yovuzlik va jaxolat ustidan g'alaba 
qozonganligini butun bir borlig'imiz bilan his qilamiz. Bu bilan biz milliy musiqamizning naqadar 
ko'hna hamda zamonaviy ekanligiga guvoh bo'lmoqdamiz. Masalan, Alpomish Go'ro'g'li kabi
qahramonlar taqdiri ming yillardan beri ohanglarda kuylab kelinmoqda. “Cho'li iroq”, 
“Shashmaqom” kabi durdona asarlar esa milliy musiqa san'atimizning gavhariga, gultojiga aylangan. 
“Miyaning ikki qismi borligi va ular ikki xil funktsiyani amalga oshirishi barchamizga 
ma'lum. Musiqa eshitganimizda miyaning o'ng yarimshari faollashadi va aniq ma'lumotni qabul qilib 
oladi. Chap yarimshar esa ushbu ma'lumotni fil`trlaydi va baholaydi”[4] Shu sababli, gapirayotgan 
chog'imizda aynan chap yarimshar faol ishlaydi. Agar cholg'u kuylarini tinglasak faqat chap 
yarimshar ishlasa, fikrlashga, mushohada yuritishga undaydigan qo'shiq tinglash chog'imizda (turli 
mavzulardagi so'zlar bo'lishi mumkin) o'ng yarimshar bilan bir vaqtda chap yarimshar ham 
faollashadi. 
Pedagogik-psixologik adabiyotlarga murojaat shuni ko'rsatadiki, musiqiy ta'limning ushbu 
zamonaviy metodlari ma'lum bir mezonlarga asoslanadi: 
Texnologik, ya'ni metodni pedagogik texnologiyalarga taqqoslash, xususan hozirda 
tushuntirish-ilovalash 
texnologiyasidan 
rivojlantiruvchi, 
muammoli 
shaxsga 
yo'naltirilgan 
texnologiyalarga o'tish; 
Psixologik yirik shakldagi musiqa asarlarini o'rganishda metodlar yoshlar psixologiyasi nuqtai 
nazaridan ahamiyatli bo'lishi lozim.
“Musiqa haqida fikr yuritish metodi” –o'quvchilarning ma'naviy qadriyatlarni shaxsan, yakka 
holda o'zlashtirishlariga qaratilgan. Bu metod musiqa yordamida hal etilishi mumkin bo'lgan 
muammoni tanlash va uning yechimi o'quvchilar tomonidan hal etilishini nazarda tutadi. Muammo 
sifatida quyidagi mavzular keltirilishi mumkin: “Mening hayotimda yengil yoki jiddiy musiqaning 
o'rni”; “Zamonaviy yoshlar milliy musiqani eshitadilarmi?”; “yoshlarning musiqa madaniyati qanday 
namoyon bo'ladi?”; “O'zbek yoshlariga Yevropa klassik musiqasi kerakmi?”; “Estrada yoshlar 
hayotida ijobiy ahamiyatga egami?”, musiqani ongli tushunishga asoslangan holda tinglaysizmi
“Rok musiqalarga munosabatingiz qanday” va h 

Download 1,51 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish