7. Pedagogika institutlarida o'tilayotgan “Falsafa”, “Mediasavodxonlik”, “Psixologiya”,
“Tarbiya” darslarida musiqaning ahamiyati hamda milliy musiqiy ongni talaba yoshlarda
shakllantirish bo'yicha tavsiyalar berib borish.
Milliy musiqiy ongni yoshlarda shakllantirish orqali ularda estetik did, vatanparvarlik,
adolatlilik, hamjihatlik, yuksak insoniy hislar hamda milliy qadriyat va o'zligini ulug'laydigan shaxs
bo'lib kamol topishi shak-shubhasizdir.