Issn – 2181-4201 ta’lim




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/109
Sana28.06.2024
Hajmi1,51 Mb.
#266161
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   109
Bog'liq
talim transformatsiyasi

UMUMIY O'RTACHA 
133 
67,8 
So'rovnoma natijasida sof milliy xalq kuyi, xalq qo'shiqlarini ongli anglagan tinglovchilar 
atigi 42 %ni tashkil qilganligini ko'rishimiz mumkin. Musiqa tinglashdan ko'zlangan maqsad undan 
ma'naviy estetik zavq olish, tarbiyaviy xususiyat kasb etar ekan, tinglanadigan musiqani badiiy 
saviyasi muhim ijtimoiy-psixologik muammo sifatida namoyon bo'ladi. Shu sababdan hozirgi kunda 
keng ommalashayotgan musiqa asarlarida targ'ib etiladigan hodisa, predmet yoki voqelik mazmuni 
nafaqat mutaxassislarni, balki keng jamoatchilikni ham o'ylantirib kelayotgangi ushbu masalaning 
naqadar dolzarbligidan dalolat beradi. 
Musiqani idrok etishda tinglovchi shaxsi faoliyati ustuvor ahamiyatga ega. Z.Gaylite o'z 
tadqiqotlarida aniqlashicha “ayrim tinglovchilar musiqani ijro etilishi jarayonida kechinmalar tarzida 
his etsa, boshqalarida emotsional ta'sirlanish kuzatilmaydi va katarsis (yunoncha.catharsis-ichki 
g'ubordan forig' bo'lish) hoatiga o'xshash holat, asar yangrab tugagachgina paydo bo'ladi”[5] 
Talabalar bilan milliy musiqa san'atimizning nodir durdona asarlari yuzasidan davra 
suhbatlari, musiqiy terapiya hamda o'zligingni angla psixologik trening mashg'ulotlari o'tkazildi. 
Talaba yoshlarga har bir musiqaga ongli idrok qilgan holda ijobiy emotsional ta'sirlanish 
kechinmalarini shakllanganligini diagnostik o'rganildi. Eksperimental tadbirlar yakunida yoshlarda 
milliy musiqiy ongning namoyon bo'lish progressiv dinamikasi namoyon bo'ldi. 
2-jadval:
Talaba yoshlarda milliy musiqiy ongning namoyon bo'lish dinamikasi 


№ 
Mezonlar 
Respondentlar -196 


1. 
Jahon va milliy estrada yoshlar hayotida ijobiy ahamiyatga 
egami
193 
98.5 
2. 
Ma'nosini ongli anglamasada “Rok musiqalari”ni tinglaysizmi 
23 
12 
Jahon klassik musiqasini mazmunan tushunib, his qilib 
tinlaysizmi
51 
26 
3. 
Milliy estradani ma'nosiga emas musiqa ohangi tempi va 
jozibadorligiga ko'ra yoqtirib
Tinglaysizmi
68 
34.5 
Milliy 
estradani 
musiqaning 
mazmundorligiga 
ko'ra 
tinglaysizmi
156 
79.5 
4. 
Xalq kuyi, xalq qo'shiqlarini ongli anglab, sevib eshitasizmi
123 
62.5 
Umumiy o'rtacha 
153 
78 
Ma'nosini ongli anglamasada “Rok musiqalari”ni tinglaydigan yoshlar 23%dan 12%ga 
kamayganligini, Milliy estradani ma'nosiga emas musiqa ohangi tempi va jozibadorligiga ko'ra 
yoqtirib tinglaydigan yoshlar ham 23%dan 12%ga kamayganligini, Jahon klassik musiqasini 
mazmunan tushunib, his qilib tinglaydigan yoshlar 18%dan 26%ga oshganligini, Milliy estrada 
musiqaning mazmundorligiga ko'ra tinglaydigan yoshlar 43%dan 79.5%ga oshganligini, xalq kuyi, 
xalq qo'shiqlarini ongli anglab,sevib eshitadigan yoshlar 42%dan 62.5ga oshganligini kuzatishimiz 
mumkin. Karelyatsion tahlillarga ko'ra milliy musiqiy ongni yuksak darajada rivojlanishi o'z 
navbatida jahon klassik musiqasini tushuna olishiga olib keladi. Musiqa san'ati ham individual ham 
ijtimoiylik kasb etganligi sababli milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlar ongida shakllanib 
borishiga ijobiy emotsional hamda tarbiyaviy ta'sir etuvchi vosita sifatida xizmat qiladi. Ushbu 
natijalarga asoslanadigan bo'lsak talaba yoshlarga ma'naviy saviyasi past bo'lgan musiqalarga 
nisbatan psixologik immunitetni sezilarli darajada oshganligini fikrimizning yaqqol dalilidir. 
Kelajakda yoshlarda musiqiy tarbiyada savodxonlik darajalarini oshirish, o'zligini anglashga 
qaratilgan psixoprofilaktik tadbirlarni yanada yuksaltirib borish maqsadga muvofiq deb o'ylayman. 

Download 1,51 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   109




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish