• Key words: sociolinguistics, linguistics, sociology, society, language, science, social origin, speech, culture. Kirish.
  • SOCIOLINGUISTICS AND ITS ROLE IN TEACHING ENGLISH AS A SECOND




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/109
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,51 Mb.
    #266161
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   109
    Bog'liq
    talim transformatsiyasi

    SOCIOLINGUISTICS AND ITS ROLE IN TEACHING ENGLISH AS A SECOND 
    LANGUAGE 
    Aliyeva Shahlo Avazovna,
    teacher of the Bukhara State Pedagogical Institute, 
    shahloaliyeva1999@gmail.com 
    Abstract:
    This article contains information about the study of the science of sociolinguistics 
    in the interpretation of foreign and Uzbek scientists, the origin, object, subject and characteristics of 
    the science. Also, the importance and use of pedagogical technologies in teaching foreign languages 
    was discussed today. Recommendations were given on the formation of the competence that the 
    teacher should have in the use of various interactive methods during the educational process. Also, 
    the attention paid to learning English in our country today was studied and analyzed. 
    Key words:
    sociolinguistics, linguistics, sociology, society, language, science, social origin, 
    speech, culture. 
    Kirish. 
    Respublikamizda jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuvga yoʻnaltirilgan tizim 
    yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarni 
    oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-1875-sonli qarori 
    tasdiqlandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy 
    qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida 
    kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim 
    shartidir, deb alohida e’tibor berilgan va ta’kidlangan. 
    Sotsiolingvistika lotincha — jamiyat va lingvistika — tilshunoslik, sotsiologiya ya’ni 
    jamiyatshunoslik, ijtimoiy psixologiya va etnografiya fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning 
    ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat 


    hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar majmuini oʻrganuvchi ilmiy nazariy 
    sohalardan biri hisoblanadi. Ushbu muammolarning ayrimlari „til va jamiyat“ umumiy tilshunoslik 
    doirasida ham oʻrganiladi. Sotsiolingvistikaning fanlararo maqomi u foydalanadigan tushunchalar 
    majmuida namoyon boʻladi. Oʻtgan asrning 70— 80 yillaridagi ayrim sotsiolingvistik izlanishlar bir 
    tomonlama — oʻsha vaqtdagi til siyosati nuqtai nazari va talablari asosida olib borilgan. 
    Sotsiolingvistikadagi meʼyoriylik mezoni deyilganda tilning muayyan meʼyorlar asosida 
    muvofiqlashtiriluvi 
    tushuniladi. 
    Til 
    grammatikasiga 
    oid 
    qonun-qoidalarning 
    yaratilishi 
    meʼyorlashtirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Meʼyorlashtirilgan til muayyan 
    jamiyatning ehtiyoji uchun xizmat qiladigan, muayyan qonun-qoidalar asosida muvofiqlashtirilgan 
    milliy-adabiy til hisoblanadi. Hududiylik tilning maʼlum hudud bilan bog‘liqligini ifoda etadi. 
    Hududiylik millat, elatga xos urf-odat, anʼanalar, tarixiy-etnik birlik va yagona davlat tizimining 
    shakllanganligi bilan bog‘liqdir. Millatning, hududning, tarixiy-etnik asos va taraqqiyotning boshqa-
    boshqaligi tillar o‘rtasidagi farqlar uchun asos bo‘ladi. Millat va etnik asosning bir xil bo‘lishi 
    hududning farq qilishidan qatʼi nazar, aloqa munosabat vositasining bir xil bo‘lishini taʼminlaydi. 
    Masalan, o‘zbek va tojik tillarida har bir tilning o‘ziga xosligi ko‘zga tashlanadi. Bir xil etnik asosga 
    ega bo‘lgan o‘zbek va qirg‘iz tillari o‘rtasida fonetik, leksik, grammatik farqlar bordir. Adabiy til va 
    shevalar o‘rtasida ham tilning ichki tuzilishi bilan bog‘liq farqlar kuzatiladi. Ijtimoiy tabiati va o‘ziga 
    xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tillarni bir qancha guruhlash mumkin. 
    Ingliz tilini ikkinchi til sifatida oʻrgatish TESL yoki boshqa tillarda soʻzlashuvchilarga ingliz 
    tilini oʻrgatish TESOL birinchi tili ingliz tili boʻlmagan oʻrganuvchilarga ingliz tilini oʻrgatish 
    uchun atamalar hisoblanadi. TESL, TEFL va TESOL atamalari sinfning joylashuvi va o‘quvchilar 
    soniga qarab farqlanadi. TEFL ingliz tili asosiy til boʻlmagan mamlakatlarda mavjud ingliz tili 
    dasturlaridan biri hisoblanadi. TEFL dasturlari til maktabida yoki oʻqituvchi bilan alohida oʻqitilishi 
    mumkin boʻladi. Ba’zi ish oʻrinlari uchun minimal TEFL talabi 100 soatlik kursni tashkil qiladi, 
    shunga qaramasdan 120 soatlik kurs qat’iy tavsiya etiladi, chunki u koʻpincha yuqori maoshli 
    oʻqituvchi lavozimlarini egallash imkonini beradi va koʻplab avfzallliklari bordir. TESL va TESOL 
    ingliz tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda uchraydigan ingliz tili dasturlarini ham oʻz ichiga oladi. 
    Koʻpincha, bu kabi dasturlar chet elga koʻchib kelgan, vaqtinchalik yoki doimiy boʻlmagan maktab 
    yoki ish uchun yoki oilalari uyda boshqa tilda gaplashadigan aholiga xizmat qiladi. TESOL - bu 
    TEFL va TESL dasturlarini oʻz ichiga olgan katta atama hisoblanadi, ingliz tilini oʻqitish sohasida 
    keng qabul qilingan atamalardan biri hisoblanadi. TEFL oʻqituvchilari ingliz tilida soʻzlashuvchi 
    yoki ona tilisi ingliz tili boʻlmagan oʻqituvchilar boʻlishi mumkin. Bu dasturlar sotsiolingvistika 
    qoidlari asosida tizimlashtirilgan. 

    Download 1,51 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   109




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SOCIOLINGUISTICS AND ITS ROLE IN TEACHING ENGLISH AS A SECOND

    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish