• MUSIQA VA TASVIRIY SAN’AT Keywords
  • THE ROLE OF CLASSICAL INSTRUMENTAL MEMORIES IN PRIMARY




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet95/109
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,51 Mb.
    #266161
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   109
    Bog'liq
    talim transformatsiyasi

    THE ROLE OF CLASSICAL INSTRUMENTAL MEMORIES IN PRIMARY 
    MUSIC EDUCATION 
    Akhtamov Izzatullo Ikromovich, master student of Bukhara State Pedagogical Institute 
    akhtamovizzat@gmail.com 
    Jorabek Torayevich Yarashev, associate professor of Bukhara State Pedagogical 
    Institute 
    yarashevjorabek@gmail.com 
    Annotation: The article addresses the importance of playing classical instruments and 
    songs for elementary school students, their role in musical education, and the upbringing of 
    young people in a spirit of genuine human qualities. 
    MUSIQA VA TASVIRIY SAN’AT


    Keywords: traditional professional musical heritage, classical musical instruments, 
    listening to songs, simple musical instruments, complex songs on the way to positions, and 
    musical characteristics. 
    Mumtoz kuy deganda birinchi navbatda asrlar davomida sozanda va ularning 
    muxlislari xotirasida mustahkam o‘rnashgan, tartiblashgan, hamda iste’molda muayyan ramzi-
    majoziy ma’nolar bilan to‘ldirilgan kuy asoslari nazarda tutiladi. Bu kuylarning asli qachon va 
    kim tomonidan joriy etilganligini topishni deyarli imkoni yo‘q. Lekin ularning o‘zagidagi 
    jamlanish – yaxlit parda va tovushqator tizimi zamonlar osha bezavol mustahkam musiqiy g‘oya 
    va unga mos barqaror kuy va ashulalarning jo‘r qismi sifatida yashab kelmoqda.
    Zikr etilgan musiqiy tizimlarni mumtoz cholg‘u kuy deb e’tirof etilishining asosiy 
    sababi, ularning haqiqattan ham boshqa kuy yo‘llariga nisbatan mukammal va puxta 
    ishlanganligidir. Shuning uchun ular kamolga yetgan imtiyozli navlar sifatida tarixga kirgan. 
    Mumtoz musiqa har tomonlama yetuk va mukammal bo‘lgan cholg‘u va ashula
    yo‘nalishidagi asarlarni o‘z ichiga oladi. Insoniyat taraqqiyotiga hamohang tarzda keng rivoj va 
    sayqal topgan mumtoz musiqa xalqimizning ma’naviy madaniy xazinasidan joy olgan merosi 
    hisoblanadi. Xalq yoki elatning ichki ruhiy holati, dunyoqarashi, intilishlari va orzu – havasi 
    hamda sho‘x va hazil, o‘ynoqi va “mungli" ichki nidolari, kishilar o‘rtasida ro‘y beradigan 
    insoniy - axloqiy munosabatlar mujassamlanib, musiqa Ohanglarida aks etib kelingan. O‘tmish 
    ajdodlarimiz hamisha katta yig‘inlar, xalq bayramlari, sayillari, to‘y – tomoshalarga karnaychi, 
    surnaychi, nog‘orachi hamda mumtoz musiqa ijrochilarini taklif etmasdan turib tashkil 
    qilmaganlar, chunki bu yirik tadbirlar, anjumanlar, va marosimlarda yangragan har bir cholg‘u 
    kuyi, ijro etilgan qo‘shiq-ashula yoki raqs anjuman ishtirokchilarining ruhiy holati va kayfiyatiga 
    ijobiy ta’sir ko‘rsattib, ularni xushnud qilgan. An’anaviy cholg‘u musiqasi oddiy xalq kuylari va 
    mumtoz cholg‘u kuylaridan iborat bo‘lib, asrlar davomida yaratilib, shakllanib, sayqal topib, 
    badiiylashib, jamoa va xususan yosh avlod tarbiyasiga kuchli tuyg‘uli ta’sir ko‘rsatishi bois 
    cheksiz e’zozga loyiq bo‘lib, yuksak pog‘onalarga ko‘tarilgan va har bir xalqning madaniy-
    ma’naviy boyligiga aylangan.
    O‘zbek xalqining musiqa madaniyati va uning asosiy qismlaridan biri bo‘lgan 
    musiqa cholg‘u asboblari hamda sozandaning mahorati ila ulardan paydo bo‘ladigan cholg‘u 
    musiqasi sadolari qadim – qadimdan boy ifodaviy va qisman shartli tasviriy imkoniyatlarga ega 
    bo‘lib kelgan. O‘zbek cholg‘u musiqasi barcha xalqlar musiqasi kabi o‘ziga xos tarix va 
    an’analarga ega ekanligi e’tirof etilgan. Asrlar osha bizgacha yetib kelgan ushbu an’anaviy 
    kasbiy musiqaning ajoyib namunalari o‘zining rango-rang jilolari, dilkash ohanglari bilan 
    kishilarga olam-olam shavq-zavq va hissiy huzur baxsh etib kelmoqda. 
    Mumtoz cholg‘u kuylarimiz oddiy xalq kuylarining rivojlanishi jarayonida asosan ularning 
    negizida vujudga kela boshlagan. Ularning mustahkam poydevori bo‘lib kelgan hajmi kichik, 
    diapazoni tor, usuli sodda (primitiv) oddiy xalq kuy va qo‘shiqlari jamoaning asta sekinliik bilan 
    rivojlanishi, har bir davr avlodining yangidan - yangi badiiy talablari va ehtiyojlariga muvofiq 
    moslashib rivojlanib borishi natijasida o‘zgarib, nafislashib, murakkablashib hozirgi holatida 
    bizgacha yetib kelgan. Shuning bilan birga musiqa san’atining janrlari va cholg‘u asboblarining 
    turlari ham yuzaga kelib, ko‘payib, boyib, bir –biri ta’sirida uyg‘unlashib, bir milliy musiqiy 
    ko‘lamni tashkil etgan qadriyatlarimizga aylangan. Bu rivojlanish jarayonida milliy 
    musiqamizning har bir janri shakl va mazmun tuzilishi, ohang, usul va lad asoslari, 
    turkumlanishi, nazariy va amaliy ijro uslubi an’analari va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini 
    saqlab qolgan holda, ularning kasbiy ustozona (professional) mohir ijrochilari, takomillashgan 
    musiqa cholg‘ulari, cholg‘ushunos va cholg‘usoz ustalari, mumtoz ohangsoz bastakorlari hamda 
    xuddi shuningdek yuksak didli, talabchan tinglovchilari ham paydo bo‘la boshladi. 
    Og‘zaki an’anadagi mumtoz kasbiy musiqa, xususan cholg‘u ijrochiligini o‘rganish tizimi 
    masalasida ham anchagina o‘zgarish va islohotlar amalga oshirila boshlandi. Musiqa san’atining 
    nazariy asoslarini tadqiq qilishda Abu Nasr Forobiy va uning ishini davomchisi Ibn Sinoning 
    xizmatlari beqiyos bo‘ldi. Cholg‘u ijrosini o‘rganish ta’limining ustoz-shogird an’anasi va bu 


    jarayonning qonun qoidalari, udumlari, majburiyatlari, vazifalari hamda o‘rgatish va o‘rganish 
    usuliyoti shakllanib, umumiy tizim paydo bo‘ldi. 
    Maqom san’ati an’anaviy kasbiy musiqamizning eng mukammal va yetakchi janri 
    hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va boshchiligida 2018 yil 6-10 
    sentyabr kunlari Shahrisabzda o‘tkazilgan Xalqarlo maqom san’ati anjumani, Respublikamizda har 4 
    yilda o‘tkazib kelinayotgan yosh maqom ijrochilari ko‘rik tanlovi va maqom san’atini yanada 
    rivojlantirish va keng targ‘ib qilishga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan turli tadbirlar og‘zaki an’anadagi 
    kasbiy musiqaning maqomlar yo‘lida yaratilgan barcha mumtoz kuy va ashulalariga ham taalluqli 
    hisoblanadi. Chunki bu rivojlangan mumtoz kuy va ashulalar ko‘p jihatdan maqomlarning mushkilot 
    (cholg‘u) sho‘balari va nasr (ashula) sho‘balariga o‘xshaydi. 
    Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev aytganridek "Haqiqatan ham, biz uchun bebaho badiiy 
    qomus bo‘lgan maqom san’ati asrlar; necha yuz yillar davomida inson ruhini, uning dardu 
    armonlarini, ezgu intilishlarini yuksak pardalarda ifoda etib kelmoqda. Sharq mumtoz adabiyoti, 
    tasviriy san’ati, ilmu ma’rifat, islomiy qadriyatlardan oziqlangan maqom san’atiga - ana shunday 
    buyuk madaniy meros rivojiga o‘zbek xalgi ham munosib hissa qo 'shgani bilan biz haqli ravishda 
    faxrlanamiz. "Maqom ohanglari, maqom ruhi va falsafasi har bir inson qalbidan, avvalo,unib o‘sib 
    kelayotgan yosh avlodimizning ongi va yuragidan chuqur joy olishi uchun bor imkoniyatlarimizni 
    safarbar etishimiz zarur". 
    Xalqimiz xilma-xil cholg‘u asboblariga ega bo‘lib, ulardan o‘ziga xos cholg‘u musiqa 
    kuylarini yaratgan. Bu cholg‘ulardan chiqadigan tovushlar xususiyatlariga ko‘ra torli (torli chertim 
    (tanbur), torli plektor (ruboblar), torli kamonli (G‘ijjak) va torli urma chang), puflama-damli 
    (naysimon, tilsimon va karnaysimon) va urma-zarbli (teri bilan qoplangan o‘zi sado beruvchi doira) 
    cholg‘ular guruhi va turlariga bo‘linadi. Har bir cholg‘u o‘z shakl tuzilishi (ko‘rinishi), ifodaviy 
    vositalarining tavsifi xususiyatlari, tembri va ijrochilik uslublari bilan ajralib turadi. O‘zbek musiqa 
    cholg‘ulari tanbur, dutor, do‘mbira, chang, qonun, qo‘biz, sato, g‘ijjak, qashqar va afg‘on ruboblari, 
    ud, chang - qo‘biz, doyra, nog‘ora, dovul nay, sibizgi, qo‘shnay, g‘ajir nay, surnay, bulamon, karnay 
    va qayta ishlangan (xalq cholg‘u asboblari orkestri uchun moslab rekonstruksiya qilingan rubob 
    prima, g‘ijjak, dutor va boshqa cholg‘ularning alt, bas va kontrabas turlari)ga bo‘linadi. Bu 
    cholg‘ularda ijro etiladigan musiqa asarlarining xususiyati va vazifasiga qarab yakkasoz, ansambl 
    yoki orkestr tarkibida ishlatiladi. Shu tufayli an’anaviy yakkasoz va darta (ansambl) ijrochiligi 
    yuzaga kelgan.
    O‘zbek mumtoz cholg‘u musiqasi oddiy xalq cholg‘u musiqasidan kuy rivoji, diapazonning 
    kengligi, shakl murakkabligi va ijro uslubining mukammalligi bilan ajralib turadi. Bularning yirik 
    cholg‘u usullari doyra yoki nog‘ora cholg‘ularida ijro etilgan. Bu rivojlangan mukammal mumtoz 
    kuylarga Cho‘li Iroq, Dutor Bayoti, Munojot, Tanovar, Lazgi, Farg‘onacha, miskin, Aliqambar, 
    Qo‘shchinor, Qo‘shtor, Yovoiy Chorgoh, Duchava, Eshvoy, Surnay Navosi, Ajam taronalari, 
    Mushkiloti Dugoh, surnay maqom yo‘llari, Maqom cholg‘u yo‘llari turkumi misol bo‘la oladi. 
    Binobarin, bunday kuylar ijrosida ishtirok etadigan har bir musiqa cholg‘usi mohiyatan 
    musiqa amaliyotini takomillashtirishga, kuy va ashulalarning jozibasini oshirishga xizmat qilgan. 
    Bolalar har kuni turli vaziyatlarda, axborot vositalari va ba’zan jonli ijroda musiqa asarlarini 
    tinglashadi, ijrochilarni ko‘radi, maktabgacha va maktab musiqa mashg‘ulotlarida ham musiqa 
    tinglab yoki qo‘shiq kuylab raqsga tushishlari mumkin. Bu musiqa ohanglarining ayrim badiiy 
    yuksak va ta’sirchan namunalaridan qisman ma’lum bir ta’surotlar ularning xotirasida qolishi 
    mumkin. Shunday qilib ilk yoshlardan boshlab, asta-sekin bolalarda musiqa san’ati, cholg‘u 
    asboblari, ularning ijrochilari haqida ayrim musiqiy tasavvurlar paydo bo‘la boshlaydi.
    Ammo bu musiqa asarlarining hammasi ham bolalarning yoshi, didi va idrok etishi 
    imkoniyatlariga mos deb bo‘lmaydi. Shu bois musiqiy merosimiz xazinasidan eng yuksak 
    badiiy qimmatga ega, ilmiy asosda saralangan namunalarini tasniflab, sinf dars sharoitida 
    o‘quvchilarning tinglash, idorklash va o‘zlashtirishlari uchun tavsiya etishimiz zarur. Bu 
    ishlar vatanimiz mustaqillikka erishganidan keyin bir muncha jonlanib, DTSlari, musiqa 
    darslarining yangi o‘quv dasturlari va darsliklari yaratildi. Yangi darsliklarga musiqiy 
    folklor va kasbiy aytimlar bilan bir qatorda 1-sinfda “Andijon polkasi” Xalq kuyi, ”Dilxiroj” 


    Xalq kuyi, ”Olmacha anor” Xalq kuyi, ”Qari navo” Xalq kuyi, ”Norim-norim” Xalq kuyi, 
    ”Do‘loncha” xalq kuyi, ”Dutor bayoti” Xalq kuyi, ”Xorazm lazgisi” Xalq kuyi, 2-sinfda 
    ”Farg‘onacha” xalq kuyi, ”Asp bo‘laman” xalq kuyi, ”Chamandagul” xalq kuyi, 
    ”Qashqarcha” xalq kuyi, ” uforisi Sanam ” xalq kuyi, 3-sinfda “Zafar” Xalq kuyi, “Aruxan” 
    Qoraqalpoq Xalq kuyi, “Raqs” Xalq kuyi, “Bibigul” Qoraqalpoq Xalq kuyi, “Garduni 
    Segoh” Segoh maqomidan, “Usmoniya” Xalq kuyi, “Nayrez” Tojik Xalq kuyi, “Samoyi 
    Dugoh” Dugoh maqomidan, 4-sinfda “Yallama yorim” Xalq kuyi, “Ajam 11” (taronasi), 
    “Surnay navosi” Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llaridan, “Munojot” Xalq kuyi, 
    “Mirzadavlat 1” Xalq kuyi, “Navro‘zi Ajam” kabi O‘zbek xalq mumtoz kuylari ham 
    kiritilgan. 
    O‘qituvchi bu oddiy va murakkab kasbiy cholg‘u kuylarini imkoni boricha o‘z ijrosida, 
    bo‘lmasa, audio va video yozuvlaridan foydalanib tinglashni tashkil etishi va ulardan ayrim 
    parchalarni zamzama usulida ya’ni, kuyni bitta bo‘g‘inda (na, lya) kuylashni mashq qilishi 
    talab etiladi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at 
    sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-112-son 
    qarorining 2. a) bandida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab ta’lim muassasalarida o‘quvchi va 
    talabalarning musiqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga 
    bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste’dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, umumiy 
    o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga milliy cholg‘ularning kamida bittasida kuy ijro etish 
    ko‘nikmalari o‘rgatilishi hamda bu haqda ularning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatiga 
    (shahodatnoma) tegishli qayd kiritilishi, musiqa fani uchun haftasiga belgilangan bir o‘quv 
    soati hamda unga qo‘shimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholg‘ularida kuy ijro etish 
    amaliy to‘garaklari va fakultativ darslari o‘tkazilishi, milliy cholg‘ulardan kamida bittasida, 
    2023/2024-o‘quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo‘lish 
    musiqa fani o‘qituvchilari uchun majburiy hisoblanishi va boshqa chora-tadbirlar
    belgilangan. 
    Finlyandiya tajribasi asosida yuzaga kelgan bu talablarni amalga oshirish juda murakkab 
    vazifalardan bo‘lib, buning uchun zaruriy shart-sharoitlar (masalan har bir o‘quvchiga 
    fakultativ cholg‘u ijrosi darslari o‘tkazish uchun bir o‘quv yilida kamida 33-35 soat yakka 
    alohida (individual) mashg‘ulotlar o‘tkazilishi) talab etiladi. Amaliy musiqiy ijro ta’limi 
    shunchalik serxarajat bo‘lishiga qaramay, dunyo yuzidagi barcha musiqa o‘quv dargohlarida, 
    jumladan o‘zbekistonda ham shunday tizim joriy etilgan.
    Cholg‘u musiqasi aslida insonning quloqlari orqali moddiy asosda, ya’ni, cholg‘u 
    asbobidan yaratilgan nomoddiy ma’naviy (uni ko‘rib, yo qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydigan) 
    tovushlar kuchi bilan zo‘r ta’sir ko‘rsatuvchi bir vosita bo‘lib, uning ohanglariga qanday 
    vazifani qo‘ysangiz, shuni ado etadi. Agar hozirgi globallashuv davrining talablaridan kelib 
    chiqib nag‘ma (tovush)larga odamning ruhiy holati va uning kayfiyatini bo‘zadigan keskin 
    yoqimsiz (dissonans) ohanglar, xuddiy shunday keskin, meyordan ancha baland shovqinli 
    usul (ritm)larni buyursa, shunday bema’ni, mazmuni xarob, soxta “kuy”lar vujudga keladi. 
    Agar ko‘p asrlar qa’ridan bizgacha yetib kelgan madrasa va minoralardek ko‘chmas tarixiy 
    obidalarga teng bo‘lgan musiqiy folklor, maqom, doston, cholg‘u kuy, ashula, katta ashula va 
    yovvoyi maqom kabi ajdodlardan avlodlarga, ustozlardan shogirdlarga o‘tib, nafis sayqal 
    topib, xalqimizning uzoq o‘tmishdan boshlangan tarixiy musiqiy yo‘li bo‘ylab odimlab 
    kelayotgan mumtoz kasbiy musiqiy meros namunalaridan tanlab olingan sara repertuardan 
    unumli foydalanib, o‘quvchi yoshlarni yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalamoqchi 
    bo‘lsak, unda biz Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning sa’y harakatlari va rahbarligida 
    an’anaviy mumtoz mustqiy merosimizni yanada rivojlantirish hamda umumbashariy darajada 
    targ‘ib qilishga qaratilgan Xalqaro anjumanlar va festivallardan ruhlanib, bu bebaho duru 
    javohirlarimizni uzluksiz musiqiy ta’limning barcha bosqichlariga jalb etib, ularni puxta 
    o‘rganish va o‘rgatishimiz zarur. 

    Download 1,51 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   109




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    THE ROLE OF CLASSICAL INSTRUMENTAL MEMORIES IN PRIMARY

    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish