• Iste′molchi tanlovning asosiy elementlari. Naflilik funksiyasi
  • Umumiy naflilik ( Total utility) va Chekli naflilik( Marginal utility). Umumiy naflilik ( Total utility)
  • Chekli naflilik( Marginal utility)
  • Iste′molchilarni afzal ko`rishlari




    Download 0,91 Mb.
    bet4/5
    Sana17.01.2024
    Hajmi0,91 Mb.
    #139657
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Istemolchining bozordagi xatti harakati va uning tanlovi nazariyasi

    1. Iste′molchilarni afzal ko`rishlari .

    • Bozor talabining shakllanishi asosida shaxsiy (individual) talab yotadi, ya′ni alohida iste′molchining talabi, har bir shaxs o`zining fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun qandaydir mahsulotdan, qanchadir sotib olishi kerak, sotib olish uchun ma′lum miqdorda mablag`i bo`lishi kerak. Iste′molchining mablag`i cheklangan. Iste′molchi har doim tanlov oldida turadi va tanlov chog`ida quyidagi uchta savolga javob izlaydi:
    • 1. Nimani xarid qilish?
    • 2. Xarid qilinadigan ne′matning narxi qancha?
    • 3. Ne′matni harid qilish uchun mablag` yetarlimi?
    • Birinchi savolga javob berish uchun ne′matning iste′molchi uchun naflilik darajasini aniqlash, ikkinchi savolga javob berish uchun - ne′matning narxini va uchinchi savolga javob berish uchun iste′molchining daromadini o`rganish lozim bo`ladi. Mana shu uchta element - naflilik, narx va daromad - iste′molchi tanlovining asosini tashkil etadi

    Iste′molchi tanlovning asosiy elementlari.
    Naflilik funksiyasi. Iste′molchi harakatini aniqroq tahlil qilish uchun naflilik funksiyasidan foydalanamiz. Naflilik funksiyasi – bu iste′molchining iste′mol qiladigan ne′matlardan oladigan naflilik darajasini ifodalovchi ko`rsatkichdir:
    TU=f(x1,x2, x3…xn).
    Bu yerda TU- umumiy naflilik darajasi; x1,x2, x3…xn - 1, 2, ..., n ne′matlar hajmi. Dastlab ko`pchilik iqtisodchilar ne′matlar narxini shakllanishi asosida ularning nafliligi yotadi degan fikrda bo`lishgan. Unga ko`ra ne′matning iste′molchi uchun nafliligi qancha yuqori bo`lsa, narxi shuncha qimmat va aksincha nafliligi qancha past bo`lsa, narxi ham shuncha arzon bo`ladi.
    Naflilik funksiyasi va budjet chizig`i.

    Naflilik asosan 2 turga bo`linadi; Umumiy naflilik ( Total utility) va Chekli naflilik( Marginal utility). Umumiy naflilik ( Total utility) - biror ne′matdan ketma-ketlikda iste′mol qilib borilganda ulardan olingan jami naflilik yig`indisini ifodalaydi va u o`sib borish xususiyatiga ega. Shu bilan birga iste′mol to`yingan sharoitda umumiy naflilik o`zining maksimal qiymatiga erishadi. Chekli naflilik( Marginal utility) - ne′matdan qo`shimcha bir birlik iste′mol qilish natijasida olinadigan qo`shimcha naf miqdorini ifodaladi. Chekli naflilik - bu naflilik funksiyasidan biror ne′mat o`zgaruvchisi bo`yicha olingan xususiy hosilaga teng:


    MUi - i -ne′mat bo`yicha chekli naflilik darajasi; ΔTU – umumiy naflilik darajasining o`sgan qismi; Δ Xi - i -ne′matni iste′mol qilish miqdorining o`sgan qismi.

    Download 0,91 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,91 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iste′molchilarni afzal ko`rishlari

    Download 0,91 Mb.