|
Umumiy naflilik va chekli naflilikning o`zgarishi
|
bet | 5/5 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 0,91 Mb. | | #139657 |
Bog'liq Istemolchining bozordagi xatti harakati va uning tanlovi nazariyasiUmumiy naflilik va chekli naflilikning o`zgarishi Iste′molchining afzal ko`rishi qoidalari. Iste′molchining eng yaxshi iste′mol ne′matlar majmuini tanlashini, ne′matlar turi ikkita bo`lgan hol uchun qaraymiz. Umuman olganda iste′molchi tanlovini berilgan ne′mat bilan boshqa qolgan barcha ne′matlar o`rtasida qarasak ham bo`ladi.
Ikki o`zgaruvchili naflilik funksiyasi grafigi
Befarqlik egri chizig`i - bu iste′molchi uchun bir xil naf beruvchi ne′matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi.
Gamburger va fanta ichimligi uchun befarqlik egri chizig`i
Befarqlik egri chiziqlari kartasi
Befarqlik egri chiziqlari bir-biri bilan kesishmaydi. Befarqlik egri chiziqlari qanchalik o`ngda va tepada joylashgan bo`lsa, unga to`g`ri keladigan naflilik shuncha yuqori bo`ladi.
Budjet chizig`i
Byudjet chizig`i. Befarqlik egri chiziqlari bir ne′mat bilan ikkinchi ne′matni almashtirish mumkinligini ko`rsatadi, xolos. Lekin, ular iste′molchi uchun qaysi tovarlar majmuasi nafliroq ekanligini ko`rsata olmaydi. Bunday masalani byudjet chizig`i yordamida yechish mumkin.
Byudjet chizig`i tovarlar narxiga va iste′molchining daromadiga asoslanadi va u mavjud pul mablag`lari chegarasida iste′mol uchun qanday tovarlar majmuasini xarid qilish mumkinligini ko`rsatadi.
Iste′molchi tanlovi
Ne′matning nafliligi - ne′matning insonning bir yoki bir nechta ehtiyojini qondira olish xususiyatidir. Iste′mol nazariyasida ne′mat - bu iste′molchining ehtiyojini qondira oladigan har qanday iste′mol ob′ektidir. Iste′mol nazariyasida: iste′molchilar ma′lum didga, xohishga ega va ular bu xohish va didlarini qanoatlantirishda byudjet (daromad) bilan cheklangan; ular ne′matlar majmualaridan, maksimal naf keltiradigan majmuani tanlashga harakat qiladi; iste′molchilar tomonidan sotib olinadigan ne′mat narxi uning miqdoridan bog`liq emas; iste′molchilar ne′matlar nafligini to`liq biladi va maksimal naf beruvchi ne′matlar majmuasini tanlaydi, deb faraz qilinadi.
Iste′molchining muvozanat holati
Foydalanilgan adabiyotlar:
B.T.Salimov, U.S.Muxitdinova, Sh.I.Mustafaqulov, B.B.Salimov "MIKROIQTISODIYOT" .Toshkent-2006
Dolan E.Dj., Lindsey D. Rınok: mikroekonomicheskaya model. Spb., 1992.
Xayman D.N. Sovremennaya mikroekonomika : analiz i primenenie. Finansı i statistika
K.Ubaydullaev "Mikroiqtosodiyot".Nukus-2019
|
| |