|
Nutqning to’g’riligi va ravonligi
|
bet | 36/126 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 1,4 Mb. | | #142208 |
Bog'liq Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлигиNutqning to’g’riligi va ravonligi uning adabiy til normalariga to’g’ri kelishidir. Bunda ikkita jihatga e’tibor beriladi: urg’u va grammatik normalarga amal qilinishi.
Urg’u – so’zlarning to’g’ri talaffuz etilishini ta’minlaydi.
Grammatik norma – nutqning mazmundorligini, ma’noli ekanligini bildirib, nutq oqimidagi so’zlarning o’zgarishi, mazmunan bir-biriga birikishini ifodalovchi xilma-xil qoidalar yig’indisidir.
Nutqning aniqligi va ta’sirchanligi – mazmundor nutqning tinglovchiga ta’sir etish omilidir. O’qituvchi so’z va tilning ravonligi, notiqlik qobiliyati bilan aniq faktlar asosida o’quvchilarga bilim beradi, ularning ko’nikma va malakalarini rivojlantiradi. O’qituvchi nutqining aniq bo’lishi, o’z mas’uliyatini chuqur his etish shartidir. Aniqlik, o’rganilayotgan mavzuning o’qituvchi tomonidan ifodalanayotgan voqelikka, faktlarga muvofiq kelishidir. Aniqlikning chegarasini belgilashda o’qituvchi so’zlarni to’g’ri qo’llay olishi, o’zbek tili grammatikasini mukammal bilishi, to’g’ri talaffuz eta olishi talab qilinadi.
Nutqning mantiqiyligi – nutqning mantiqiy bo’lishi eng avvalo o’qituvchining so’z boyligi, tafakkur yuritish qobiliyati, idrok etish mahoratiga bog’liq. O’qituvchi tilni juda yaxshi bilishi, so’z boyligi keng bo’lishi mumkin. Ammo o’zi fikr yuritayotgan mavzuga nisbatan chuqur bilimga ega bo’lmasa, bilimlarini o’z tafakkuri doirasida tahlil qila olmasa notiqlik san’ati natija bermaydi. So’zlarning o’qituvchi ifodalayotgan mavzuga mos ravishda to’g’ri ifodalanishi, so’z birikmalarining, gaplarning, matnlarning bir-biriga to’g’ri kelishi, fikrni izchil bayon etish uchun bo’ysundirilishi nutqning mantiqiy boy ekanligini bildiradi. O’quvchilarga aytilayotgan fikr mantiqan bir-biriga bog’langan bo’lishi kerak. Gaplar o’rtasida fikriy bog’lanish, izchillik yo’qolishi bilan o’qituvchi nutqining mantiqiyligiga putur etadi.
O’rganilayotgan mavzu matnlari o’rtasida mantiqiy bog’lanish bo’lish uchun, matnlar boshlanma bilan ajratiladi (masalan, xulosa qilib aytganda; shu bilan birga; ta’kidlash lozimki va hokazo). Demak, o’qituvchi nutqining mantiqiyligi deyilganda, yaxlit bir tizim asosida tuzilgan, fikr va mulohazalar rivoji izchil bo’lgan, har bir so’z, ibora aniq maqsadga muvofiq ishlatiladigan nutq tushuniladi.
|
| |