• Nutqning asosiy xususiyatlari. Til va nutq.
  • Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги




    Download 1,4 Mb.
    bet35/126
    Sana21.01.2024
    Hajmi1,4 Mb.
    #142208
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   126
    Bog'liq
    Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги

    Adib Ahmad Yugnakiy (XII-XIII) ham mudarrislarni so’zlaganda nutqni o’ylab, shoshilmasdan, aql-idrok bilan tuzishga, keraksiz, bema’ni so’zlarni ishlatmaslikka, mazmundor so’zlar izlab topishga chaqiradi, Noto’g’ri tuzilgan nutq tufayli keyin xijolat chekib yurmagin, deb so’zlovchini ogohlantiradi:
    Uquv so’zla, so’zni eva so’zlama,
    So’zing kizla, keyin, boshing kizlama.
    (So’zni uqib so’zla, shoshib gapirma, keraksiz, yaramas so’zlarni yashir, yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma.)
    Nutq odobi deb yuritilgan qoida va ko’rsatmalarda sodda va o’rinli gapirish, qisqa va mazmundor so’zlash, ezmalik laqmalikni qoralash, keksalar, ustozlar oldida nutk odobini saqlash, to’g’ri, rost va dadil gapirish, yolg’onchilik, tilyog’lamalikni qoralash va boshqa qonuniyatlar to’g’risida fikr yuritiladi.
    Buyuk alloma Abdurahmon Jomiy o’z adabiy merosida so’z va nutqning qudrati naqadar ulug’ligini, tildek insonga chiroyli libos kiydirguvchi vosita hech qaerda bo’lmasligini bayon etgan:
    Tildagi ketma-ket xatoga hayhot,
    Chiroyli kiyimlar berolmas najot.
    So’zni kiyimingdek bekamu ko’st qil,
    Yoki kiyimingni so’zingga rost qil.
    Mutafakkir Alisher Navoiy davlat arbobi sifatida, o’zbek mumtoz adabiy tilining homiysi bo’lgan buyuk shoirdir. Alisher Navoiy turkiy tilda go’zal nutq tuzishning bayrokdori sifatida, o’zining butun ijodiy merosi bilan o’zbek tili boyliklarini namoyon etdi. Navoiy o’zbek adabiy tilida buyuk asarlar yaratish mumkinligini va shu bilan o’zbek xalqini butun jahonga mashhur qilishni isbotlab berdi. Shoir o’zining “Muhokamatul-lug’atayn” asarida har bir tilning ijobiy va salbiy tomonlari borligini eslatib o’tadi. Alisher Navoiyning “Muhokamatul-lug’atayn”, “Mahbub-ul-qulub”, “Nazmul-javohir” asarlari o’zbek tilida nutq tuzishning go’zal namunalari bo’lishi bilan birga, uning yuksalishiga ham katta hissa qo’shdi. U o’zining “Mahbub-ul-qulub” asarida shunday yozadi: “Til muncha sharaf birla nutqning holatidir va ham nutedurki, agar nopisand zohir bo’lsaq, boshning ofatidir...” ya’ni, til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir, agar u o’rinsiz ishlatilsa boshning ofatidir. Navoiy ta’limi bo’yicha so’z:
    Har kimki chuchuk so’z elga izhor aylar,
    Har neki ag’yor durur yor aylar.
    So’z qattig’i el ko’ngliga ozor aylar,
    Yumshog’i ko’ngillarni giriftor aylar.
    Xullas, Sharq mutafakkirlari, so’z va nutqning inson hayotidagi o’rni, vazni va qadr qimmatiga katta ahamiyat berganlar. Ular har bir so’zning nutqda o’z o’rni va ahamiyati borligini, nutqni qudratli qiluvchi so’zdan kuchliroq va buyukroq narsa yo’qligini, tilga e’tibor – elga e’tibor ekanligini, so’z sehri ila odamzod mo’’jizalar yarata olishini doimo ta’kidlab, isbotlab kelganlar. So’z orqali nutq va fikr oydinlashadi. O’qituvchi ta’lim-tarbiyasining samaradorligi so’z boyligi bilan belgilanadi. Demak, “So’z tuzadi, so’z buzadi, olqish ham so’zdan, qarg’ish ham so’zdan, omonlik ham, yomonlik ham so’z bilan, borliq ham, yo’qlik ham so’zdan, olamning yaralishi va gullab-yashnashi ham so’zdan, yo’q bo’lishi ham so’zdan”(R. Jumaniyozov).
    Nutqning asosiy xususiyatlari. Til va nutq.
    O’qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mukammal egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida o’qituvchi bolaning his-tuyg’ularini uyg’otadi, o’quvchilar bilan ongli muloqotni ta’minlaydi, ta’lim-tarbiyaga oid ma’lumotlarni tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo’lajak o’qituvchi avvalo nutq sirlarini, uning o’quvchilar bilan bo’ladigan muloqotda ta’sir kuchini puxta bilishi kerak. Nutqning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish uchun, nutq texnikasiga oid talablarni bilish lozim. Bu talablar nutqning mantiq jihatdan to’g’ri, aniq, chiroyli, yorqin va maqsadga muvofiq bo’lishidir. Nutqning asosiy xususiyatlari ushbu talablardan kelib chiqadi:

    1. Nutqning to’g’riligi va ravonligi.

    2. Nutqning aniqligi va ta’sirchanligi.

    3. Nutqning mantiqiyligi.

    4. Nutqning tozaligi va ifodaliligi.


    Download 1,4 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   126




    Download 1,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги

    Download 1,4 Mb.