Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги




Download 1,4 Mb.
bet38/126
Sana21.01.2024
Hajmi1,4 Mb.
#142208
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126
Bog'liq
Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги

Til va nutq. Nutq madaniyati – til normalarini egallamoq, talaffuz, urg’u, so’z ishlatish, gap tuzish qonuniyatlarini chuqur bilmoqdir. Shuningdek, tilning tasviriy vositalari har xil sharoitlarga mos, maqsadga muvofiq bo’lishi kerak. Nutqda til – fikr almashish quroli, o’qituvchi qalbining oyinasi, o’qituvchining dars berish uslubini, pedagogik mahoratini to’liq namoyon qiluvchi vositadir. Nutqda – tildagi rang-barang vositalar o’z ifodasini topsa, bunday nutq – boy nutqdir.
Til va nutq azaldan bir-biri bilan chambarchas bog’langan vositalardir. Nutq qaysi tilda aytilmasin, o’sha millat tilining qonun-qoidalari asosida ro’yobga chiqadi. Biroq ular bir-biridan farqlanadi.
Til nutq uchun moddiy material. Shu material asosida nutq tashkil topadi.
Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda reallikka aylangan fikr bo’lib ikki xilda namoyon bo’ladi: ichki nutq; tashqi nutq.
O’qituvchi ongida hosil bo’ladigan, hali amalga oshmagan til elementlaridan tashkil topgan, kishining og’iz ochmasdan fikrlashi, mulohaza yuritishi, o’ylashi ichki nutqdir.
O’qituvchi mulohazasi va fikrining til vositasida nutq organlariga ta’siri va harakati bilan real tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq – tashqi nutq bo’lib, u ijtimoiy hodisadir.
O’qituvchi nutqiy faoliyati: so’zlash, mutolaa va eshitishdan iborat.
Til hodisasi fonemalar tizimida, morfemalarda, sinonimiya, omonimiyalarda, mavjud grammatik qoidalarda, murakkab terminlar va frazeologik iboralarda namoyon bo’ladi.
Til va nutq quyidagicha qiyoslanadi:

  1. Til aloqa materiali, nutq aloqa shaklidir.

  2. Tilni xalq yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi.

  3. Tilning hayoti uzoq xalq hayoti bilan bog’liqdir; nutqning hayoti esa qisqa bo’lib, u aytilgan paytdagina mavjuddir.

  4. Ayrim shaxsning ayni zamonda bir nechta tili bilishi mumkin, chunki u vaqt va o’rin bilan bevosita bog’lanmagan. Ayrim shaxsning nutqi ayni zamonda faqat bitta bo’ladi, chunki u ma’lum vaqtda va ma’lum o’rinda yuz beradi.

  5. Tilning hajmi noaniqdir; nutqning hajmi esa aniq: nutq monolog, dialog, polilog, deklamatsiya hamda ayrim tekst va kitob shaklida bo’lishi mumkin. Nutq maxsus belgilangan tartibda o’zining hajmi bilan notiqqa havola etiladi.

  6. Til – turg’un statik hodisa, nutq esa harakatda bo’luvchi, dinamik hodisadir.

Til xatosida so’zning ma’nosi keskin buzilishi mumkin (Masalan: sof-sop, tif-tip, fan-pan, dil-til, nufuz-nufus, servis-serviz, xo’p-xo’b).
Nutq xatosidagi buzilishlar ko’pincha faqat akustik tomondan o’zgaradi (fikr-pikr, fabrika-pabrika, safar-sapar kabilar).
Til va nutq hodisalarining qonun-qoidalarini mukammal bilish, uning qoidalariga doimo rioya qilish, ob’ektiv sharoitda tinimsiz mashg’ulotlar olib borish – o’qituvchining til sofligi, nutq madaniyati va odobi masalalariga oqilona yondashishiga olib keladi.

Download 1,4 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126




Download 1,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги

Download 1,4 Mb.