|
Ызбекистон республикаси олий ва
|
bet | 26/113 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,41 Mb. | | #132930 |
Bog'liq portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR (1)2-Amaliy mashg’ulot: Maqollar poetikasi
Dars maqsadi: O’zbek xalq maqollari xalq og’zaki poetik ijodining boshqa jihatlaridan ajralib turishi, xalq maqollari ko’pgina asarni poetik jihatdan bezashi haqida tushunchalar berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Xalq maqollarida inson ichki go’zalliklarining aks etishini tushuntira oladi.
2. Shoirlarning g’azallarida xalq maqollarining qo’llanilishini har jihatdan tahlil qila oladi.
3. Maqollar teran mazmunni o’zida ifoda etishi, ixchamligi, badiiyligi, purhikmatligi bilan hayotga tatbiq etilishini tahlil qiladi.
Kerakli jihozlar: B.Sarimsoqov va boshqalar. O’zbek xalq maqollalari (1989 y.), A.Qahhor asarlari, talabalarning o’zlashtirish darajalarini aniqlash uchun testlar.
Ishni bajarish tartibi:
O’zbek xalq maqollarining nihoyatda dono fikrlarini aks ettirib berishini tushuntirish;
«Devonu lug’atit turk» asarida ko’plab misollar keltirganini aniqlash;
Lutfiy g’azallarida xalq maqollarining qo’llanilishi va uning she’riyat qadrini oshirishini tekshirib chiqish;
Hamzaning dramatik asarlarida xalq maqollarining qo’llanilishini tahlil qilish;
Maqollarning muhim xususiyatlarini yozma bayon qilish;
Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda darsni tashkil qilishga o’rganish;
Mashg’ulotni yakunlash.
Mustaqil ish topshiriqlari:
2-topshiriq. Maqollar poetikasi
1.1. Maqollarning mohiyatini tahlil qiling. (3.12-20 b)
1.2. Maqollar haqida umumiy ma’lumot bering. (1.10-12 b)
Asosiy adabiyotlar:
M.Jumaboev. O’zbek va chet el bolalar adabiyoti. T; 2002 yil. 10-12-b
S.G’ozieva, D.Ochilova, L.Daminova «Badiiy terma kitob» T; 1993 y.
T.Mirzaev, B.Sarimsoqov. O’zbek xalq maqollari. T; 1989 yil 12-20 b
«Hamza» Tanlangan asarlar. Besh tomlik, O’zSSR «Fan» nashriyoti, T; 1988 yil.
4- Mavzu: Topishmoqlar
№
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Amalga oshiruvchi mas’ul
|
Daqiqa
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1-bosqich
|
Dars maqsadi: O’zbek xalq og’zaki ijodida topishmoqlarning kelib chiqishi, vazifasi va hayot dialektikasidan kelib chiqib ifoda etadigan, sodda, siqiq darak gap shaklidagi so’roqni bildirish tabiatini ochib berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Topishmoqlarning tarbiyaviy ahamiyatini tahlil qiladi.
2.Topishmoqlar real hayotni tasvirlovchi adabiy janr ekanini aytadi .
3.Topishmoq bilan qiziqqan olimlar haqida o’zlarining nuqtai nazarlarini asoslab, ular xaqida baho bera olada
|
O’qituvchi
Talaba
|
|
2-bosqich
|
Asosiy tushunchalar: Topishmoq, jumboq, chiston, boshqotirma, murakkab syujetli topishmoqlar, qadimiy topimshmoqlar, syujetli topishmoqlar.
Dars shakli: ma’ruza.
Vositalar: kompyuter, proektsiya, tarqatma materiallar.
Metod va usullar: aqliy hujum, amaliy topshiriq, klaster, taqdimot.
|
O’qituvchi
Talaba
|
20 daqiqa
|
3-bosqich
|
Guruhda ishlash
Kuzatuv, natijani aniqlash.
|
O’qituvchi
Talaba
|
35 daqiqa
|
4-bosqich
|
Mustahkamlash va baholash uchun savollar:
1.Topishmoqlar adabiy janr sifatida qanday muammolarni ko’taradi?
2. Topishmoqlar haqida ilmiy ish qilgan olimlardan kimlarni bilasiz?
3. Nega topishmoqlar faqat qish paytida aytilgan?
4. Qadimiy topishmoqlarning asosiy xususiyatlari nimadan iborat?
5. Mubolag’a yo’li bilan yaratilgan topishmoqlar haqida tushuncha bering?
|
O’qituvchi-
Talaba
|
15 daqiqa
|
5-bosqich
|
Umumiy yakuniy xulosalar chiqarish:
Maqsad va vazifalar bajarilganligini tahlil qilinadi, kerakli maslahatlar beriladi, mustaqil ish topshiriqlari tarqatiladi, xulosalar chiqariladi.
|
O’qituvchi
|
10 daqiqa
|
|
| |