Kasbga yo’naltirishning metodologiyasi




Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/39
Sana05.01.2024
Hajmi1,29 Mb.
#130430
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
Bog'liq
касбга йўллаш ўкув кўлланма

Kasbga yo’naltirishning metodologiyasi kasbni ongli ravishda mustaqil tanlash 
bo’yicha ilmiy muammoning tadqiqot metodlari tuzilishi hamda asosiy yo’l-yo’riqlari 
to’g`risidagi ta`limot bo’lib, bunda jamiyatning kadrlarga bo’lgan ehtiyojini hisobga 
olgan holda yoshlarning qiziqishlarini aniqlash, ularga kasb tanlashda ilmiy yordam 
berish tushuniladi. 
Kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini tashkil etishga ta`sir ko’rsatadigan 
kontseptual xarakterdagi g`oyalar uning asosiy qoidalarini tashkil etadi. Bu 
g`oyalardan biri diagnostik tadqiqotlar asosida yoshlarning qiziqish, layoqat va 
qobiliyatlarini tashhis qilib, ularni to’g`ri kasb tanlashga yo’naltirish ishlarini tashkil 
etish hisoblanadi. Bu g`oya XX asrning 30-yillarida keng tarqalgan bo’lib, bunda 
testlar 
keng 
qo’llanilgan. Testlarning takomillashtirilmaganligi, noto’g`ri 
qo’llanilganligi va boshqa bir qator sabablarga ko’ra, tashhisli tadqiqot ―tarbiyalovchi 
kontseptsiya‖ bilan almashtirildi va ular bir-biriga qarama-qarshi qo’yildi. Ammo 
o’sha vaqtdayoq tashhis ham, tarbiya ham kasb-hunarga yo’naltirishning amaliy 
ishlarida birdek muhim ahamiyatga ega ekanligi aniq va ravshan edi. 
Mamlakatimizda ta`lim tizimini tubdan isloh qilish boshlanib, ―Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi‖ amaliyotga joriy etilayotgan bugungi kunda tashhisning roli 
ortib bormoqda. Mamlakatimizning barcha tumanlarida kasb-hunarga yo’naltirish va 
psixologik-pedagogik tashhis markazlarining ochilganligi fikrimiz isbotidir. Bugungi 
kunda kasb-hunarga yo’naltirish tizimining asosiy vazifasi o’quvchilarga ularning 
qiziqish, layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini to’g`ri tashhis qilib, ixtiyoriy majburiy 
ta`lim tizimini, ya`ni akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida davom ettiriladigan 
ta`lim yo’nalishini ongli va to’g`ri tanlashlarida asqotadigan, ilmiy asoslangan
to’laqonli maslahatlar berishdir. Bu maslahatlar tavsiya xarakteriga ega bo’lib, haqiqiy 
tanlashni o’quvchining o’zi amalga oshiradi. 
Umumta`lim maktablarining kasb-hunarga yo’naltirish ishining maqsad va 
vazifasi shu hudud ehtiyoji uchun zarur kasblarga - kasb-hunar kollejlarining mavjud 
soha yo’nalishlariga, o’quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda tavsiya 
berishdan iborat. Buni muvaffaqiyatli amalga oshirish esa kasb-hunarga yo’naltirish 


49 
tizimidagi turli yo’nalish bo’yicha olib borilgan ishlarning sifatiga bog`liq. 
Kasbga yo’naltirish tizimining asosiy tarkibiy qismlari: kasblar to’g`risida 
nazorat, dastlabki kasbiy tashhis, kasb tanlashga oid maslahatlar, kasb-hunarga saralab 
olish, ijtimoiy-kasbiy muvofiqlik, kasbiy tarbiya kabilardan iborat. 
Kasblar to’g`risida axborot berish o’quvchilarni turli xil mehnat turlari, kasblar 
shajarasi, kasblarning o’ziga xos xususiyatlari, xalq xo’jaligi jumladan, ular 
yashayotgan hududning kadrlarga bo’lgan ehtiyojlari, eng yaqin joylashgan 
kasb-hunar kollejlari va ularda tayyorlanayotgan mutaxassisliklar tavsifi bilan 
tanishtirishni o’z ichiga oladi. Kasblar haqida tartibsiz ma`lumot bermaslik uchun 
o’quvchilar oladigan bilimlarni ma`lum bir tizimga solish lozim. Kasblar haqida 
axborot berish o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda 
olib borilishi zarur. 

Download 1,29 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kasbga yo’naltirishning metodologiyasi

Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish