• Ijtimoiy kasbiy moslashuv
  • Kasbiy moslashish
  • Ызбекистон республикаси




    Download 1,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/39
    Sana05.01.2024
    Hajmi1,29 Mb.
    #130430
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
    Bog'liq
    касбга йўллаш ўкув кўлланма

    Kasbga saralab olish qiyin kechadi. SHu bois oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari 
    abiturientlari bilan pedagogik testdan tashqari kasb-hunarga yo’naltirish va 
    psixologik-pedagogik markazlarning ilmiy asoslangan tavsifnoma-tavsiyasi asosida 
    suhbat o’tkazish maqsadga muvofiqdir. 
    Ijtimoiy kasbiy moslashuv (ko’nikish) insonning kasbini nechog`lik to’g`ri 
    tanlaganligini ko’rsatuvchi bosqich hisoblanib, bu bosqichda kasb-hunarga 
    yo’naltirish ishlari hamda kasb-hunarga tayyorgarlikning kamchiliklari, yangi qiziqish, 
    ehtiyojlar shaxsning hayotiy rejasi qay darajada to’g`ri yoki noto’g`ri ekanligi kabilar 
    aniqlanadi. SHuning uchun ham moslashuv kasb-hunarga yo’naltirish ishlari 
    samaradorligining o’ziga xos mezoni bo’lib xizmat qiladi. 
    Kasbiy moslashish umumta`lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, 
    oliy o’quv yurtida o’quvchi yoki talabaning o’zi tanlagan kasbga moslashishi va 
    ko’nikishidan shuningdek, ishchi va xizmatchilarning kasbiy mehnat sharoitlariga 
    muvofiqlashish jarayonidan iborat bo’lib, uning natijasida xalq xo’jaligini mutaxassis 
    kadrlar bilan ta`minlash mustahkamlanadi. 
    Bu davr maktabda mehnatga tayyorlash, kasb tanlash, kasbiy tayyorgarlik, 
    mehnat faoliyatining boshlanishi hisoblanadi. Bir qator tadqiqotchilar kasbiy 
    moslashishni ikki bosqichga bo’lishadi: ishlab chiqarishgacha (maktab, kollej, oliy 
    o’quv yurti) va ishlab chiqarishda (bevosita ishda, ishlab chiqarish sharoitlarida) 
    kasbga moslashish. SHu narsani hisobga olish kerakki, kasbiy moslashish mehnatga 
    moslashish jarayoni sifatida bolalikdan boshlanadi (bola uyda gul o’stirayotganda, uy 
    hayvonlarini parvarish qilayotganda, uy ishlariga yordamlashayotganda muayyan 
    darajada ilk kasbga moslashish jarayoni boshlanadi). 


    52 
    9-sinfni bitirayotgan o’quvchilar uchun akademik litsey yoki kasb-hunar 
    kollejlarida keyinroq oliy o’quv yurtida yoki ishlab chiqarishda kasbga moslashish 
    davom etadi. 
    Kasbiy moslashish deganda yana insonning egallagan kasbiga ijtimoiy-iqtisodiy 
    jihatdan moslashish jarayoni ham tushuniladi. Moslashuv jarayonida shaxsning u yoki 
    bu ijtimoiy, kasbiy guruhga faol ishtiroki, bu guruhdagi ijtimoiy psixologik 
    munosabatlarni o’zlashtirishi amalga oshadi. 

    Download 1,29 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




    Download 1,29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ызбекистон республикаси

    Download 1,29 Mb.
    Pdf ko'rish