45
Tumanlar va shaharlardagi kasbga yo’naltiruvchi kabinetlar korxonalarda,
qurilishlarda, jamoa xo’jaliklarida kasb haqida maslahat beruvchi punktlarning
faoliyati metodik rahbarlikni amalga oshiradi, maslahatlar beradi va ma`lumot sifatida
ahborot ishlarini olib boradi.
Umumiy o’rta ta`lim maktablari 9-sinf bitiruvchilari akademik litsey va
kasb-hunar kollejlarida ixtiyoriy majburiy ta`limni davom ettirishadi. Xuddi shu
jarayonda kasb-hunarga yo’naltirish tizimining ahamiyati ortadi. Agar kasb-hunarga
yo’naltirish ishlari samarali tashkil etilmagan bo’lsa, 9-sinf bitiruvchilarining
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida soha yo’nalishlarini tanlashlarida
muammoli vaziyatlar vujudga keladi. Ular quyidagilardan iborat:
- ba`zi obro’li, zamonaviy kasblarga tanlov nihoyatda katta bo’ladi, ba`zi
kollejlarda o’quvchilar soni etarli bo’lmasligi mumkin;
- iqtisod, huquq bilan bog`liq soha yo’nalishidagi kollejlarga yoshlar
ko’proq qiziqadilar, noyob, fundamental fanlar o’qitiladigan soha yo’nalishlarida esa
oz sonli o’quvchilargina o’qishni xohlaydilar;
- o’quvchilarning o’zlari ham, ota-onalari ham ta`lim olishni akademik
litseyda davom ettirishni istaydilar, ammo bilim, individual, psixofiziologik
xususiyatlar hisobga olinmaydi va h.k.
YUqorida qayd etilgan muammoli vaziyatlar vujudga kelmasligi uchun
kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini yaxshi yo’lga qo’yish zarur. Bunday holatda turli
kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazlari xodimlari,
maktab
o’qituvchilari, psixologlar, kasb-hunar kollejlari rahbarlari va
o’qituvchilarning kasb-hunarga yo’naltirish sohasi bo’yicha faoliyatlarini
uyg`unlashtirish hamda faollashtirish ehtiyoji vujudga keladi.