• Kasb-hunarga yo’naltirish ishlari qaysi muassasa tomonidan bosqichma-bosqich va muntazam ravishda amalga oshiriladi
  • 3. Kasb-hunarni tanlash, egallash va ulardan foydalanish haqida O’zbekiston Respublikasining qaysi bob va moddasida bayon qilingan
  • § 3. TA`LIM JARAYONI KASBIY YO’NALGANLIGINI TA`MINLASH
  • Mavzu yuzasidan test savollari




    Download 1,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/39
    Sana05.01.2024
    Hajmi1,29 Mb.
    #130430
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
    Bog'liq
    касбга йўллаш ўкув кўлланма

    Mavzu yuzasidan test savollari: 
    1. Umumiy o’rta ta`lim davlat standartlariga asosan maktabda kasbga 
    yo’naltirish bo’yicha mashg`ulotlar nechanchi sinflarda amalga oshiriladi? 
    A) 5-6 sinflarda 
    B) 7-8 sinflarda 
    C) 8-9 sinflarda 
    D) 5-7 sinflarda 
    2. 
    Kasb-hunarga 
    yo’naltirish ishlari qaysi muassasa tomonidan 
    bosqichma-bosqich va muntazam ravishda amalga oshiriladi? 
    A) Umumiy o’rta ta`lim maktablarida 
    B) Kasb-hunar kollejlarida 
    C) Kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis Markazida 
    D) Akademik litseylarda 
    3. Kasb-hunarni tanlash, egallash va ulardan foydalanish haqida O’zbekiston 
    Respublikasining qaysi bob va moddasida bayon qilingan? 
    A) IX bob, 38-moddasida 
    B) IX bob, 37-moddasida 
    C) X bob, 38-moddasida 
    D) X bob, 37-moddasida 
     
     
     
     


    31 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    § 3. TA`LIM JARAYONI KASBIY YO’NALGANLIGINI TA`MINLASH 
    Ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilimdon, mustaqil fikrlovchi, 
    ijodiy izlanuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, turli sohalar bo’yicha etuk mutaxassis 
    kadrlarni 
    tayyorlashga 
    qaratilgan. 
    O’zbekiston 
    Respublikasi 
    Prezidenti 
    I.A.Karimovning qator asarlarida va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida mutaxassis 
    kadrlar tayyorlash masalasiga katta e`tibor berilgani bejiz emas. 
    Bu vazifani hal qilishda yoshlarni to’g`ri kasb tanlashga yo’llash, ularga to’g`ri 
    maslahatlar ko’rsatish va o’z ijodiy qobiliyatlari darajasidagi kasbni egallashlari uchun 
    shart-sharoit yaratish lozim. 
    Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun kasb tanlashga ta`sir etuvchi 
    omillar mohiyatini bilmoq lozim. Bular quyidagilardan iborat: 
    1. 
    Ta`lim — tarbiya tizimida kasbga yullash faoliyatining mazmuni 
    metodikalari majmuasini mukammal ravishda mujassamlashganligi. 
    Maktab ma`muriyati, sinf rahbariyatlari, amaliy psixolog va kasbga yo’llovchi 
    fan o’qituvchilarining ish rejasida mazkur masala joy olganligi. SHuningdek, bu 
    muammoga taalluqli ishlar, tadbirlar izchil amalga oshirilib turilishi, ularning 


    32 
    ta`sirchanligiga e`tiborning ortishi tufayli o’quvchi yoshlar orasida bu sohada tasavvur 
    ko’lamining kengayishi. Rasmiyatchilikdan chekinib, umumiy va zaruriy masala
    2. 
    O’quvchilarning kasb tanlashga o’rgatishda o’qituvchilar jamoasi 
    faoliyati hamkorligi va samaradorligi. 
    Alohida olingan fan o’qituvchilari va turdosh fanlarning namoyondalari 
    jamlanmasi hamkorlik ish rejasyda kasbga yo’llash masalasining izchil ravishda 
    qo’yilishi, har bir mavzu bo’yicha muloha almashishda, qaysi fan bo’lishidan qat`iy 
    nazar ixtisosga oid bilimlarga e`tibor berilishi kasbiy tasavvurni vujudga keltiradi. 
    Kasb - hunar mohiyati bilan tanishish unga nisbatan qiziqishni uyg`otadi, mustaqil 
    bilim olishga ishtiyoq paydo bo’ladi va odat maromiga aylana boradi. Maxsus tadbirlar 
    o’tkazilishi, kasb nufuzi bilan tanishtirilishi kasbiy motivlar va motivatsiyalarni 
    takomillashtirada, moyillik tuyg`usini uyg`otadi. 
    3. 
    Sinf rahbarining ota - onalar bilan xamkorligini ongli kasb tanlash negizi 
    ekanligi. 
    Sinf rahbari ota - onalar bilan individual va guruxlik hamkorlikni amalga 
    oshirishda quyidagilarga e`tibor qilsa, yuqori ko’rsatgichga erishishi mumkin: o’kuv 
    faninig kasb tanlash bilan bog`liqligi, kasbning nufuzi, kasb tanlashning psixologik 
    asoslari, kasbga nisbatan qiziqish, havas, qobiliyat, iste`dod kasbga yo’llashning 
    asosiy maqsadi va vazifalari, proffessiogramma mohiyati, kadrlarga va 
    mutaxassislarga nisbatan extiyoj darajalari, kasbning ijtimoiy ahamiyati, layoqatining 
    umumiy va xususiy ko’rinishlari, o’quvchilar individual xususiyatlari, ilmiy manbalari, 
    maktab psixologining bu sohadagi funktsiyasi va boshqalar. 
    4. Kasb tanlashda yoshlar tashkilotining ishtiroki. 
    YOshlar tashkiloti faoliyatida kasb tanlash masalasining ustivorligi, 
    o’quvchilarning turli fondlarga jalb qilinishi, iste`dodlarning saralanishi, mukofotga 
    tortilishi, moddiy va ma`naviy taqdirlanishi kabilar. 
    5. Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunida kasb 
    tanlashning alohida ajratilib ko’rsatilishi. 
    6. Maktablarda ishlab chiqarish kombinatlarida ommaviy va keng ko’lamda ishlar 
    yo’lga qo’yilishi. 


    33 
    7. Maxsus muassasalar faoliyati. 
    8. Kasbga oid ko’rgazmalar, sayohatlar uyushtirilishi. 
    9. Ijodkor, nufuzli, mahoratli kishilar bilan uchrashuvlar o’tkazilishi. 
    10. Kasb tanlashda mahalliy matbuot, radio va televideniening ishtiroki. 
    Kasbga yo’llash umumdavlat ahamiyatiga ega muammo hisoblanib, uni 
    bosqichma bosqich amalga oshirish ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da alohida o’rin 
    egallaydi. 
    YUqorida kasb tanlashga yo’llash omillari faoliyatini hamkorlikka aylantirish 
    yuksak samaralar sari etaklaydi. 
    Bu borada ta`kidlash zarurki, magistrantlar o’zining ilmiy izlanishi va 
    ilmiy-pedagogik faoliyatlarida O’zbekiston mustaqillik davrining dastlabki paytidan 
    qabul qilingan ―Ta`lim to’g`risida‖gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida 
    hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13 may, 203-sonli qarori 
    bilan tasdiqlangan ―Umumiy o’rta ta`lim dasturlarini tayyorlash, sinab ko’rish va joriy 
    etish bo’yicha Respublika komissiyasi‖ning 1998 yil 26 maydagi yig`ilishi Bayon 
    qaroriga ko’ra hamda ta`lim standartlari va uning asosida ishlab chiqilgan tajriba o’quv 
    dasturlarini ta`lim jarayonida sinab ko’rish mustaqil O’zbekiston Respublikasida 
    ta`limni isloh qilish yuzasidan tashkil etilgan tadbirdir. 
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta`lim islohotiga taaluqli 
    bo’lgan qarorlari ijrosi yuzasidan ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni 
    pedagogik amaliyotga joriy etish yo’llarini belgilashda: 
    1. 
    O’zbekiston Respublikasining mintaqaviy, ijtimoiy, iqtisodiy va 
    milliy-madaniy xususiyatlarini hisobga olib, umumiy o’rta ta`limda tajriba-sinov 
    ishlarining yangicha pedagogik texnologiyalarni amalda joriy etish maqsadga muvofiq 
    deb hisoblanadi; 
    2. 
    Umumiy o’rta ta`limda o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam 
    bilimlarini oshirib borishlari, asosiy o’quv ilmiy va umummadaniy bilimlarini, milliy 
    va 
    umumbashariy 
    qadriyatlarga 
    asoslangan 
    ma`naviy-axloqiy 
    fazilatlarni 
    shakllantirish zaminida har bir fanning tajriba-tekshiruv faoliyatini tashkillashtirish 
    lozimligini ta`kidlanadi. 


    34 
    3. 
    Tajriba-sinov materiallaridan amaliyotda foydalanish haqida ob`ektiv 
    baholash va xulosa chiqarish talab etiladi. 
    4. 
    Tajriba-sinov ishlarini olib borish jarayonida bolalarda ro’y beradigan 
    hamma o’zgarishlarni yozma qayd qilib borish tavsiya etiladi. 
    5. 
    Bolalar faoliyatini faollashtirib ularning erkin fikrlashlarini va har 
    tomonlama kamol topishlarini ta`minlash, o’quv tarbiya jarayonining asosiy negizi 
    deb hisoblanadi. 
    6. 
    Bolalarning imkoniyatlarini, iqtidorlarini hisobga olib, ularda o’qishga 
    hoxish-istaklarini uyg`otish, ma`naviy yuksalish darajasiga ko’tarishni ta`kidlaydi. 
    7. 
    Umumta`lim maktablari o’quvchilarida bilim berish jarayonida fanlar 
    majmuasida mehnat ta`limi va kasb tanlash negizidagi bilimlarni, malaka va 
    tushunchalar tizimini, ijodiy faoliyat tajribasini, shaxsning muhim sifatlarini 
    shakllantirish zarurligini ta`kidlanadi. 
    8. 
    Tajriba-sinov jarayonida sodir bo’ladigan har bir tasodif va o’zgarishlarni 
    qayd qilib borishni talab etiladi. 
    SHu asoslarga tayangan holda magistrantlar o’qish jarayonini kasbiy 
    yo’nalganligini ta`minlashga qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Bu borada barcha 
    umumta`lim fanlari, ayniqsa mehnat ta`limi negizidagi o’quvchilarni kasb-hunarga 
    yo’naltirish imkoniyatlaridan to’la va unumli holatda foydalanish muhimdir. 
    Bu borada ta`kidlash zarurki, magistrantlar qayd etilgan 1-9 sinflar bo’yicha 
    mehnat ta`limi, kasbga yo’llash hamda kasbkorlikka xos materiallarni, o’zlarining 
    ilmiy izlanish va ilmiy-pedagogik faoliyatlari nuqtai nazaridan ―Ilmiy-pedagogik
    tadqiqotlar metodologiyasi‖ faniga xos: pedagogik fanlar tuzilmasi, undagi mantiqiy 
    hamda tarixiy-pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirishning shakl va metodlari; 
    tadqiqotlarni amalga oshirishda tizimli yondoshuv va majmuaviy tadqiqotlarni amalga 
    oshirish texnologiyaga binoan yakunlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Mazkur 
    izlanishda o’quvchilar kasb tanlash, kasbga yo’naltirish, tanlagan kasbiga 
    moslashtirish kontseptsiyalarini modellashtirish ishlarini bajarishiga alohida e`tiborni 
    kuchaytirishlari lozim. Ularning diqqati kasbiy-pedagogik bilimdonlikka yo’nalgan 
    bo’lishi lozim. 


    35 
    Kasbiy- pedagogik bilimdonlik pedagogik voqelikni izchil idrok eta bilish va 
    unda izchil harakat qila olish malakasini qamrab oladi. Bu xislat pedagogik jarayon 
    mantig`ining yaxlitligiga va butun tuzilmasi bilan birgalikda ko’ra olish, pedagogik 
    tizimning rivojlanish qonunityalari va yo’nalishlarini tushunish imkoniyatini 
    ta`minlaydi, maqsadga muvofiq faoliyatini konstruktsiyalashni osonlashtiradi. 
    Kasbiy-pedagogik bilimdonlik asosan to’rtta komponenti bilan tavsiflanadi: 

    SHaxsga, insonga yo’nalganlik; 

    Pedagogik voqeolikni izchil idrok etashi; 

    Fan sohasiga yo’nalganlik; 

    Pedagogik texnologiyalarni egallash. 
    Kasb tanlash (kasbga yaroqlilik) - kasbiy ishning butun tizimida yakunlovchi 
    bosqichdir. Ayni shu bosqichda xodimning tanlagan kasbga uzil-kesil muvofiqligi 
    yoki nomuvofiqligi aniqlanadi. Lekin kasb tanlash (kasbga yaroqlilik) metodlaridan 
    kasbga yo’naltirishning faqat yakunlovchi bosqichida foydalanish mumkin, deb 
    hisoblash noto’g`ri bo’lur edi. U yoki bu kasbning egallagani holda dastlabki 
    tibbiy-fiziologik va psixologik ko’rikdan o’tmagan yigit yoxud qizga tanlagan kasbi 
    zid bo’lishi ham mumkin. SHu boisdan kasb tanlash boshlang`ich bosqichda ham, 
    shuningdek yakunlovchi bosqichda ham o’tkazilishi lozim. 
    Kasbga yaroqlilik - mazkur kishining ushbu kasb bo’yicha mehnat vazifalarini 
    bajarishi uchun yaroqli yoki yaroqsizligini qayot qilishdangina iborat emas, albatta. 
    Kasbga yaroqlilikni boshqa jihatdan ham: 
    1) odam o’zi tanlagan kasbga yaroqlimi yoki yo’qligi; 
    2) hayot yo’lini tanlagan chog`da u nimalarga amal qilishi lozimligi; 
    3) uni o’qitish masalasiga qanday qilib bir muncha oqilona yondashish, ya`ni 
    unda kasbga yaroqlilikni qanday qilib g`oyat maqsadga muvofiq tarzda shakllantirish, 
    tarbiyalash va rivojlantirish mumkinligi jihatidan ham ko’rib chiqish kerak.
    Boshqacha qilib aytganda, u yoki bu kasblarni egallashga harakat qilayotgan 
    odamlarning tibbiy ko’rsatkichlari bilan bir qatorda ularda diqqat, tafakkur, 
    psixomotorika va shu kabi psixik funktsiyalarlarni rivojlantirish bilan bog`liq muayyan 
    psixologik kayfiyatni ham shakllantirish shaxs fazilatidir. Kasbga yaroqlilikni 


    36 
    odamning kasbga nisbatan qo’yilgan talablarga mos bo’lgan tug`ma yoki hosil 
    qilingan psixofiziologik xususiyatlari yig`indisi deb qarash yaramaydi. Faqat ba`zi 
    kasblar (sozanda, rassom va shu kabilar) uchun muayyan tabiiy ma`lumotlar talab 
    qilinadi. SHu boisdan psixolog, mehnat o’qituvchisi va boshqalarning vazifasi 
    o’quvchi kasb (mutaxassislik)ni yoki o’quv yurtini to’g`ri yoki noto’g`ri tanlaganini; 
    tanlagan kasbi yoki o’quv yurti uning mayllari yoki qobiliyatlariga mos yoxud mos 
    emasligini; kasbni yoki o’quv yurtini tanlash vajlari, ota-onalarning, o’qituvchilarning 
    va shu kabilarning fikri qanday ekanligini aniqlashdan iborat. O’quvchilarning kasbga 
    bo’lgan qiziqishlari va mayllari ana shunday ma`lumotlar asosida aniqlanadi. 
    O’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishini amalga oshirishda o’qituvchilar va sinf 
    rahbarlari; ota-onalar kengashi; to’garaklarning rahbarlari bevosita ish olib boradilar. 
    Maktabdan tashqari muassasalar, odatda, qiziqishlari va mayllari etarli darajada 
    namoyon bo’lgan bolalarni birlashtiradi. Bunday bolalarda ijodkorlik va tashabbus 
    ruhi ustunlik qiladi, ular amaliy faoliyatining xususiyati esa muayyan ijtimoiy 
    ahamiyat kasb etadi. 
    Maktabdan tashqari muassasalar (o’quvchilar uyi, bolalar kutubxonalari, yosh 
    tabiatshunoslar jamiyatlari, ratsionalizatorlar byurolari va shu kabilar) kasbga 
    yo’naltirish umumiy ishi tizimida faol qatnashadilar.
    Sinfdan va maktabdan tashqari ishda o’quvchilarning maxsus qiziqishlari 
    shakllanadi va ularning qobiliyatlari rivojlanadi. Bular umumiy ta`limni va mehnat 
    politexnik ta`limini to’ldiradi, o’quvchilarda kasb tanlashning ijtimoiy ahamiyatga 
    molik sabablarini shakllantirishga yordam beradi, xalq xo’jaligi turli tarmoqlari bilan 
    tanishishni kengaytiradi, o’quvchilarni qiziqtiradigan kasblar va mutaxassisliklarni, 
    avvalo, o’z tumani, viloyatidagi kasblar va mutaxassisliklarni chuqur bilib olishga 
    imkon beradi. Kasbga yo’naltirish bo’yicha fakultativ kurs kasbga oid ma`lumot olish, 
    uzil-kesil kasb tanlash, real ishga joylashish masalalari yuzasidan o’quvchilarga 
    maslahat berish imkoniyatlarini kengaytiradi. 
    O’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishi shakllarini bir qancha belgilarga qarab 
    quyidagicha tavsiflash maqsadga muvofiqdir: 
    I. O’tkazilayotgan tadbirlarda qatnashadigan o’quvchilar soni qarab:


    37 
    1. Bir necha parallel sinflar, aralash sinflar qatnashadigan tadbirlar. 
    2. YAkka-yakka o’quvchilar qatnashadigan tadbir. 
    II. Tashkil etish usullariga qarab: 
    1. YAlpi tadbirlar - lektsiyalar, yig`ilishlar, konferentsiyalar, olimpiadalar, 
    kinofilmlarni ko’rish; tematik kechalar, ishla chiqarish ilg`orlari bilan o’tkaziladigan 
    uchrashuv kechalari; kasb bo’yicha kalendar kunlari. 
    2. Guruxiy tadbirlar - ekskursiyalar, maslahatlar, kasblar bo’yicha tanlovlar, yosh 
    texniklarning musobaqalari, korxonalar va etakchi kasblar bilan tanishish maqsadida 
    jonajon o’lka bo’ylab sayyohlik yurishlari. 
    3. YAkka-yakka o’tkaziladigan tadbirlar - kasb haqida maslahat beriladigan 
    suhbatlar, kasb to’g`risida tavsiya etilgan kitoblarni o’qish, uchrashuvlar, 
    konstruktorlik, tajriba ishi yuzasidan yakka tartibda beriladigan topshiriqlar; 
    o’quvchini qiziqtiradigan fan va texnika sohasini chuqurlashtirish va rivojlantirish 
    maqsadida qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash. 
    III. Mazmun manbalariga qarab; 
    Kasblar bilan tanishtirish; sayohatlar, malakali ishchilar va mutaxassislar bilan 
    uchrashuvlar, o’qituvchining hikoyasi yoki suhbati, kinolardan lavhalar, fotosuratlar, 
    jurnal va gazetalardan olingan maxsus materiallarni namoyish qilish uchun proektsion 
    apparatlardan foydalanish; taklif qilingan ishlab chiqarish ishchisini suhbati; kasblar 
    haqida ma`lumotnomalar bilan tanishish; mehnat va ishlab chiqarish ta`limi bilan 
    bog`liq kasblar to’g`risidagi ochrklarni o’qish; mutaxassislar bilan suhbatlar o’tkazish 
    yordamida axborot materiallarini to’plash; fotosuratlar, fotoalbomlar ko’rsatish; ishlab 
    chiqarish sharoitida malakali ishchilar kasbiy faoliyati to’g`rsidagi kinofilmlarni 
    namoyish qilish; bazaviy xo’jalikda ishlab chiqarish tajribasi vaqtida kasblar bilan 
    tanishish.
    IV. Kasbga yo’naltirish tadbirlarini ro’yobga chiqarish vositalari bo’yicha; 
    ―Kasb egallash uchun qaysi ta`lim muassasasida tahsil olish kerak‖ 
    ma`lumotnomasining nashr etish, kasblar va kasb-hunar kollejlari haqidagi plakatlar, 
    e`lonlar, reklama varaqalari; mazkur iqtisodiy mintaqada mavjud kasblarning qisqacha 
    tavsiflari bo’lgan to’plamlar; ―Mehnat yo’lini tanlash‖, ―Mening kasbim - eng yaxshi 


    38 
    kasb‖ mavzusidagi kinofilmlar; reklama qilinadigan televizion filmlar, tsexlar, o’quv 
    yurtlaridan olingan televizion reportajlar; kasblar va musobaqa ilg`orlari to’g`risida 
    radioeshitirishlar, kasb-hunar kollejlari yoshlarining turmush va o’qishi haqida hikoya 
    qiluvchi respublika va mahalliy gezatalarida chop etilgan maqolalar; katta 
    ko’chalarning chorrahalarida kasblarini targ`ib qiluvchi stendlar va ko’rgazmalar; 
    ko’chalar va maydonlardagi yoshlarni kasb-hunar kollejlariga o’qishga kirishga da`vat 
    etuvchi yorqin bo’yoqli chaqiriqlar. 
    Maktab kasbga yo’naltirish ishi tizimini tarkib toptirish hali nihoyasiga 
    etkazilgani yo’q. Kasbga yo’naltirish tizimi tarkibiy tuzilishi kasbga yo’naltirish 
    maqsad va vazifalarini; maktab ta`limi bosqichlari bo’yicha uning mazmunini; homiy 
    korxonalar, ota-onalar jamoatchiligi ishtirokida kasbga yo’naltirish ishining 
    yo’nalishlarini; kasbga yo’naltirish tadbirlarini amalga oishirsh shakllari, metodlari va 
    vositalarini; muayyan ishchi kasblari bo’yicha unumli mehnatda maktab yoshlari 
    ishtirokining konkret yo’llarini o’z ichiga olishi lozim. 
    O’rta maktabda o’quvchilarni kasbga yo’naltirishni rivojlantirish quyidagicha 
    bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, bular: 
    I. Xalq xo’jaligi tarmoqlari bilan umumiy tanishtirish. 
    II. Ishlab chiqarish texnikasi, texnologiyasi va iqtisodiyotini umuman o’rganish. 
    III. Kasblarning asosiy guruhlari bilan tanishtirish. 
    IV. Viloyat, tuman taraqqiy etgan biron tarmoqning, bazaviy korxonaning 
    tanlagan kasbini dastlabki egallash bosqichlaridir. 
    Kasbga yo’naltirish maktab tizimining asosiy printsiplari sifatida quyidagilarni 
    ko’rsatish mumkin: 
    a) Kasbga yo’naltirish har tomonlama kamol topgan, faol shaxsni shakllantirishga 
    qaratilgan pedagogik jarayonning rejali ravishda amalga oshiriladigan uzviy qismi 
    sifatida; 
    b) Ijtimoiy ishlab chiqarishning haqiqiy talabi asosida mehnat yo’lini tanlashning 
    shaxsiy va ijtimoiy muammosini to’g`ri hal qilish; 


    39 
    v) Kasbga yo’naltirishning og`zaki metodlarini atrof-tevarakdagi korxonalar 
    etakchi ishchi kasblari asoslarini egallash borasidagi konkret amaliy harakatlar bilan 
    qo’shib olib borish; 
    g) maktabdagi barcha darslarda kasbga oid bilimlar va kasbni targ`ib qilishning 
    pog`onali tuzilishi; 
    d) maktab, oila va ishlab chiqarishning birgalikdagi kuch-g`ayratlari bilan ishchi 
    kasblariga qiziqishni tarbiyalashning faol metodlari. 
    Namunaviy dastur talablariga muvofiq har bir o’quv fani bo’yicha darslar 
    mazmunini hisobga olib, kasbga yo’naltirishni sinfdan sinfga rejalashtiri masalalari 
    eng murakkab ishdir. 
    Ommaviy maktablarda kasbga yo’naltirishning amaliy vazifalarini hal qilishga 
    sistemali yondashish usuli qo’llaniladi. Kasbga yo’naltirishning sinflar bo’yicha asosiy 
    mazmuni quyidagicha bo’lishi mumkin; 
    Boshlang`ich sinflarda: atrof-tevarakdagi mahalliy ishlab chiqarish korxonalari 
    va tabiatdan foydalangan holda mehnat faoliyati turlari bilan tanishtirish. 
    O’rta sinflarda: umumiy ta`lim turkum o’quv fanlari darslarida og`zaki metodlar 
    yordami bilan hamma ishlarni o’z ichiga oladigan va birga qo’shilgan kasblarning 
    asosiy guruhlari bilan, mehnat ta`limi darslarida esa metall ishlash, elektrotexnika, 
    yog`ochga ishlov berish kasblari mehnat usullari bilan ko’rgazmali tanishtirish. 
    YUqori sinflarda: konkret ishchi kasblari asoslarini egallagan holda ishlab 
    chiqarishning konkret sohalari negizida kasbga yo’naltirish. 
    SHunday qilib, ko’rib chiqilgan tarzdagi kasbga yo’naltirish maktab tizimi 
    mazkur muammoning hamma jihatlarini qamrab olish imkonini yaratadi, hozirgi 
    sharoitda tuman, shahar, viloyat va respublika doirasida yangi iqtisodiy tafakkur 
    asoslarini hal qilishni hisobga olib, uni takomillashtirish yo’llarini belgilashga yordam 
    beradi. 
    Maktab yosh avlodga barvaqt kasb-hunar o’rganish printsipini rad etib, 
    o’quvchilarning shaxsiy iste`dod nishonalari va qiziqishlarini har tomonlama 
    rivojlantirishga intiladi, maktab o’quvchilari jamiyatga naf keltiradigan faoliyatga 


    40 
    qiziqishni, kasb tanlashga tayyorlash uchun negiz bo’lib xizmat qiladigan qiziqishni 
    tarbiyalaydi. Bu esa mehnat tarbiyasining eng muhim vazifalaridan biridir. 
    Maktab o’quvchilarga fan asoslaridan mustahkam bilim berishi, ularda 
    dunyoqarashni hamda ish-harakat va hulq atvorda umuminsoniy yo’nalishlarni 
    shakllantirishi lozim. 
    Darhaqiqat, maktab o’smirlarning shaxsiy qiziqishlari, iste`dod kurtaklari va 
    qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan xilma-xil ishlarni tashkil qilib, bola shixsini 
    har tomonlama rivojlantirishga ko’maklashadi, sevimli ishni aniqlab olishga yordam 
    beradi. Xo’sh, maktab o’quvchilarining kasb-korlik masalasini muvaffaqiyatli hal 
    qilish uchun barcha zarur ma`lumotlar bera oladimi, har bir o’quvchida kasb tanlash 
    muammosiga puxta o’ylab munosabatda bo’lish his tuyg`usini tarbiyalay oladimi, shu 
    muammoni hal qilishning to’g`ri yo’llarini ko’rsatib bera biladimi? 
    Afsuski, hozirgi vaqtda ko’pgina maktablar ana shu vazifani eplay olmayaptilar. 
    Sakkizinchi sinflarning o’quvchilarigina emas, balki bundan yuqori sinflarning 
    o’quvchilari ham kasb tanlash masalasiga ko’pincha chuqur o’ylab, jiddiy 
    munosabatda bo’lmayaptilar. Ko’pgina maktablarda ―Men kim bo’lmoqchiman‖ 
    mavzuida o’tkazilgan anketa va ro’znoma sahifalarida hamda boshqa vositalarda 
    iste`dod mavzuida davom etayotgan munozara ana shundan dalolat bermoqda. 
    O’quvchilarning qaytargan javoblarini tahlil qilish shuni ko’rsatadi, ularning 
    kelgusida egallashi mumkin bo’lgan kasblari sinfdan-sinfga o’tishlari bilan o’zgarib 
    turadi. Ko’pincha o’quvchi o’zining fiziologik, psixologik yoki aqliy imkoniyatlariga 
    tamomila mos bo’lmagan kasb to’g`risida orzu qiladi. SHunday hollar ham bo’ladiki 
    (bunday hollar kam emas), maktab o’quvchisi kelgusida kim bo’lishni umuman 
    bilmaydi, buni oldindan ham o’ylab ko’rmagan. 
    Biroq, o’smirlarning ―Men kim bo’lishni hoxlayman‖ degan savolga qaytargan 
    javoblari qanchalik xilma-xil bo’lmasin, boshqa bir narsa orzu qilinayotgan kasblar 
    to’g`risida ularning g`oyat noaniq tasavvurlari va kelgusidagi mehnat faoliyatiga 
    tayyorgarchilik ko’rish munosabati bilan o’z burchlari haqida muayyan tasavvurga ega 
    emasliklari fikr yuritishga majbur etmoqda. 


    41 
    Ko’pgina o’quvchilar o’z insholarida bo’lg`usi kasbga tayyorgarlik ko’rish 
    borasida hozircha hech bir ish qilmayotganliklarini oshkora yozmoqdalar. Ularning 
    ba`zilari u yoki bu kasbga tayyorgarlik ko’rish uchun umuman nima qilish uchun aytib 
    o’tishga urinadilar-u, lekin o’zlari nima qilayotganliklari haqida lom-mim demaydilar. 
    Odatda javoblar quyidagichadir: ―SHifokorning irodasi kuchli bo’lishi, qo’llari 
    yumshoq va muloyim bo’lishi lozim, men esa shifokor bo’lish uchun ko’p narsani 
    bilimshim va hamma narsani qila olishim kerak‖ yoki ―O’qituvchi, shifokor yoki 
    injener bo’lish uchun yaxshi o’qish, boadab, halol, intizomli bo’lish kerak, biz 
    hammamiz bunga erishishimiz zarur‖. Bundan ham umumiy tarzdagi javoblar bor. Bu 
    javoblarda shunday deyilgan: ―U yoki bu kasbni egallash uchun uzoq vaqt davomida 
    astoydil ishlash kerak‖ yoki ―Buning uchun esa ko’p narsani bilish lozim, demak 
    yaxshi o’qish zarur‖. 
    Ammo shunday o’quvchilar borki, ular u yoki bu kasb to’g`risida orzu qilibgina 
    qolmay, balki bu haqda ko’p narsalarni bilishga ham intiladilar, shu kasb bilan bog`liq 
    bo’lgan kitoblarni o’qiydilar. Biroq, ular zarur adabiyotni ko’pincha tanlab olishni 
    bilmaydilar, tasodifiy kitoblarni o’qiydilar, ularni o’qigan chog`larida nimalarga 
    e`tibor berish kerakligini bilmaydilar. 
    CHunonchi, ularning ba`zilari insholarida ko’p kitob o’qiyotganliklarini umumiy 
    tarzda bayon qiladilar, boshqalari esa ―barcha fanlarga oid‖ yoki muayyan fan 
    bo’yicha, masalan, fizika, kimyoga doir adabiyot o’qiyotganliklarini aytadilar. 
    Birmuncha aniq javoblar ham bor: ―Salomatlik to’g`risidagi oynomani o’qidim‖, 
    ―Opamning X sinf uchun mo’ljallangan astronomiyaga oid darsligini o’qiyman, ko’p 
    narsalarni tushunmayapman, ro’znomalarda bosilayotgan raketa, yo’ldosh haqidagi 
    xabarlarni o’qiyman‖ (astronom bo’lishni orzu qiladi), ―Bolalar haqidagi va bolalar 
    uchun mo’ljallangan kitoblarni o’qiyman‖ (o’qituvchi bo’lmoqchi), ―Adabiyotga oid 
    kitoblarni o’qiyman‖, ―Dvigatellar to’g`risidagi adabiyotni o’qiyman‖ va h.k. 
    Ko’pgina o’quvchilar kasblar bilan tanishishni shu kasblar haqidagi adabiyotni 
    o’qish bilan cheklaydilar, mazkur faoliyatga bo’lgan o’z qobiliyatlarini va 
    qiziqishlarini barqarorligini tekshirib shug`ullanishga urinib ko’rmaydilar, u yoki bu 


    42 
    kasb uchun zarur bo’lgan o’z qobiliyatlarini qanday qilib rivojlantirish va boshqarish 
    kerakligini bir tomonlama, sodda tasavvur qiladilar. 

    Download 1,29 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




    Download 1,29 Mb.
    Pdf ko'rish