§ 2. UMUMIY O’RTA TA`LIMDA KASBGA YO’NALTIRISH ISHLARINING
TUZILMASI VA MAZMUNI
Umumiy o’rta ta`lim maktablarini bitirgan o’quvchilarning taxminan 90%
kasb-hunar kollejlariga, 10% esa akademik litseylarga o’qishga borishlari
mo’ljallangan. Bunday ijtimoiy talablarni qondirish maqsadida maktabda kasbga
yo’naltirish yuzasidan olib boriladigan ishlarni mazmunan yangilash, izchil yo’lga
qo’yish zarurligi yuzaga kelmoqda. Dars jarayonida xalq ho’jaligida bevosita ishlab
14
chiqarish bilan mashg`ul mehnat ahllariga hurmat va izzat tuyg`ularini singdirib
borishga alohida e`tibor qaratish lozim.
Kasb-hunarga yo’llash bo’yicha olib boriladigan ishlarning barcha shakl va
metodlari o’quvchilarning maqsadli ravishda kasb tanlashlariga xizmat qilishi
lozimdir.
Maktabda kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini yo’lga qo’yishda an`anaviy amaliy
mashg`ulot, suhbat, dialogli munozaralar bilan birga pedagogik o’yin, konferentsiya,
mustaqil fikrlar, mahalla, ishlab chiqarish korxonalarining jamoalari bilan birgalikda
o’tkaziladigan tadbirlar kabi yangi pedagogik texnologiya elementlaridan unumli
foydalanish tavsiya etiladi.
Umumiy o’rta ta`lim davlat standartlariga asosan maktabda kasbga yo’naltirish
bo’yicha mashg`ulotlar 8-9 sinflarda amalga oshiriladi. 8-sinfda kasblar haqida ―O’rta
maxsus, kasb-hunar ta`limidagi tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va ixtisosliklar
tasniflagichi‖ asosida axborot berish davom ettirilishi bilan bir qatorda o’quvchilarga
kasb egallash yo’llari, kasb tanlashda tibbiy nomuvofiqliklar, kasbga yaroqlilik va
hokazolar tushunchalari berib beriladi.
Maktabda o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish birgina mehnat ta`limi
o’qituvchisining ishi emas, balki butun maktab jamoasining, mahalla, ota-onalar,
jamoatchilikning birgalikdagi ishidir. Maktabda fan o’qituvchilari mavzuni yoritish
jarayonida kasblar bilan bog`lab o’tishsa, maktab psixologi va rahbariyati
o’quvchilarning individual qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda
ta`lim-tarbiya ishlarini olib borishsagina o’quvchilarga kasb tanlashlarida ko’mak
bergan bo’lishadi. SHu bilan birga takrorlash zarurki, magistrlar O’zbekiston
Respublikasida yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, ―Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi‖ning qabul qilinishi o’quvchi yoshlarni va aholini kasb-hunarga
yo’naltirish tizimini takomillashtirish – ish o’rinlarini bo’shab qolish jarayonlari
jadallashadigan va ishchilarning malakalariga qo’yiladigan sifat talablari oshib
borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Aholini
ratsional va samarali bandligini ta`minlashdagi kasb-hunarga yo’naltirishning asosiy
roli shundan iboratki, yoshlar va aholi tomonidan kasbning ongli va ilmiy asoslangan
15
tanlovi ularni mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishishda zamin yaratadi,
iqtisodiyot sohalaridagi kasb-hunarga bo’lgan mavjud ehtiyojlarni hisobga olgan holda
mehnat resurslarini oqilona taqsimlaydi hamda insonlarning ish qidirish, ta`lim va
kasbiy faoliyat turini tanlashlaridagi zo’riqish holatlarini oldini olishga yordam beradi.
Bu borada asosiy yo’nalish qilib, O’zbekiston Respublikasining ―Ta`lim
to’g`risida‖gi Qonuni, ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖, halqaro mehnat
tashkilotining Nizomlari, konventsiyalari va takliflar, bir qator boshqa hujjatlar,
shuningdek, rivojlangan mamlakatlarning bu sohadagi ishlarining amaliy tajribalari
asos qilib olindi.
Kasb-hunarga yo’naltirish ishlari O’zbekiston Respublikasi xalq ta`limi
vazirligining o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis
Markazlari tomonidan bosqichma-bosqich va muntazam ravishda amalga
oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan rasmiy jihatdan qabul qilingan
qarorlardan birida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish yuzasidan umumiy
qoidalarda quyidagilar ta`kidlangan:
1. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis
markazi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi
203-sonli ―O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta`limni tashkil etish
to’g`risida‖gi Qaroriga asosan tashkil etilgan.
2. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis
markazi har bir tuman, shahar xalq ta`limi bo’limlari tuzilmasida, o’z hududlari
doirasida bolalar rivojlanishiga psixologik-pedagogik jihatdan tashhis qo’yish,
ularning qobiliyati va moyilligini aniqlash, bolani 6 yoshdan boshlab maktabga qabul
qilish to’g`risida tavsiyanomalar berish, o’quvchilarni har yili tibbiy-pedagogik
tekshirishlardan o’tkazish, bolalarga va ota-onalarga o’quvchilarni o’qitishda,
tarbiyalashda va ijtimoiy moslashtirishda psixologik-pedagogik yordam ko’rsatish,
shuningdek,
maktab
o’quvchilariga, ularning qobiliyatlarini, kasb-hunarga
moyilliklarini, qiziqishlarini va ko’nikmalarini hisobga olgan holda, akademik litsey
yoki kasb-hunar kollejidagi ta`lim yo’nalishini tanlashda ko’maklashish maqsadida
16
tuzilgan.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis
markazi va u orqali boshqa tashkilotlarning ilmiy-metodik rahbarligida:
- o’quvchilarning kasb-hunarga layoqat yo’nalishlari va qobiliyatlari darajasini
tashhis etish ishlarini maktablarda muntazam ravishda olib borilishini;
- har bir o’quvchi haqida uning qiziqishlari, intilish va layoqatlari, erishgan
yutuq va kamchiliklari, aqliy va umumiy rivojlanishi haqidagi ko’p yillik psixologik va
pedagogik tashhis ma`lumotlari bankini tashkil etilishi, tartibga keltirilishi, maxsus
daftar va dasturlar yordamida qayd etib borilishini;
- Kasb-hunar klassifikatori va hududda mavjud bo’lgan o’rta maxsus,
kasb-hunar ta`limi yo’nalishlari bo’yicha axborot to’playdi va targ`ibot qilishni tashkil
etadi.
Maktab pedagogika kengashi bilan birgalikda attestatsiya yakunlariga ko’ra 9
sinflarning bitiruvchilari o’qishni akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida davom
ettirish to’g`risida asosli tavsiyanomalar beradi.
YAngi tashxis metodikalarining yaratilishida, sinab ko’rilishida tajriba
maydonchasi vazifasini o’taydi, metodik va ommabop qo’llanmalar yaratishda ishtirok
etadi.
Markaz ta`lim muassasalarining tibbiy-sanitariya holatini nazorat etadi, ularning
tegishli mutaxassislar bilan ta`minlanishida xalq ta`limi va sog`liqni saqlash bo’limlari,
maktablar rahbariyati bilan hamkorlik qiladi, davriy ravishda ularning hisobotlarini
talab etadi, davlat va jamoatchilik tashkilotlari bilan bajarilishi lozim bo’lgan
faoliyatlarni muvofiqlashtiradi.
Ta`limda iqtidorli bolalarning rivojlanishini maktab psixologlari orqali nazorat
qiladi, iste`dodli deb topilgan o’quvchi-yoshlarning hududiy bankini yaratadi.
Ularning ijtimoiy-oilaviy muhiti haqida ma`lumotlar yig`ishni tashkil qiladi, intellekt
ko’rsatkichlarini, kasb-hunarga moyilliklarini, qiziqishlarini va ko’nikmalarini
hisobga oladi, ehtiyojga qarab tegishli metodik, psixologik, tibbiy yordam usullarini
qo’llaydi.
Markaz o’z hududi doirasidagi yashovchi bolalar orasidan jismonan zaif va aqliy
17
rivojlanishida nuqsoni bo’lganlarni nazoratga oladi, ular haqida alohida ma`lumotlar
bankini yaratadi, maktab jamoasi, ota-onalar bilan hamkorlikda ularga oilada,
shuningdek tegishli maxsus ta`lim muassasalarida bilim olishlari uchun tavsiya beradi,
ularga metodik, psixologik va tibbiy yordam berishni tashkil qiladi.
Maktablar va maktabdan tashqari ta`lim muassasalarida bolalar va yoshlarning
kasbiy tayyorgarligini shakllantirishda, kasb-hunarga yo’naltiruvchi tadbirlarning
o’tkazilishida metodik va amaliy yordam beradi, qilingan ishlar natijalarini tahlil qiladi
va umumlashtiradi. O’z hududi doirasida mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojni Mehnat
vazirligining bo’linmasi orqali oladi, o’rganadi va zarur bo’lgan kasb-hunarlar haqida
maktablardagi kasb-hunarga yo’naltiruvchi mutaxassislar bilan maxsus kechalar,
suhbat va ko’rik-tanlovlar, turli musobaqalar uyushtirishda yordam ko’rsatadi.
Yilda bir marta hududdagi maktab o’quvchilarini tibbiy ko’rikdan o’tkazishda
tuman, shahar sog`liqni saqlash bo’limlari faoliyatlarini maqsadli muvofiqlashtiradi,
jismonan zaif, kasal bolalarni sog`lomlashtirish ishlarining nazoratini maktab tibbiy
xodimlari, ota-onalar, jamg`armalar, kasaba uyushmalari va boshqalar bilan birgalikda
amalga oshiradi.
Bu borada magistrantlar o’zining ilmiy izlanish hamda ilmiy-pedagogik
izlanishlarida quyidagilarga e`tiborni kuchaytiradilar:
1. Maktab sharoitida:
- o’quvchilarni barcha o’quv predmetlar mazmunidan kelib chiqqan holatda
kasb-hunarga yo’naltirish ishlari modelini ishlab chiqadilar;
- shu fanlarning amaliyoti yuzasidan o’tkazilayotgan mashg`ulotlar jarayonida
o’quvchilarga shu fanga xos kasblar yuzasidan dastlabki amaliy ishlarni tashkil qilish
ko’nikmalarini hosil qiladilar.
2. Kasb-hunar kollejlari sharoitida:
- o’quvchilarni barcha o’quv predmetlari mazmunidan kelib chiqqan holda
maktabda tanlagan kasbiga mavjud ―moslashish‖ jarayonini shakllanishini
ta`minlaydi;
- shu fanlarning amaliyoti yuzasidan o’tkazilayotgan mashg`ulotlar va amaliy
ishlar jarayonida o’quvchilarga shu ishlarga xos kasblar yuzasidan shakllangan
18
elementlarni kasbiy darajaga ko’tarishni ta`minlaydi.
Magistrantlar mazkur ishlarni bajargandan keyin ―Kasblarning psixofiziologik
tahlili va kasbiy talablarning ilmiy-pedagogik asoslari‖ga xos materiallarni ―Ilmiy
pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi‖ni belgilab beruvchi asosiy hujjatlarida
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi IX bob 37-moddasida kasb-hunarni
tanlash, egallash va ulardan foydalanishga batafsil to’xtash, Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi hamda Davlat ta`lim standartlarini ta`riflashga o’tish lozim. Bu magistrantlar
―ishlab chiqarish va kasb-hunarga yo’naltirish asoslari‖da mazkur mavzuga oid (8-9
sinflar uchun chop etilgan qo’llanmalardagi) materiallarni ilmiy-pedagogik asoslarini
mukammal o’zlashtirishga kirishish lozim.
I-IV sinflarning o’quvchilari kasb tanlashdan hali uzoq turadilar. Biroq ular
o’rtasida to’g`ri yo’lga qo’yilgan kasb tanlash ishi shunday bir negiz bo’lishi kerakki,
yuqori sinflardagi o’quvchilarning kasbga bo’lgan qiziqishlari, o’y va niyatlari
keyinchalik shu negiz asosida rivojlanadigan bo’lsin.
Beistisno barcha kasblar uchun zarur va muhim bo’lgan shaxs xislatlari bor,
bular-mehnatsevarlik, hamma kasb va mutaxassislikdagi mehnat ahliga nisbatan
hurmat-ehtirom, mehnat qilish zarurligini tushunish va anglash, o’z ishini rejelashtira
va nazorat qila bilish, ish joyini to’g`ri tashkil qilish, ish batartib va intizomli bo’lish,
toqatlik, sabotlilik, topshiriqni bajarishning eng oqilona usulini tanlab ola bilish,
materiallar hamda vaqtni tejash va shu kabilardir. Ana shu xislatlar va fazilatlarning
hammasini ballarda birinchi sinfdan boshlab shakllantirish lozim.
Bolalarni kasblar olamiga asta-sekin olib kirish, ularni shu olamda mo’ljal olishga
o’rgatish zarur. O’qituvchi o’quvchini darslarda kuzatish, u bilan suhbatlashish, bola
faoliyati mahsulini tahlil qilish jarayonida uning ba`zi bir xususiyatlarini, mayllarini
payqab oladi, bu xislatlarni rivojlantirish yuzasidan tegishli ishlarni ado etganlan keyin
bular keyinchalik kasbni blgilashda asosiy omil bo’lishi mumkin.
Bolaning kasbiy muhim xislatlarini barvaqt aniqlash esa keyinchalik unga o’z
xususiyatlariga qarab kasbni to’g`ri tanlash, uni muvaffaqiyatli ravishda o’zlashtirish,
mehnatda yuksak natijalarga erishish imkonini berishi mumkin.
19
Ko’pgina olimlar o’tkazgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, maktab
o’quvchilarining taxminan 30 foizida tanlangan kasbga nisbatan barqaror qiziqishlar
boshlang`ich sinflardayoq shakllanar ekan. O’qituvchining vazifasi - o’quvchilarning
qiziqishlarini mumkin qadar oldinroq aniqlashdan va jamiyat talab-ehtiyojlariga
muvofiq shu qiziqishlarini rivojlantirishdan, inson shaxsini har tomonlama uyg`un
kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Mehnat ta`limi darslari kasbga yo’naltirish ishini olib borish uchun alohida
imkoniyatlarga ega. Buni mehnat darslari kasbga yo’naltirishga qaratilgan yo’lining
tahlil misolida ham ko’rish mumkin. I-IV sinflarda mehnat ta`limining asosiy
maqsadlaridan biri-o’quvchilarda inson uchun mehnat birinchi zaruriyat, ijtimoiy
burch ekanligiga, har qanday kasbni egallash uchun mustahkam va chuqur bilimlar
kerakligiga ishonch hosil qilishdan iborat. Mehnatga muxabbatni va ishlash istagini
faqat mehnatda tarbiyalash mumkin. shu boisdan ham mehnat ta`limi darslarida qariyb
80 foiz vaqt amaliy ishlar uchun ajratilgan.
SHu bilan birga darslarda bolalar odamlar mehnat faoliyatining asosiy sohalari
bilan, ularning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirishga ko’maklashuvchi sanoat
va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga oid eng ko’p tarqalgan kasblar bilan
tanishtiriladi. O’qituvchi ilgari tuzgan kasbga yo’naltirish rejasiga muvofiq tarzda dars
reja-konspektini yoza turib, kasbga yo’naltirish darsi oldiga maqsad qo’yib, kasbga
yo’naltirishga oid ma`lumotlarni unga kiritadi. Bu esa biron-bir kasb, asbob, ishlab
chiqarish texnologiyasi, muayyan mehnat operatsiyalarini o’rgatishdan, kasb jihatidan
muhim xislatlarini tarbiyalashdan, o’quvchilarni ilgari belgilangan reja asosida
o’rganishdan yoki ana shu tarkibiy qismlarning hammasini qo’shib olib borishdan
iborat bo’lishi mumkin.
Quyi sinflarning o’quvchilari xilma-xil materiallar (qog`oz, karton, tabiiy
materiallar, tunuka, sim, yog`och, fanera, plastmassa, tolali materiallar) bilan ish
ko’radilar, ular ishlashga oid o’zlariga bop, ma`qul bo’lgan operatsiyalarni
o’rganadilar. Ular texnik va texnologik tusdagi masalalarni echishni o’rganadilar, turli
materiallar hosil qilish va qo’llanish ishini, bu materiallarning odamlar turmushidagi
ahamiyatini bilib oladilar, u yoki bu texnologik opratsiyalarni bajarish uchun
20
mo’ljallangan eng oddiy asboblardan foydalanish yo’llari bilan tanishadilar va
foydalanishni o’rganadilar, tegishli kasblar to’g`risida ma`lumotlar oladilar.
CHunonchi, o’quvchilar uchun ishlab chiqilgan (transport) konstruktori bolalarni 18
xil turli transport mashinalari va kasblar bilan tanishtirish imkonini beradi.
O’quvchilar qurilish konstruktori bilan ishlab, qurilish kasblari, ularning
muhimligi va zarurligi to’g`risida, qurilish bilan bog`liq bo’lgan odamlar mehnatining
mazmuni haqida ma`lumotlar oladilar, qurilish ob`ektlarini modellashtirishni
o’rganadilar. Bu ishlar bolalarda texnik tafakkurni, makonga oid tasavvurlarni, ijodiy
qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi, ularda quruvchi mehnatiga hurmat bilan
qarash hissini tarbiyalaydi.
Texnik konstruktor bilan ishlash chog`ida bajariladigan topshiriqlar o’quvchilarni
mashinasozlik elektrotexnika asoslari bilan tanishtiradi, ularda texnik tafakkurni
rivojlantiradi, unchalik murakkab bo’lmagan texnik qurilmalarni bilib olish imkonini
beradi. Bolalar mashinasozlikka oid keng tarqalgan va zarur kasblar, ana shu
kasblarning mehnat mazmuni bilan tanishtiradilar.
―O’simliklarni o’stirish va hayvonlarni hayoti bilan tanishtirish‖ bo’limlari
bolalarni qishloq xo’jalik asoslari bilan tanishtirishni ko’zda tutadi. O’quvchilar
xonaki o’simliklarni parvarish qiladilar, piyoz, xonaki o’simliklar etishtirish yuzasidan
tajriba o’tkazadilar. Ular maktab o’quv-tajriba uchastkasida ishlab, erda mehnat
qiladilar; tuproqni yumshatadilar, o’simliklarning o’sishini kuzatadilar, o’z
mehnatining natijalarini ko’radilar, odamlar mehnatini qadrlashni, erni e`zozlashni
o’rganadilar.
O’quvchilar chorvachilik kasblari bilan ham tanishadilar, hayvonlarni to’g`ri
parvarish qilishni o’rganadilar.
O’qituvchining o’quvchilarda erga omilkorlik bilan qarash hissini shakllantirishi,
qishloq xo’jaligidagi mehnat to’g`risida to’g`ri tasavvur berishi, o’z mehnati va o’z
jamoasi mehnati natijalaridan xursand bo’lishni o’rgatishi muhimdir. SHu boisdan
ishni shunday rejalashtirish kerakki, bolalar chorva mollarni parvarish qiladigan,
hosilni yig`ishtirib oladigan, mehnat natijalarini hisob-kitob qiladigan bo’lsinlar.
21
Bunday hollarda bolalarning ishga qiziqishi kuchayadi va kasbga yo’naltirish ishi
alohida mazmun kasb etadi.
YUqori sinflarda o’quvchilar kasblar bilan professiogrammalar yordamida
tanishadilar. kichik yoshdagi o’quvchilar uchun esa hiskoya qilib berish, suhbatlar
o’tkazish, kasb namoyondalari bilan uchrashish, diafilmlar, kinofilmlar ko’rish,
albomlarni ko’zdan kechirish, sayohatlar o’tkazish ko’proq maqbuldir.
Bu sohada olib borilayotgan barcha ish shakllaridan suhbat o’tkazish hammadan
ko’p foydalanilmoqda. Suhbat bolalarning faol ishtirokida o’tishi muhimdir. SHu
maqsadda o’qituvchi kasblar to’g`risida, ayniqsa ota-onalari, qarindoshlari yoki
tanish-bilishlari mazkur kasblari haqida ma`lumotlar to’plash yuzasidan o’quvchilarga
topshiriqlar berishi mumkin. suhbatlar hikoya qilib berish, fotosuratlarni namoyish
qilish, ta`limning texnik vositalarini qo’llanish bilan to’ldirishi mumkin. Informatika
va hisoblash texnikasi imkoniyatidan foydalanish ayniqsa muhimdir.
Darsning amaliy qismi mazkur kasbdagi odamlarning mehnati bilan bog`lansa
ayni muddao bo’lur edi. Masalan, ―Tolali materiallar bilan ishlash‖ bo’limini o’rgana
turib, o’quvchilar bichiqchi kasbi bilan tanishadilar; turli choklash ishlarini bajarib,
tugmalar qadab, kiyimlarni mayda tuzatish ishlarini ado etib, olgan ma`lumotlarini
mustahkamlaydilar.
O’quvchilarni dasturda ko’zda tutilgan kasblar bilan tanishtirishdan tashqari
kasbini targ`ib qilish, ya`ni bolalarni ushbu hudud uchun zarur bo’lgan kasblar bilan
tanishtirish, ularda yana shu kasblarga nisbatan hurmat-ehtiromni tarbiyalash, shu
kasblarning jozibali jihatlarini ochib berish lozim.
Bu borada darslardan tashqari o’quv dasturida ko’zda tutilgan korxonalarga
qilinadigan ekskursiyalar katta rol o’ynashi mumkin.
Kasbga yo’naltirish ishiga kompleks yondashish o’quvchilarni har tomonlama
o’rganishni ham ko’zda tutadi. Bu tadbir o’quvchilar buyon ishlashning to’g`ri
shakllari va metodlarini qidirib topishga yordam beradi. O’rganishni metodlar bilan
o’tkazish, eng muhimi - bu ishni muntazam ravishda va sobitqadamlik bilan amalga
oshirish kerak.
22
Kuzatish - o’quvchilarni o’rganishning keng ommalashgan metodidir. Bu metod
muayyan maqsadni ko’zlaydi, ish reja asosida olib boriladi, kuzatishning yakunlovchi
natijalari qayd qilinadi. Mehnat ta`limi darslari kuzatish o’tkazish uchun keng
imkoniyatlar yaratib beradi.
Diagnostik suhbatlar o’tkazish ham qo’llaniladi. Bunday suhbatlar yakka tartibda
yoki jamoa tarzida o’tkazilishi mumkin.
Quyi sinflarda o’tkaziladigan mehnat darslarida o’quvchilar faaoliyati natijalarini
tahlil qilish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud. CHunki mehnatning turli ob`ektlarini
tayyorlash chog`ida har bir bolaning shaxsiy xususiyatlari g`oyat ravshan namoyon
bo’ladi: bir xil bola texnik konstruktorni yaxshi biladi, ikkinchi xil bola tikishda
mahorat ko’rsatadi, uchinchi xil bola esa maktab uchastkasida o’z qobiliyatlarini
namoyon etadi va h.k. O’quvchilarning hujjatlarini va amaliy ish - xarakatlarini tahlil
qilish ham bola shaxsini o’rganishda o’qituvchiga yordam berishi mumkin.
O’quvchilarning shaxsini o’rganish ularni tarbiyalash bilan chambarchas
bog`liqdir. O’qituvchi o’quvchining alohida xususiyatlarini payqab, unda mavjud
iste`dod nishonlarini rivojlantirish metodlarini topa olishi, uning xulq-atvoridagi salbiy
jihatlarini bartaraf etishi mumkin va h.k. Ba`zi bolalarda kasbga moyillik yaxshi
namoyon bo’ladi, ko’pchilik bolalarda bu narsa birdaniga aniqlanmaydi.
O’qituvchining boladagi iste`dod nishonalarini aniqlashi, bularni qobiliyatini
rivojlantirish va shakllantirishda ko’maklashimni muhimdir.
YUqorida ta`kidlab o’tilganidek, kasbga yo’naltirish ishi - o’quv jarayonining
uzviy tarkibiy qismidir. Quyi sinflardan boshlanadigan bu ish jamiyat uchun zarur, har
bir kishining xususiyatlariga mos kasblarga barqaror qiziqishni tarbiyalashga yordam
beradi. Mehnatga qiziqishning mavjudligi va mehnat qilishga shaylik-shaxs
etukligining eng muhim ko’rsatkichlaridan biridir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ish o’quvchilarni kasb-korni ongli ravishda
tanlashga, ularni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, moddiy ishlab chiqarish, fan,
texnika borasida va shu kabi sohalarda ularda ishga qiziqishni shakllantirishga ko’p
jihatdan yordam beradi.
23
Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda olib borilayotgan kasbga yo’naltirish ishida
o’quvchilarning yosh va bilish xususiyatlariga qarab bir necha bosqichni ko’rsatib
o’tish mumkin.
Birinchi bosqich (I-IV) sinflarning o’quvchilari bilan ishlash - moddiy ishlab
chiqarish sohasida mehnat bo’lgan ijtimoiy qiziqishlarni shakllantiradi, o’quvchilarda
umuman mehnatga ijobiy munosabatda bo’lishni, eng muhimi - jismoniy mehnatga
shunday munosabatda bo’lishni, ishchi degan nomni hurmat qilishni, qo’lidan
keladigan o’z mehnati bilan atrofdagi kishilarga quvonch bag`ishlashga va bundan
ma`naviy qoniqish olishga intilishni shakllantiradi.
Bu boradagi ishlar oldindan tuzilgan reja asosida olib boriladi. Bu rejaga muvofiq
ekskursiya uyushtirish eng ommalashgan kasblar to’g`risida qishloq maktablarining
o’quvchilari uchun jamoa xo’jaligida, shahar maktablarining o’quvchilari uchun
korxonalarda,
ota-onalarning
ishlari
va
ularning
mehnatda
erishgan
muvaffaqiyatlarida suhbatlar tashkil qilish ko’zda tutiladi.
Ekskursiyalar chog`ida ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan odamlarning
mehnatiga, xom ashyodan tayyor mahsulot olishga berayotgan mehnat qurollariga
asosiy e`tibor beriladi, jamiyat va ayrim odamlar turmushida mehnatning roli o’qtirib
o’tiladi.
Ikkinchi bosqich (V-VII) sinflarning o’quvchilari bilan ishlash - biron ish qilishga
undaydigan bosqich. Ma`lumki, ta`lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarda bilishga
bo’lgan qiziqish, odatda, kasbga bo’lgan qiziqishdan oldin shakllanadi. SHu boisdan
ushbu bosqichida kasbga yo’naltirish sohasida olib borilayotgan ishda o’quvchilarda
ish turlari (texnika bilan ishlash, tabiat ob`ektlari va shu kabilar bilan ishlash) ni
bilishga bo’lgan qiziqishni uyg`otish muhimdir. Kasbga yo’naltirishning ana shu
bosqichida texnikaga va mehnatga (texnika ijodkorligi va qishloq xo’jalik
tajribachiligiga) oid sinfdan tashqari mashg`ulotlar, viktorinalar, o’yinlar katta rol
o’ynashi lozim. Bu bosqichda o’quvchilarda ijtimoiy maqsadlarning shakllanishi
davom etadi, shu bilan birga kasbga yo’naltirish ham boshlanadi.
Uchinchi bosqich (asosan VIII-IX) sinflarning o’quvchilarini qarab oladi - bu
bosqichida o’quvchilar o’z kuchlarini konkret mehnatda tekshirib ko’radilar,
24
o’quvchilarning kasbga bo’lgan qiziqishlari va mayllari yanada shakllanadi.
O’quvchilar bu bosqichdao’z kasbiy niyatlarining birmuncha umumiy kasblar
bo’yicha amaliy ko’nikma va malakalar bilan mustahkamlaydilar. Bu bosqich konkret
kasbni tanlash, uni o’zlashtirish yo’llarini belgilash bilan tugaydi. O’quvchilarni
qiziqishlari (predmetlar, predmet-texnika, ishlab chiqarish-texnika va shu kabilar)
bo’yicha to’garaklarda ishlashi ushbu bosqich uchun diqqatga sazovordir.
Kasbga yo’naltirish ishini amalga oshirishning umumiy tizimida maktab tizimi
dastlabki bosqich hisoblanadi. Kasbga yo’naltirish ishi maktab tizimining vazifalari:
- shaxsning yuksak ma`naviy-axloqiy fazilatlariga ega bo’lgan fuqarolarni
tarbiyalashdan;
- politexnik va boshlang`ich kasbiy malakalarning muayyan tizimini egallagan
bo’lg`usi malakali mutaxassisni tayyorlashdan;
- ham shaxsiy mehnat, ham jamoa mehnati muyyan tashkilotchilik malakalarini
shakllantirishdan iborat.
Kasb egallashgacha bo’lgan tayyorgarlik maktab yoshlarini moddiy ishlab
chiqarsh sohasida mehnatga hozirlashga umumiy qismi bo’lib qoladi. Zarur politexnik
tayyorgarlikni olgan yigit yoki qiz ishlab chiqarish kasbini tez egallaydi, bunda o’rta
maxsus yoki oliy ma`lumot olish jarayoni jadallashadi.
O’quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash - butun pedagoglar jamoasining,
ota-onalar va zavod jamoatchiligining ko’p yillik ta`lim-tarbiya ishidir. YOshlarni
ma`naviy -psixologik jihatdan mehnat faoliyatiga tayyorlashga shaxsni har tomonlama
kamol toptirishning o’zaro bog`liq jarayoni deb qaraladi, bu jarayonda qobiliyat va
e`tiqod bilan birga o’smirning shaxsi harakatlantiruvchi kuch kuch sifatida namoyon
bo’ladi.
Qobiliyat va qiziqishlarni shakllantirishning politexnik asoslari va maktab
yoshlarni boshlang`ich ishlab chiqarish tayyorgarligini kengaytirish bilan uzviy
bog`liq bo’lishi ishchi kasblarini egallashga yo’naltirishning hal qiluvchi shartidir.
Mehnat tarbiyasi jarayoni birmuncha ilk bosqich amalga oshirilgan taqdirda
bunga erishiladi.
25
O’rta va yuqori bosqich ta`limida davomiylik shu narsada ifodalanadiki
o’quvchilar muntazam printsip asosida tuzilgan yagona dasturlar bo’yicha ishlaydilar.
Bunday dasturlar asta-sekin murakkablashtirilib borishni, bilimlarni, ko’nikma va
malakani, mehnatning muayyan usullarini egallashni ta`minlaydi.
Ta`lim va kasbga yo’naltirish bilan qo’shilgan unumli mehnatda muntazam
qatnashish eng ko’p pedagogik samara beradi.
O’rta maktablarni tamomlab yoki kasb-hunar ta`limi tizimida, o’quv
kombinatlarida zarur tayyorgarlikdan o’tib, xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida darhol
ishlay boshlagan yoshlarning soni yil sayin ko’payib bormoqda.
Maktabda kasbga yo’naltirish sohasidagi hamma ishlarning bir-biriga
muvofiqlashtirilishini ta`minlash maqsadida maktab direktori raisligida kasbga
yo’naltiruvchi kengash tuziladi.
Kengash tarkibiga maktab direktorining tarbiyaviy ishlar bo’yicha muovini,
kasbga yo’naltiruvchi o’quv-metodik kabinet mudiri, mehnat ta`limi, o’quvchilarning
ijtimoiy-foydali, unumli mehnatini kasbga yo’naltiruvchi o’qituvchi yoki tashkilotchi,
bitiruvchi sinflarning minf rahbari, maktab kutubxonachisi, maktab o’quvchilar
tashkilotining vakillari, maktab vrachi, ota-onalar qo’mitasining a`zolari, homiy
korxona vakillari kiradi.
Kasbga yo’naltiruvchi kengashning ish rejasi maktab kengashi ko’rib chiqadi va
tasdiqlaydi.
Kasbga yo’naltiruvchi kengashning vazifalari kasbga yo’naltirish bo’yicha
umummaktab va sinflarning tadbirlarini rejalashitirish va tashkil qilishdan, kasbga
yo’naltirish ishiga oid ilg`or tajriba ma`lumotlarini yig`ish, umumlashtirish va
ommalashtirishdan iborat. kasbga yo’naltiruvchi kengash tuman maktablararo
o’quv-ishlab chiqarish kombinatlari, yoshlarni kasbga yo’naltirish va ishga
joylashtirish komissiyasi, kasb-hunar ta`limi tizimidagi ta`lim muassasalari, bazaviy
korxonalar va tashkilotlar, o’quvchilarning ota-onalari bilan aloqa bog`lab turadi.
Kasbga yo’naltirish ishini rejalashtirilgan chog`da kengash mahalliy sharoitlarni
va maktab ishining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim. Kengashning
26
kasbga yo’naltirish ish rejasi maktab ta`lim-tarbiya ishi umummaktab rejasining
tarkibiy qismidir.
Kasbga yo’naltirish kengashining majlislariga muassasalar, homiy korxona, oliy
o’quv yurtlarining vakillari, balog`atga etmaganlar ishi bo’yicha komissiya a`zolari
mehnat resurslaridan foydalanish o’rganlarining vakillari taklif qilinadilar.
O’quvchilarni kasbga yo’naltirishishini o’tkazgan chog`da maktab xodimlari va
maktab ma`muriyatining vazifalari o’quvchilarni kasbga yo’naltirishga oid
yo’riqnomalar, buyruqlar, qarorlar bilan tanishishdan, ilmiy-metodik adabiyotni
o’rganishdan, chiqarilgan metodik tavsiyanomalarni o’rganish va o’z ishlarida
foydalanishdan iborat.
Sinf rahbarining vazifalari avvalo o’quvchining shakllanayotgan shaxsini, uning
mayillari, qiziqishlari, qobiliyatlarini chuqur va har tomonlama o’rganishdan iborat.
Bu sohada unga fan o’qituvchilari, ota-onalar bilan, savol varaqasini to’ldirish va
o’quvchining shaxsiy varaqacha-tavsifnomasini to’ldirgan holda uni muntazam
ravishda kuzatish yordam beradi. Sinf rahbari o’quvchining shaxsini o’rganish
negizida muayyan dastur asosida bir maqsadga qaratib kasbga yo’naltirish ishini olib
boradi. Bunda sinf soatlaridan, fakultativ mashg`ulotlardan va ekskursiyadan
foydalaniladi. Kasbga yo’naltirish ishi o’quvchilarning ota-onalari bilan mustahkam
aloqada o’tkaziladi.
O’quvchilar yiliga bir marta savol varaqasini to’ldiradi. Bundan
maqsad-o’quvchilarning hayotiy rejalarini aniqlab olishdir. Sinf rahbarlari savol
varaqasini asosida o’quv yili oxirida kasbga yo’naltiruvchi maktab kengashiga
topshirish uchun u yoki bu kasbni ongli ravishda tanlagan yoki zarur malaka darajasi
bo’yicha kasb egallagan hamda o’qish va ish xususidagi o’z istaklarini bildirgan
o’quvchilarning ro’yxatlarini tuzadilar.
O’quvchilar mehnat ta`limi darslarida mehnatning har xil turlariga oid
bilimlarnigina olib qolmay, shu bilan birga o’z faoliyatlari jarayonida maxsus
malakalarga ham ega bo’ladilar, o’z qobiliyatlarini rivojlantiradilar, mehnatda o’z
kuchlarini sinab ko’radilar. SHu boisdan mehnat ta`lim o’qituvchisi mehnat darsini
27
shunday tashkil qilishi kerakki, toki har bir o’quvchi mehnatni sevishni o’rganib olsin,
odamlarga naf keltiradigan bo’lsin, ish jarayonidan va uning natijalaridan zavqlansin.
Mehnat o’qituvchisi o’z ishida bilim va malakani egallashda o’quvchilarga eng
ko’p faollik va mustaqillikni ta`minlaydigan shakllari va metodlaridan foydalanishi
lozim. Laboratoriya - amaliy, o’quv-ishlab chiqarish ishlari, ishlab chiqarish
ekskursiyalari, tajribasi shunday ish shakllari va metodari jumlasiga kiradi. bu ishlar
mustaqil kuzatishlar, tajribalar, tahlillar, hisob-kitoblar, ishlab chiqarish va ijodiy
vazifalarni hal qilishni hamda bevosita ijtimoiy-foydali, unumli mehnatni o’z ichiga
oladi.
Mehnat ta`limi jarayonida o’qituvchi kasb qilib olingan mehnat to’g`risidagi
ma`lumotlarni konkret mavzularni o’rganish bilan mantiqiy bog`lashi mumkin.
CHunonchi, elektrotexnika fizikasi va bo’limini o’rgangan chog`da o’qituvchi xalq
xo’jaligada elektr quvvatining roli va ahamiyatini, uni ishlab chiqarish hamda
iste`molchiga etkazib berish usullarini ko’rsatishi, shuningdek ushbu tarmoq kasblari
uchta katta guruxda bo’lishni tushuntirib berish mumkin. Birinchi guruxga
elektrotexnika uskunalari, mashinalari, apparatlari va asboblarini ishlab chiqarish
bilan bog`liq kasblar (elektrotexnika mashinalarini yig`uvchi slesar, sozlovchi slesar
o’rovni elektromontyor, izolyatsiya qiluvchi va shu kabilar); ikkinchi guruxga elektr
quvvati uzatish bilan bog`liq kasblar (podstantsiyalarning elektromantyori, elektr
tarmoqlarini ishlatuvchi elektromontyor va shu kabilar); uchinchi guruxga elektr
quvvatidan foydalanish bilan bog`liq kasblar (elektromontajchi slesar, ta`mirchi
elektromantyor va shu kabilar) kiradi.
O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda o’qituvchining shaxsi juda katta rol
o’ynaydi.
O’qituvchining shaxsi - o’qituvchining ijodiy rivojlanishini, yuksak pedagogik
mahoratini, ishda doimiy novatorligini, omilkorligini, bolalarga nisbatan muhabbat va
hurmatini belgilab beradigan xislatlar majmuidir. Ayni shunday o’qituvchi
o’quvchilarda o’ziga nisbatan hurmat-ehtirom, ishga havas tug`diradi, o’ziga o’xshash
bo’lish, u bilan do’stlashish eng ezgu istaklar, istiqbol to’g`risidagi, o’z kasbi haqidagi
orzularni baham ko’rish ishtiyoqini yaratadi.
28
Maktabda qiziqishlar bo’yicha o’tkaziladigan xilma-xil mashg`ulotlar orasida
to’garak ishi alohida ahamiyat kasb etadi. Maktabda to’garaklarning asosiy
ko’pchiligini mehnat ta`limi o’qituvchilari olib boradi.
Bular - ishlab chiqarish - texnika to’garaklaridir. O’qituvchi bunday to’garaklarda
o’quvchilarda ixtirochilik, konstruktorlik singari maxsus qobiliyatlarni ijodiy
rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish imkoniyatiga ega.
Mehnat ta`lim o’qituvchisi o’quvchi shaxsini o’rgangan chog`da kasbga
yo’naltirish maqsadida quyidagi qoidalarga: shaxs kamol topadigan konkret vaziyatda
konkret jamoada shaxsning xulq-atvorini kuzatish; faoliyat orqali shaxsni o’rganish;
shaxsni qandaydir qotib qolgan narsa tariqasida emas, balki taraqqiyotda ko’rib
chiqish; shaxsning vaqtincha psixologik holatini, o’rtoqlariga munosabatini hisobga
olish kabi qoidalarga amal qilishi maqsadga muvofiqdir.
Mehnat ta`limi o’qituvchisining ishida psixologik diagnostikasiga katta o’rin
ajratiladi. Psixologik diagnostika jarayonida u maktab, kasb-hunar kolleji kasb
maslaxatchisi bilan birgalikda har bir o’quvchining kelgusidagi kasbni tanlashi
jarayonida shaxsiy xususiyatlarini aniqlashi mumkin.
SHunday qilib, mehnat ta`limi o’qituvchisi ishida quyidagi yo’nalishlarni;
- kasbga oid bilimlar - o’quvchilarni mehnat faoliyati sohalari, xalq xo’jaligining
ayrim tarmoqlari, kasblar va mutaxassisliklar bilan tanishtirish;
- psixologik pedagogik maslahat - mehnat faoliyatining turlari to’g`risida,
o’quvchi xislatlari, bilimlari va mayllariga eng muvofiq bo’lgan kasblar va
mutaxassisliklar haqida o’quvchiga gapirib berish;
- kasb tarbiyasi - o’quvchilarda u yoki bu kasbga nisbatan barqaror qiziqishlarini
shakllantirish;
- amaliy kasbiy ko’nikish - mehnat faoliyatining turli sohalarida kuchlarni amaliy
jihatdan sinab ko’rish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- kasbga yo’naltirish maqsadida o’quvchining shaxsini o’rganish, mehnatga
bo’lgan qiziqishlarni va kasbga qiziqishlarni shakllantirish kabi yo’nalishlarni
ko’rsatib o’tish mumkin.
29
Mehnat ta`limi o’qituvchisining kasbga yo’naltirish ishi o’zaro bog`liq tarkibiy
qismlarning butun bir kompleksi bilan, shu jumladan kasbga yo’naltiruvchi
o’quv-metodik kabinet faoliyati, sinf rahbarining, fan o’qituvchilarining ishi,
ota-onalar va shu kabilar bilan mahkam bog`langandir. Mehnat o’qituvchisi bular bilan
yaqindan aloqa bog`lamay turib samarali ishlashi mumkin emas.
Mehnat ta`limi darslarida kasbga yo’naltirish ishini olib borgan o’quvchilarni
mehnat faoliyatiga tayyorlashdagi boshqa fanlar bilan o’zaro aloqani ham hisobga
olish lozim.
Maktabda har bir o’quv fani o’quvchilarni kasbga yo’naltirishni amalga
oshirishdagi o’ziga xos imkoniyatlariga ega, lekin u mehnat turlari, kasblarning
xilma-xilligi va shu kabilar to’g`risida o’quvchilar bilimlarini shakllantirishning
birdan bir manbai bo’lishi mumkin emas. SHu sababdan ham kasbga yo’naltirish
ishida mehnat o’qituvchisining faoliyatini sinf rahbarlari va fan o’qituvchilari ishi
bilan muvofiqlashtirish g`oyat muhimdir.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarda kasbga bo’lgan barqaror qiziqishni
shakllantirish ishlari samaradorligini oshirish uchun:
- fan asoslarini o’qitishning, mehnat ta`limining va fakultativ mashg`ulotlarning
fanlararo aloqalarini, davomiyligini, politexnik va kasbga yo’naltirish yo’nalishini
ro’yobga chiqarish;
- politexnik ma`lumot, mehnat ta`limi va kasbga yo’naltirishning o’quvchilar
ijtimoiy-foydali, unumli mehnati bilann o’zaro aloqasini ta`minlash;
- o’quvchilarning bir maqsadga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatli o’quv-ishlab
chiqarish topshiriqlarni bajarishlari;
- xalq xo’jaligining turli sohalarida o’quvchilarning qiziqishini rivojlantirishga
shaxsiy, tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish;
- o’quvchilarni kasbga yo’naltirish sohasida maktab o’qituvchilari bilan ishlab
chiqarish jamoalarining birgalikda ish ko’rishi;
- sanoat qishloq xo’jalik kasblarini targ`ib qilish lozim.
Tabiiy - matematik turkum fanlarni o’rgangan chog`da o’quvchilar konkret
iqtisodiy hududdagi etakchi kasblar bo’yicha mehnat mazmuni bilan tanishish, ana shu
30
kasblarni muvoffaqiyatli egallash uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni
olish imkoniyatiga egadirlar.
Maktab o’quvchilari gumanitar fanlar bo’yicha o’tkaziladigan mashg`ulotlarda
kasb tanlash masalalarida g`oyaviy-axloqiy, dunyoqarashga oid bilim oladilar.
|