• Sinxron generatorda nosimmetrik qisqa tutashuvlar
  • Nol ketma-ketlikli toklarning sinxron generator ishiga ta’siri




    Download 3,86 Mb.
    bet100/172
    Sana30.11.2023
    Hajmi3,86 Mb.
    #108639
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   172
    Bog'liq
    J. S. Salimov, N. B. Pirmatov

    Nol ketma-ketlikli toklarning sinxron generator ishiga ta’siri. Nosimmetrik yuklamada nol ketma-ketlikli toklar faza chulg‘amlari “yulduz” sxemasiga ulangan stator chulg‘amining nol nuqtasi tashqariga chiqarilgan yoki bu nuqta zaminlangan bo'lganda paydo bo‘ladi.
    MaMumki, nol ketma-ketlikli toklar hamma fazalarda bir xil va yo‘nalishi bo‘yicha mos tushadi. Shu sababli ular fazoda bir-biridan 120° el. burchakka siljigan stator faza chulg‘amlari bo‘yicha o‘tganda, ular vujudga keltirgan MYK laming 1 -garmonikasi istalgan vaqt uchun uchta bir-biriga teng, lekin bir-biriga nisbatan 120° ga siljigan MYK larni hosil qiladi. Bu uchta MYK ning yig'indisi nolga teng va, demak, nol ketma-ketlikli toklar mashinaning havo oralig'ida magnit maydonning 1-garmonikasini yaratmaydi. Mashinaning havo oralig'idagi magnit maydonni uch karrali pulslanuvchi MYK lar yaratadi.
    Bu garmonikalar yaratgan maydonlarning qiymati kichik, shu sababli ular qo‘zg‘atish va dempfer chulg‘amlarida hosil qiladigan EYK va toklar ham kam bo'ladi.
    Yakor faza chulg‘amining nol ketma-ketlikli toklarga ko‘rsatadigan qarshiligini nol ketma-ketlikli qarshilik deyiladi, ya’ni:
    Z0 = ro+Jxo- (21-2)
    Nol ketma-ketlikli induktiv qarshilik x0 asosan tarqoq maydon tomonidan hosil qilinadi va shu sababli nisbatan kam bo'ladi. Nisbiy birliklarda u quyidagiga teng, ya'ni x#. = 0,02 -^0,1. Nol ketma-ketlikli aktiv qarshilik taxminan to‘g‘ri ketma-ketlikli aktiv qarshilikka teng: rn w r .
    0 u
    Kuchlanish tushishi U0 = I0Z0 mashinaning barcha fazalarida bir xil yo‘nalishga ega va faza kuchlanishlarining nosimmetrikligini vujudga keltiradi. Nol ketma-ketlikli toklar liniyaviy kuchlanishlar simmetriyasiga ta'sir ko'rsatmaydi.

      1. Sinxron generatorda nosimmetrik qisqa tutashuvlar

    Sinxron generatorlarni ekspluatatsiya qilish jarayonida ikki va bir fazali qisqa tutashuvlar bo'lib turadi. Simmetrik tashkil etuvchilar usuli-
    dan foydalanib qisqa tutashuv toklarining barqaror qiymatlari uchun quyidagi hisobiy ifodalarni olish mumkin:
    ikki fazali qisqa tutashuv uchun
    ^..2 = x/3 E0 / (xd+x2); (21.3)
    bir fazali qisqa tutashuv uchun
    Ku = 3Eo / (xd+x2+xo); (21-4)
    uch fazali qisqa tutashuv uchun
    (ql.3 = 1 ql = / Xd (21-5)
    Qisqa tutashuv toklari amaliy jihatdan sof induktiv hisoblanadi.
    Qisqa tutashuv xarakteristikalaridan bir fazalisi eng yuqorida, undan pastroqda ikki fazalisi va undan yana pastroqda uch fazalisining joylashishiga sabab bo‘ylama magnitsizlovchi yakor reaksiyasi
    21.3-rasm. Sinxron generatorning bir, ikki va uch fazali qisqa tutashuv xarakteristikalari.
    nosimmetrik yuklamada faqat to‘g‘ri ketma-ketlikli toklami hosil qiladi. Uch fazali qisqa tutashuvda qisqa tutashuv toki (Iql3) ning bari, ikki
    fazalida qisqa tutashuv tokining bir qismi (Iql2/ V3 )> bir fazalida esa
    Iql2/3. Shu sababli bir xil qiymatli (Iqt3= Iqt2= Iqll) qisqa tutashuv toklarini olish uchun uch fazalida eng ko‘p, ikki fazalida kam, bir fazalida esa undan ham kam qo‘zg‘atish toki talab qilinadi. Qisqa tutashuv xarakteristikalaridan mashinaning x2 va x0 parametrlarini aniqlash mumkin. Buning uchun qisqa tutashuv toklari uchun (21.3),

    1. va (21.5) tenglamalarni birgalikda yechib quyidagilarga ega boMamiz:


    Download 3,86 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   172




    Download 3,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nol ketma-ketlikli toklarning sinxron generator ishiga ta’siri

    Download 3,86 Mb.