|
», - V3 IV ■„ - E^l (21.6)
|
bet | 101/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. Pirmatov», - V3 IV ■„ - E^l (21.6)
x, - 3iyI,, - S'VV.- <21'7)
rasmdan qo‘zg‘atish toki I v ning bir xil qiymatiga to‘g‘ri keladigan I 3, Iq[2 va Iqt, toklarning hamda shu Iqo.z ga mos keladigan salt ishlash xarakteristikasining to‘g‘ri chiziqli qismidan aniqlanadigan EYK E0 ning qiymatini (21.6) va (21.7) larga qo‘yib mashinaning x, va x0 parametrlarini olamiz.
Nazorat savollari:
Nosimmetrik rejimlaming keiib chiqish sabablari nimalardan iborat?
Nosimmetrik rejimlami tekshirishda qaysi usuldan foydalaniladi?
Teskari ketma-ketlikli toklar sinxron generator ishiga qanday ta ’sir qiladi?
Nosimmetrik qisqa tutashuvlar to‘g‘risida ma'lumot bering.
BOB. SINXRON GENERATORDA TO‘SATDAN
UCH FAZALI QISQA TUTASHUVDAGI 0‘TISH
JARAYONLARI
Dastlabki maMumot va ekvivalent kontur to‘g‘risida
tushuncha
Qisqa tutashuvning boshlanish onidan barqaror qisqa tutashuv rejimigacha o‘tgan vaqt ichidagi rejimni to ‘satdan qisqa tutashuv deb tushuniladi.
Sinxron mashinalarning o‘tish jarayonlarida, masalan, to'satdan qisqa tutashuvda yoki yuklamaning keskin o‘zgarishida sodir bo'ladigan jarayonlar juda ham murakkab bo‘lib, ularni miqdor jihatdan aniq hisoblash ancha qiyinchiliklarni tug‘diradi (ya’ni maxsus matematik metodlarni va EHM ni qollashni talab qiladi). Lekin o‘tish rejimlarda sinxron mashinalarning o'zini tutishijuda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki o‘tish jarayonnining boshlang'ich onida nominal qiymatidan birnecha (10—15) marta katta bo‘lgan toklar paydo bo'lib, ular chulg‘amlarni buzishga olib keluvchi elektrodinamik kuchlarni yuzaga keltirishi mumkin, chunki bu kuchlar mazkur toklarning kvadratiga mutanosib ravishda o‘zgaradi.
Avariya tufayli generatordan elektr energiya bilan ta’minlanayotgan ob’ektlarda energiyaning uzilishi, yoki sinxron motorli elektr yuritmalar ishining to‘xtab qolishi ancha zarar keltiradi. Shu sababli o‘tish jarayonlarda sodir bo'ladigan fizik jarayonlar to‘g‘risida (masalan, qisqa tutashuvda paydo bo‘ladigan avariya toklarining taxminiy qiymatlariga oid) umumiy tasawurga ega bo'lish muhim ahamiyat kasb etadi.
Salt ishlash rejimida avtonom elektr tarmoqqa ishlayotgan ayon qutbli sinxron generatorning klemmalarida sodir bo‘lgan to‘satdan uch fazali qisqa tutashuvning bitta ekvivalent (ya'ni teng kuchli) g'altak konturidan iborat bo‘lgan faza chulg'ami (A~X)da bo‘ladigan jarayonni ko‘rib chiqamiz■ To‘satdan uch fazali qisqa tutashuv generator klemmalarida sodir bo‘lganda qisqa tutashuv toki faqat generator parametrlari orqali aniqlanadi va uning qiymati qisqa tutashuv elektr tarmog‘ida sodir bo'lgandagiga nisbatan katta bo‘ladi.
Bunda quyidagi cheklanishlar, ya’ni: qisqa tutashuv vaqtida rotorning aylanish chastotasi, magnit zanjirining to'yinish darajasi va qo‘zg‘atish chulg‘amiga berilgan. kuchlanish o'zgarmay qoladi deb, hamda katta quwatli mashina chulg‘amlarining aktiv qarshiligi ularning induktiv
qarshiligidan ancha kichikligidan ularni e'tiborga olmay, bu chulg'amlar o‘ta o‘tkazgichli deb faraz qilinadi. Bu cheklanishlar qisqa tutashuvdagi o‘tish jarayonni o'rganishni ancha yengillashtiradi (bundagi yo‘l qo'yilgan xatoliklar esa nisbatan kam).
Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan o‘ta o'tkazgich konturida vaqt birligi ichida dy / dt = 0 bo‘ladi. (I z o h: vj/ = wO — oqim ilashishi; darslikning mazkur bobida “oqim ilashishi” tushunchasi o‘rniga ayrim hollarda “v|/” ni “magnit oqimi” deb bayon qilingan, chunki o‘ta o‘tkazuvchan konturni bitta ekvivalent konturi bilan almashtirilgan holda o‘rganilganda bu tushunchalar teng kuchlidir). Istalgan vaqtda o‘ta o‘tkazgich konturida to‘la oqim, o‘zgarmas bo‘ladi, ya'ni:
V = Vkcs + VL = const, (22.1)
bu yerda i|/kcs — stator faza chulg‘ami konturini kesib o'tuvchi oqim va i|/L — o'zinduksiya tufayli hosil bo‘lgan oqim.
22.1-rasm. Sinxron generatorning ko‘p konturli dempfer chulg'amini har bir qutb bo ‘iinmasida ikkita ekvivalent dempfer konturi bilan almashtirish: a — bo ‘ylama ekvivalent konturi (kd) ikd toki bilan va b — ko ‘ndalang ekvivalent konturi (kq) ikq toki bilan; wt - ekvivalent konturining o'ramlar soni (hisoblarda ixtiyoriy tanlanadi).
Sinxron generatoming ko‘p konturli dempfer chulg‘amini har bir qutb bo'linmasida ikkita ekvivalent dempfer konturi bilan almashtirish yo‘li bilan o'rganiladi (22.1-rasm). Ekvivalent dempfer konturidagi tok ikd mashina havo oralig‘ida hosil qiladigan magnit maydon asosiy garmonikasi bo‘ylama toklar sistemasi (ikdl, ikd2, ikd3...) hosil qilgan magnit maydonniki bilan bir xil bo'lishi kerak (22.1,o-rasm). Xuddi shuningdek, mashina ko'ndalang o‘qi bo‘yicha ekvivalent dempfer konturidagi tok ik havo oraliqda hosil qiladigan maydon shu o‘q bo‘yicha toklar sistemasi (ik<)1, ikq2, ikq3...) hosil qilgan maydonniki bilan (22.1,a-rasm) bir xil bo‘lisni lozim.
0‘tish jarayonlarda stator toki barqaror (davriy) va erkin (nodavriy) tashkil etuvchilardan iborat boiadi. Tokning erkin tashkil etuvchisi qisqa tutashuvning boshlangich paytida yakorning faza chulg‘amida hosil boigan EYK ning t = 0 dagi oniy qiymatidan, ya'ni uning boshlangich fazasidan bogiiq boiadi.
Magnit oqim stator faza chulg‘ami bilan ilashmagan (v|/kes= 0) holatida to‘satdan qisqa tutashuv jarayoni
A fyza
quto'qi mos tushgan holati (a=0°) va magnit maydoni: 1 ~ yakor chulg ‘ami; 2 — qo‘zg‘atish chulg'ami; 3 — tinchlantirish chulg'ami (a) hamda to‘satdan qisqa tutashuv tokining t = T/4 davrida A fazada maksimal qiymatga erishgan holdagi (b; d) va keyingi bosqichda bu toklaming barqaror qisqa tutashuv rejimiga qadar so'nish jaravonidagi (e; f) magnit maydonlar
Magnit oqim A faza chulg‘am g‘altagi bilan ilashmagan (yki;s=0) holat qutblar o‘qi faza chulg'ami joylashgan tekislik bilan mos tushganga to‘g‘ri keladi (22.2,o-rasm). Bunday holatda qisqa tutashuv boshlanishidan oldin t= 0, burchak a=0, shartga ko‘ra (ya’ni salt ishlashda), qisqa tutashuv toki i = 0, demak, g'altakda hosil bo'ladigan EYK eng katta (ekcs=Ekcsmax) qiymatga erishadi.
Sinxron generator salt ishlash rejimda faqat qo‘zg‘atish chulg‘amidan o'tgan tok I hosil qilgan magnit oqim Oqo.z ning faza chulg'am g‘altagi bilan ilashishi v|;k(:s ta'sirida bo‘ladi (22.2,a-rasm), ya’ni rotor a = 0 dan a = tt/2 gacha burilganda bu oqim v|/kes= 0 dan o‘zining eng katta qiymati (v|/kes= v|/kcs_max) gacha oshgan bo‘lar edi; undan keyin rotor a = tc/2 dan a = n gacha burilganda oqim v|/kcsmax qiymatidan i(/kcs= 0 gacha kamayardi va hokazo.
Qisqa tutashuvning boshlang‘ich paytida sinxron mashina barcha (qo‘zg‘atish, tinchlantirish va yakor) chulg'amlarining oqim ilashishlari o‘zgarmasdan saqlanishi kerak. Rotcfr aylanganda (t > 0) uning magnit oqimi A faza o‘ramlarini birin-ketin chulg‘b oladi. Bu g‘altakda vpkcs=0 holat saqlanishi uchun fazaviy chulg‘amda shunday davriy tok i A paydo bo‘lib, uning hosil qilgan magnit oqim ilashishi \\iad qo‘zg‘atish oqimiga (bu holda q/ qo.z=\pkcs) teskari yo'nalgan bo‘ladi (22.3,a-rasmda shtrix chiiiqli sinusoida).
Qisqa tutashuv toki hosil qiladigan oqim ilashishi v|iad ni yakor reaksiyasi magnit oqimi sifatida qarash mumkin.
rasm. A faza chulg‘ami oqim ilashishi =0 ho ‘Igandagi to ‘satdan qisqa tutashuvda sinxron generatorning magnit oqimlari va toklari:
|
| |