|
Nosimmetrik yuklamada sinxron generatorning ishi
|
bet | 98/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovNosimmetrik yuklamada sinxron generatorning ishi Dastlabki ma’lumot. Sinxron generator energiya bilan ta'minlayotgan elektr tarmoqqa simmetrik yuklamadan tashqari bir fazali yuklamalar (masalan, elektr chiroqlari, bir fazali tokda ishlaydigan elektr transporti, elektr pechlari va elektr yoyi bilan payvandlash transformatorlari va boshq.) ham ulanganda yoki bir fazali va ikki fazali qisqa tutashuv (21.1, b,d-rasm)rejimlarda fazaviy toklarning nosimmetrikligi vujudga kelib, bunda faza toklarining orasidagi siljish burchagi 120° elektr burchakka teng bo‘lmaydi.
Bunday nosimmetrik rejimni tahlil qilish uchun uch fazali transformatorlardagi nosimmetrik sistema tahlil qilinganidek simmetrik tashkil etuvchilar usulidan foydalaniladi. Bunda IA, IB, Ic — uch fazali nosimmetrik toklar sistemasini to‘g‘ri Ip teskari I2 va nol I0 ketma- ketlikli simmetrik toklar sistemasiga ajratadilar (8.1-banddga qarang).
Toklar sistemasining to‘g‘ri ketma-ketligi IA1, IB1, IC1 uch fazali sinxron mashinada rotor bilan bir xil chastotada aylanadigan yakor MYK ni hosil qiladi. Bu MYK rotor chulg‘amlariga nisbatan qo‘zg‘almasdir. To‘g‘ri ketma-ketlikli toklar uchun yakor chulg‘amining induktiv qarshiligi xd va xq larga teng.
21.1-rasm. Uch fazali sinxron generatorning yuklamasi nosimmetrik (ZA ? ZB*ZC) (a) hol uchun hamda bir (b), ikki (d) va neytralga tushgan ikki fazali (e) qisqa tutashuv sxemalari.
|
| |