|
Simmetrik qisqa tutashuv xarakteristikasi (QTX)
|
bet | 94/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovSimmetrik qisqa tutashuv xarakteristikasi (QTX). Bu xarakteristikani tajribada olishda statorning fazaviy chulg‘amlari qisqa tutashtirilib, rotorning aylanish chastotasi n = nN = const va U, = 0 bo'lganda stator chulg'amidagi qisqa tutashuv tokining qo‘zg‘atish tokiga bog‘liqligini ko‘rsatadi, ya’ni Iql = f (Iqo.z).
jadval
Ayon va noayon qutbli sinxron generatorlarning normal salt ishlash
xarakteristikalari
|
0
|
0.5
|
1,0
|
1.5
|
2,0
|
2,5
|
3,0
|
3,5
|
Eo*
|
Noayon qutbli ( Turbogenerator)
|
0
|
0,58
|
1,0
|
1.21
|
1,33
|
1.4
|
1.46
|
1,51
|
Ayon qutbli (iGidrogenerator)
|
0
|
0,53
|
1.0
|
1,23
|
1,3
|
1,4
|
1.46
|
1,51
|
Qisqa tutashuv tajribasini olishda qo‘zg‘atish toki Iqn,z = 0 da qutb o‘zagida mavjud bo‘lgan kam miqdordagi qoldiq magnit oqim tufayli hosil bo‘lgan qoldiq EYK Eqol = Os qisqa tutashuv toki Iqt = Oq ni vujudga keltiradi. Shu sababdan SG ning qisqa tutashuv xarakteristikasi ordinatalar o'qidagi “q” nuqtadan boshlanadi.
0‘rta va katta quwatli sinxron mashinalarda aktiv qarshilik juda ham kichik bo‘lganidan uni e'tiborga olmaganda (r^O), yakor zanjirining qarshiligi sof induktiv bo‘lib, qisqa tutashuv toki Iql = Id mashinani bo‘ylama o‘qi bo‘yicha magnitsizlovchi ta’sir qiladigan yakor reaksiyasi magnit oqimini hosil qiladi. Natijada mashinaning magnit zanjiri to‘yinmagan bo‘lganligidan QTX to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida bo‘ladi (20.1-rasm, 4).
Induksion yuklanish xarakteristikasi (IYX). Bu xarakteristika I, = =I1N= const, cos(p = 0 va f= fN= const (ya’ni n= nN= const) bo‘lganda U, = f 0 .z) bog‘liqlikni xarakterlaydi.
SG nmg induksion yuklanish xarakteristikasi yakor reaksiyasining bo'ylama o‘q bo‘yicha magnitsizlovchi ta'siri natijasida koordinata boshi
20.1-rasm. Sinxron generator- ning: 1 - salt ishlash xarakte- ristikasi (SIX) va 2 - uning boshlang'ich (magnit zanjiri to ‘yinmagan holatdagi, ya 'ni to'g'ri chiziqli) qismini davom qildirib hosil qilingan SIX; 3- induksion yuklanish (IYX) va 4 - simmetrik qisqa tutashuv (QTX) xarakteristikalari.
0 dan boshlanmay, balki absissalar o'qidagi birorta “A” nuqtadan boshlanadi. Bu nuqtani tajribada olishning iloji yo‘q, chunki bu nuqtada U,= 0 boMgani uchun tok I, = 0 boMadi. Bu nuqtaning absissalar o'qidagi holatini SG ning qisqa tutashuv xarakteristikasi (QTX)dan nominal tokka to‘g‘ri kelgan qo‘zg‘atish toki ni aniqlab qo‘yiladi. (Izoh: Qisqa tutashuv xarakteristikada ham yakor reaksiyasi induksion xarakteristikadagi kabi mashinaning bo‘ylama o‘qi bo‘yicha magnitsizlovchi ta’sir qiladi).
SG ning induksion yuklanish xarakteristikasi (IYX), yakor reaksiyasining bo‘ylama o‘q bo‘yicha magnitsizlovchi ta'siri (kam quwatli sinxron generatorlarda yakor zanjiri aktiv qarshiligi r, ni ham e'tiborga olganda undagi kam miqdordagi kuchlanish tushishi) tufayli SIX dan pastroqda joylashadi (20.1-rasm, 2).
SG ning salt ishlash, yuklanish va qisqa tutashuv xarakteristikalari mashinaning parametrlari (induktiv qarshiliklari)ni aniqlashda muhim ahamiyatga egadir.
20.1 -rasmda punktir chiziq bilan ko'rsatilgan qo‘shimcha ordinatalar o‘qi keyingi amaliy diagrammalarni qurishda zarurbo'ladi (bunda qoldiq magnit oqimining qiymati kichikligidan, u e’tiborga olinmaganda mashinaning salt ishlash xarakteristikasi koordinatalar boshidan boshlanib, amaliy diagramma qurish va uni tahlil qilish ancha osonlashadi).
Sinxron mashinaiarning simmetrik barqaror rejimdagi
parametriari
Sinxron mashinaning simmetrik yuklamadagi barqaror rejimi parametrlariga stator va rotor chulg'amlarining aktiv va induktiv qarshiliklari kiradi.
Yakor chulg‘ami fazasining (r,), qo‘zg‘atish chulg‘amining (r ) va dempfer (ya’ni tinchlantiruvchi) chulg'amining (rD) aktiv qarshiliklari mazkur chulg‘amlardagi elektr isroflari orqali aniqlanadi (masalan, yakor chulg‘amida elektr isroflari — P'c= m, I2, r, ma'lum bo‘lsa r, ni aniqlash mumkin va hokazo).
Ayon qutbli sinxron mashinalarda dempfer chu!g‘amining aktiv qarshiligini mashinaning bo‘ylama (r[w) va ko‘ndalang (ryd) o'qlari bo‘yicha aniqlanadi.
Ayon qutbli sinxron mashinaning barqaror rejimdagi induktiv qarshiliklariga mashinaning bo‘ylama (xd) va ko‘ndalang (xq) o‘qlari bo‘yicha induktiv qarshiliklari, hamda yakor chulg‘ami fazasining tarqoq induktiv qarshiligi x, kiradi. Dempferva qo‘zg‘atish chulg‘amlarining tarqoq induktiv qarshiliklari sinxron mashinaning o‘tish rejimlarida hisobga olinadi.
Noayon qutbli sinxron mashinada yakorning o‘zaro induksiya qarshiligi x, (bu xu ko‘rinishida ham belgilanadi) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
x, = 27t-f-L,, (20.1)
bunda L, — yakor chulg‘amining induktivligi.
Noayon qutbli mashinalarda butun yakor aylanasi bo‘yicha havo oralig‘i bir xil bo‘lgani uchun mashinaning bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlari bo‘yicha induktiv qarshiliklari bir xil bo‘ladi, ya’ni x, = xrf = x .
Yakorning o‘zaro induksiya maydoni yakor chulg‘amida hosil qilgan EYK quyidagiga teng:
E„ = -jx, I,. (20.2)
Mashinaning tarqoq induktiv qarshiligi tarqoq maydonning magnit qarshiliklari orqali aniqlanadi. Tarqoq oqim chulg‘amning paz qismida va pazdan tashqari qismida qurshaladi. Tarqoq oqimga yuqori garmonikalar tomonidan hosil qilinadigan differensial tarqoq oqim ham ta'sir qiladi (bu oqimga magnit zanjirining to‘yinishi darajasi ta’sir qiladi). Yirik mashinalarda differensial tarqoq oqim, odatda, fazaviy tarqoq oqimdan kichik bo‘ladi. Mashina havo oralig‘idagi maydon o'zgarishining shakli sinusoidadan qancha farq qilsa, differensial tarqoq oqim shuncha ko‘p bo‘ladi.
Tarqoq oqim hosil qilgan tarqoq EYK tok I, bilan quyidagicha bog'langan, ya’ni
-Eio = —Jxic ir (20.3)
Noayon qutbli sinxron mashinaning to‘la, ya'ni sinxron induktiv qarshiligi quyidagiga teng bo‘ladi:
x = x, + xlo . (20.4)
Ayon qutbli sinxron mashinalarda bo‘ylama o‘qi bo‘yicha havo oralig'i 5mjn va ko‘ndalang o‘qi bo‘yicha havo oralig‘i 8max boMgani uchun, bu o‘qlar bo'yicha magnit qarshiliklar har xil bo‘lib, mashinaning bo‘ylama (xd) va ko‘ndalang (xq) o‘qlari bo'yicha induktiv qarshiliklari x, > x bo‘ladi.
d q
Mashinaning bo‘ylama o‘qi bo‘yicha induktiv qarshiligi quyidagiga teng:
x . + x.
aa
(20.5)
bunda xai/ = 27ifLud — mashinaning bo‘ylama o‘qi bo‘yicha yakor reaksiyasining induktiv qarshiligi.
Mashinaning ko'ndalang o‘qi bo'yicha induktiv qarshiligi quyidagiga teng:
q aq 15 \ • /
bunda xui/ = 27cf Ln — mashinaning ko'ndalang o‘qi bo‘yicha yakor reaksiyasining induktiv qarshiligi.
Yakortoki ning bo'ylama (Ild) va ko'ndalang (Iq) o‘qlari bo‘yicha tashkil etuvchilari yakor chulg‘amida hosil qilgan o‘zinduksiya EYK lari quyidagiga teng bo'ladilar:
«) Ead = ~ b) Ea« = ~ (20.7)
O'zaro induksiya induktiv qarshiliklari magnit zanjirining to‘yinishiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi, tarqoq induktiv qarshiliklari esa magnit to‘yinishga bogMiqligi nisbatan kam bo'ladi. Lekin qisqa tutashuvlarda tok nominalga nisbatan 10-^15 marotaba oshishi tufayli tarqoq oqim o‘tadigan yo'llar to'yinadi va tarqoq induktiv qarshilik o'zgaradi.
Elektr mashinalari nazariyasida mashinaning parametrlarini aniqlashga katta e'tibor beriladi. Sinxron mashinalarning parametrlari mashinaning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
|
| |