|
Salt ishlash xarakteristikasi
|
bet | 93/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovSalt ishlash xarakteristikasi (SIX). Bu xarakteristika stator toki Ij = 0 va rotor aylanish chastotasi n = nN= const bo‘lganda SG ning chiqish klemmalaridagi kuchlanishi yoki EYK E0 ning qo‘zg‘atish toki I .z ga bog‘liq holda o‘zgarishini ko‘rsatadi, ya’ni E0 = f (l u.2).
SG larning SIX hamda boshqa xarakteristikalarini nisbiyljirliklarda qurish o‘ng‘aydir. Buning uchun kuchlanishning absolut qiymati U0 = E0 ni salt ishlashdagi nominal kuchlanish U0 = U1N ga, qo‘zg‘atish tokining absolut qiymatini esa salt ishlashda nominal kuchlanish U1N ga to‘g‘ri kelgan qiymati I .? N ga bo‘lib aniqlangan nisbiy biriliklardagi qiymatlari (UL, va Iao.z.) asosida SIX, ya’ni U,.= f(I ) quriladi (20.1-
rasm, 1). I ,z.= 0 bo‘lganda qutbning magnit o‘zagidagi kam miqdordagi qoldiq magnit oqim (Oqo|= 0,2 0,3 O0N) tufayli as = E vujudga
keladi. Qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokning qiymati kichik bo'lganda asosiy magnit oqimi kam bo‘lib, mashinaning magnit zanjiri to‘yinmagan bo‘ladi. Shu sababli SIX ning boshlang'ich (sd) qismi to‘g‘ri chiziqli ko‘rinishda bo‘ladi. Qo‘zg‘atish toki ortib borgan sari magnit oqimi ortadi va mashinaning magnit zanjiri to'yina boradi. Bu holda SIX absissalar o‘qiga og‘gan ko‘rinishda o‘sib, magnit zanjiri to‘la to‘yinganda esa bu xarakteristika yana taxminan to‘g‘ri chiziqli ko'rinishga ega bo‘ladi. SG ning nominal rejimi SIX egilgan qismining taxminan o‘rtasiga to‘g‘ri keladi (20.1-rasm, 1 da “c” nuqta).
Bu xarakteristika yordamida SG ning magnit zanjiri to'yinish darajasini aniqlash mumkin. Buning uchun SIX ning to‘g‘ri chiziq (magnit zanjir to‘yinmagan holdagi) qismi davom qildiriladi (20.1- rasm, 2) va ab/av = k to‘yinish koeffitsienti topiladi. Bu koeffitsient sinxron mashinalarda ik » 1,U1,4 ga teng bo‘ladi.
Odatda, nisbiy birlndarda ifodalangan SG larning SIX lari bir- biridan kam farq qiladi va ularning o‘rtacha qiymatiga mos keladigan xarakteristikani normal salt ishlash xarakteristika deyiladi. Ayon va noayon qutbli sinxron generatorlarning normal SIX lari 20.1-jadvalda keltirilgan.
|
| |