• Sinxron generatorning ishlash prinsipi va qo‘zg‘atish sistemasining turlari
  • J. S. Salimov, N. B. Pirmatov




    Download 3,86 Mb.
    bet84/172
    Sana30.11.2023
    Hajmi3,86 Mb.
    #108639
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   172
    Bog'liq
    J. S. Salimov, N. B. Pirmatov

    rasm. Gidrogeneratorlaming konstruktiv sxemalari — osma (a) va soyabon (b) tiplari:

    1 — ustki krestovina (ya ’ni rotomi yuqoridan ko ‘targich); 2 — yonbosh tayanchi; 3 — yo ‘naltiruvchi podshipniklar; 4 - rotor; 5 — stator; 6pastki tayanch; 7 — val flanetsi (ya'ni turbina va generator vallarini birlashtiruvchi detal); 8 — turbina; 9 — jundament (asos); 10 — turbinaning yo ‘naltiruvchi podshipniklari.
    diametri taxminan 15 m, rotorining diametri 12 m, stator magnit o'tkazgichining uzunligi 2,75 m, qutblar soni 2p = 42.
    Xitoyning Yanszi daryosida dunyoda eng katta GES qurilishi davom qilmoqda. Bunda har bittasining quwati 700 MW bo‘lgan 26 ta gidrogenerator qo'yiladi.
    Sinxron motorlarning quwati bir nechta o‘nlab MW ga yetadi. Ularning aylanish chastotasi n = 100 * 3000 ayl/min oraliqda bo‘lib: aylanish chastotasi n £ 1500 ayl/ min. gacha bo‘lganda ayon qutbli qilib, n > 1500 ayl/ min bo‘lganda esa noayon qutbli qilib tayyorlanadi.
    Ayon qutbli sinxron mashina qutblarining po‘lat o‘zagi yupqa (katta quvvatlida qalinligi 1-2 mm bo'lgan konstruksion po‘lat tunukasimon plastinalaridan, kam quvvatlida esa qalinligi 0,5-1 mm bo‘lgan elektrotexnik po‘lat plastinalaridan) yig'iladi. Ayon qutbli rotoming har qaysi qutb o‘zagi tashqarisiga qo‘zg‘atish chulg'ami joylashtiriladi va ular ketma-ket ulanadi. Bu chulg'amlarning ikki uchi, valga mahkamlangan va undan izolatsiyalangan mis yoki latundan yasalgan kontakt halqalarga ulanadi. Mashinaning qo‘zg‘almas qismiga cho'tka tutqich orqali mahkamlangan cho‘tkalar halqalarning sirtiga tegib kontakt hosil qiladi. Cho'tkalar simlar yordamida mashinaning tashqi klemmasiga ulanadi.
    Qo‘zg‘atish chulg‘ami (18.2,o-rasm), ya’ni induktoming uchlari 11 va 12 (yangi standart bo‘yicha — F1 va F2 lotin) harflari bilan belgilanadi.

    Sinxron mashinaning qutb uchligidagi pazlarga maxsus qisqa tutashgan chulg‘am, ya’ni dempfer chulg‘ami (18.2,a-rasm) joylashtiriladi. Bu chulg'am motor rejimida ishga tushirish, generator rejimida esa — tebranishlarni tinchlantirish (so‘ndirish) vazifasini bajaradi.
    Mashinada sinusoidal EYK olish uchun mashinaning havo oralig‘ida magnit oqimi sinusoidaga yaqin shaklda tarqalgan bo'lishi kerak. Bunga erishish uchun noayon qutbli sinxron mashinalarda qo‘zg‘atish chulg‘amini joylashtirishda yuqori garmonika MYK laming amplitudasi eng kam bo‘lishiga intilinadi, ya’ni qo‘zg‘atish chulg'ami rotor po‘lat o‘zagi yuzasining taxminan 2/3 qismida tayyorlangan pazlarga taqsimlangan holda joylashtiriladi, qolgan 1/3 qismini esa “katta tish” hosil qiladi. Ayon qutbli sinxron mashinalarda esa qutb uchliklarining chetlaridagi havo oralig‘i uning markazidagi havo oralig'iga nisbatan kattaroq qilib olinadi.
    Yakor (stator) chulg‘amida esa tarqalgan va qadami qisqartirilgan chulg‘am ishlatiladi. Tokning 3-garmonikasini yo‘qotish va mashinada quwat isrofini kamaytirish maqsadida uch fazali generatorlarning yakor chulg‘ami “yulduz” usulida ulanadi. Bunda liniya kuchlanishlarida ham 3-garmonikalarbo‘lmaydi. Yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan magnit oqimi va yakor chulg‘amidan olinadigan EYK ning shakli deyarli sinusoidal bo‘ladi.

      1. Sinxron generatorning ishlash prinsipi va qo‘zg‘atish sistemasining turlari

    Ishlash prinsipi. Sinxron generator(SG)da asosiy magnit maydon (oqim F0) ni hosil qilish uchun uning qo‘zg‘atish chulg'amiga o'zgarmas tok beriladi. Bu tok vaqt bo‘yicha o‘zgarmas va qutbiyligi (ishorasi) almashlanadigan, rotorga nisbatan qo‘zg‘almas boMgan magnit maydonni hosil qiladi. Rotor (induktor) birlamchi mexanizm yordamida aylantirilganda, uning magnit maydoni qo‘zg‘almas stator (yakor) chulg'amiga nisbatan aylanadi va unda elektromagnit induksiya qonuniga asosan, o‘zgaruvchan EYK hosil qiladi.
    Agarda stator pazlarida simmetrik (ya’ni fazalarining magnit o‘qlari fazoda 120° el. ga siljigan bo‘lib, fazalarining elektr qarshiliklari va oTamlar soni bir xil) uch fazali chulg‘am joylashtirilgan bo‘lsa, bu chulg‘amda moduli bo‘yicha teng va vaqt bo‘yicha 120° el. ga siljigan EYK larning simmetrik sistemasi induksiyalanadi (hosil bo‘ladi). Faza
    208
    chulg‘amlarida induksiyalanadigan EYK larning chastotasi:

    Download 3,86 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   172




    Download 3,86 Mb.