|
Жалолидин РумийBog'liq portal.guldu.uz-JAHON VA TURKIY XALQLAR ADABIYOTI o’quv-uslubiy majmuaNasriy shakllari:
Futuvvatnoma
G’azovotnoma
Manoqibnoma
Battolnoma
Oshiq tarzi turk adabiyitining janrlari:
Koshma
Varshagi
Samoiy
Doston
G’azallama
Kochaklama
Tashlama
Turk adabiyotining rivojlanishida fors, arab adabiyotlarining ta’siri katta bo’lgan. Shoirlar fors hamda turk tillarida ijod qilganlar. Turkiyaga fors saroy adabiyoti bilan birga xalq og’zaki ijodi ham kirib kelgan. “Tazkira” tuzish ham turklarga eron adabiyotidan o’tgan.
Turk adabiyotini o’rganish, o’rta asrlardan boshlanadi deyish mumkin. Tanqidiy qarashlar ham bo’lgan. Shuningdek, antologiyalar turk adabiyoti haqida Evropada ilmiy adabiyotlar paydo bo’lishiga asos bo’ldi. XVIII –asrning 70-yillarida Venetsiyada e’lon qilingan turk adabiyoti tarixiga oid kitob va “Turkiyadagi har xil fanlar ahvoli” deb nomlangan Abbat Toderining ilmiy ishi, XX asr boshlarida e’lon qilingan Avstraliyalik sharqshunos Xammer Prugshtalining to’rt tomlik “Istoriya osmanskogo izyashnoy slovesnosti” (“Usmonli so’z san’ati tarixi”) kitoblari shular jumlasidandir.
Hozirgi kunda jahon sharqshunoslari tomonidan turk adabiyoti tarixi izchil o’rganilmoqda.
Muhokama uchun savollar:
1. Turkiy xalqlar adabiyotiga qaysi xalqlar adabiyoti kiradi?
2. Turk adabiyotshunoslari adabiyot tarixini necha davrga bo’ladilar?
3. Turk adabiyotini o’rganish qachondan boshlandi?
4. Turk ertaklarining manbalari haqida turlicha nazariyalar bor. Bu
qarashlarga sizning fikringiz qanday?
2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
XIII-XV asrlarda Turkiyadagi ijtimoiy va adabiy muhit haqida ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Turk mumtoz adabiyotining ilk namunalari haqida so’zlaydi.
2. Turk adabiyotining shakllangan davri to’g’risida ma’lumot beradi.
3. XV asr turk nasrining eng yaxshi namunalari haqida so’z yuritadi.
|
| |