|
MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
|
bet | 4/6 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 91,46 Kb. | | #130272 |
Bog'liq Informatika fanida virtual talim texnologiyalari
Ta’lim sohasida virtual texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish masalalari ko‘plab faol tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan. Bunday olimlar orasida A.I. Adamsky,
V.N. Alekseev, S.V. Kuzmin, G.A. Monakhov, D.N. Monaxov, I.V. Robert, A.N. Sergeev va
boshqalarni misol sifatida keltirish mumkin. N. Sergeev internet tarmog‘ini maxsus ijtimoiy va madaniy makon shaklida ko‘rib chiqadi, uning tuzilishi va dinamikasi odamlarni umumiy g‘oyalar va faoliyat shakllari asosida birlashtiradigan tarmoq jamoalari tomonidan belgilanadi.
A.N. Sergeev internet tarmog‘i va boshqa virtual texnologiyalarni maxsus ijtimoiy va madaniy makon shaklida ko‘rib chiqadi, uning tuzilishi va dinamikasi odamlarni umumiy g‘oyalar va faoliyat shakllari asosida birlashtiradigan tarmoq jamoalari tomonidan belgilanadi, deya e`tirof etadi.
I.V. Robertesa virtual texnologiyalarning ta’limda samaradorligidan tashqari salbiy jihatlarini yoritib, bunday ta’lim insonlarni texnikaga bog‘lab qo‘yishi mumkinligini aytib o‘tadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Avvalambor, mavzuni tadqiq qilishda mavzuning obyekti muhimdir. Maqola mavzusining obyekti bu virtual texnologiyalar va u bilan bog‘liq jarayonlardir.
Virtual (inglizcha – virtual reality, sun’iy voqelik)-inson sezgilari orqali anglashi qiyin bo‘ladigan holatlarning kompyuter texnologiyalari orqali real voqelikka aylantirilishi. Masalan, mashina, kompyuter ichki mexanizmlarining harakati, kimyoviy, fizik elementlar tuzilishi, molekulalarning harakati, tuzilishi va h.k [95].
Virtual ta’lim nafaqat masofaviy, telekommunikatsiya ta’limi, balki “obyektlar va
subyektlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik jarayoni va natijasidir”.
Virtual ta’lim muhiti o‘quv jarayoni qatnashchilarini o‘zaro aloqada bo‘lishini ta’minlash uchun turli ta’lim manbalariga kirishga imkon beradigan, ochiq, kompyuterli muhit hisoblanadi. Virtual ta’lim muhitida virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalaniladi. Virtual ta’lim texnologiyalari murakkab tuzilishga ega bo‘lib, ularning tasnifi quyidagi- larni o‘z ichiga oladi [18]:
informatikani o‘qitish va unga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan vositalar (o‘quv materiallarini tayyorlash va taqdim etish vositalari, ta’lim qatnashchilarining o‘zaro munosabat vositalari-chat, elektron pochta, telegram, masofadan turib tarmoqqa kirishni ta’minlovchi vositalar, masofali ta’lim platformalari va h.k.);
informatika ta’limi maqsadlariga erishishga mo‘ljallangan , boshqarilish, qayta aloqa imkoniyatlariga ega elektron ta’lim resurslari va pedagogik dasturiy vositalar;
yechiladigan masalalar to‘plami, ma’lumotlar bazasi, o‘quv natijalari aks ettiradigan ma’lumotlar;
tashqi kutubxona (kitoblar, dasturlarga), saytlarga havolalar;
foydalanuvchilarning tizimlashtirilgan fayllari, masalan, o‘qituvchining ta’limiy,
o‘quvchilarning topshiriqni bajarish natijasida tayyorlangan fayllari va h.k.
Virtual ta’lim muhiti uch o‘lchovli interfaol axborot ta’lim muhiti, virtual fazo, multimediali texnologiyalardan foydalangan holda rivojlanmoqda.
|
| |