|
Жамият ва инновациялар Общество и инновации Society and innovations
|
bet | 6/6 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 91,46 Kb. | | #130272 |
Bog'liq Informatika fanida virtual talim texnologiyalariKeng qamrovlilik – ko‘p sonli o‘quvchilarning bir vaqtning o‘zida katta o‘quv (elektron kutubxona, ma’lumotlar va bilimlar bazasi va boshqalar) zaxiralariga murojaat qila olishi.
Iqtisodiy tejamkorlik – o‘quv maydonlari, texnika vositalari, transport vositalari va o‘quv materiallaridan samarali foydalanish, o‘quv materiallarini bir joyga yig‘ish, ularni tartiblangan ko‘rinishga keltirish va bu ma’lumotlarga ko‘p sonli murojaatni tashkil qilib bera olish mutaxassislarni tayyorlash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytiradi.
Ijtimoiy teng huquqlilik–ta’lim oluvchining yashash joyi, sog‘ligi va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’i nazar, hamma qatori teng huquqli ta’lim olish imkoniyati.
Internatsionallilik–ta’lim sohasida erishilgan jahon standartlariga javob beradigan yutuqlarni import va eksport qilish imkoniyati.
O‘qituvchining yangi roli masofaviy o‘qitish o‘qituvchining o‘qitish jarayonidagi rolini yanada kengaytiradi va yangilaydi. Endi o‘qituvchidan o‘zlashtirish jarayonini muvofiqlashtirishi, yangiliklar va innovatsiyalarga mos ravishda berayotgan fanini muntazam mukammallashtirishi, saviya va ijodiy faoliyatini yanada chuqurlashtirishi talab etiladi.
Sifat masofaviy o‘qitish usuli ta’lim berish sifati bo‘yicha kunduzgi ta’lim turidan qolishmaydi. Balki mahalliy va chet ellik dars beruvchi kadrlarni jalb qilib, eng yaxshi o‘quv-metodik darsliklar va nazorat qiluvchi testlardan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkil etish ta’lim sifatini oshirishi mumkin.
Xulosa sifatida aytadigan bo‘lsak, virtual texnologiyalar informatika fanini o‘qitishda o‘zining keng va zamonaviy imkoniyatlari bilan ajralib turadi va ushbu fanni o‘qitish jarayonini virtual texnologiyalarsiz tasavvur qilish imkonsiz. Virtual texnologiyalar imkoniyatlarining kengayishi bu ilm-fan taraqqiyotidagi yangi marralarni zabt etishning keng imkoniyatidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
Скворцов А.А. Развитие дистанционных образовательных технологий в подготовке студента-информатика в вузе // Гаудеамус. 2014. №2 (24).
Роберт И.В. Современные информационные технологии в образовании: дидактические проблемы; перспективы использования. М.: ИИО РАО, 2010. – С. 140.
Храмова М.В. Основные этапы и тенденции формирования системы открытого образования подготовки специалистов // Вестник Тамбовского университета. Сер.: Гуманитарные науки. Тамбов, 2012. Вып. 4 (108). – С. 118–130.
Теоретические разделы курса «Информатика» / Р.Р. Батаршина [и др.]; под ред. И.А. Кодоловой. Казань, 2010.
Каймин В.А. Дистанционное обучение и сертификация преподавателей информатики // Информационные технологии в образовании. Секция D: мат-лы III Междунар. конф.-выставки. М., 1994.
|
| |