• 4. Oʻquvchi-yoshlar uyushmalariga pedagogik rahbarlik
  • Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi




    Download 51.85 Kb.
    bet5/8
    Sana29.05.2023
    Hajmi51.85 Kb.
    #66390
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Jamoani shakllantirishning istiqbol rejalari
    Uzbekistan-2021 WMI final round results, 2.10.Биофизика ОХИ.2020, Word diagrammalar bilan ishlash, Кузатув кенгаш аъзолари руйхати, “MOLIYAVIY MENEJMENT” FANINING PREDMETI, OBYEKTI, MAQSAD VA VAZIFALARI SLAYD, 1 - Mustaqil ish, Triggerning tarkibi ishlash asdasdasgfgjgdkfyu, Triggerning tarkibi ishlash asdasdasgfg, Mavzular. O\'zbek tilining sohada qo\'llanilishi, 7 синф o\'zbekiston tarixi назорат иши, 1407323755 57845, Umumiy oʻrta ta’lim tizimida tarbiya jarayonini tashkil etishning oʻziga xosligi, 1-SINF TARBIYA DARSLARINI TASHKIL ETISH., Mental arifmetika kitobi mavzulashtirilgan
    Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi jamoa faoliyatida anchagina sermahsul hisoblanadi. A.S.Makarenkoning aniqlashicha, bu davrda butun jamoa «ayrim oʻzini chetga olib qoluvchi, injiq shaxs»larga talab qoʻya boshlaydi.
    Jamoaga endilikda faqat faollargina emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. Pedagog mazkur yoʻnalishdagi ishni maqsadga muvofiq va izchil olib borgan sharoitda ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda u yoki bu tadbir rejasini jamoaning birgalikdagi faoliyati yakuni, uning a’zolari tomonidan jamoa boʻlib muhokama qilinadi: turli mavzularda suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi, oʻquvchilar oʻrtasida samarali axborot vositalari yordamida ijtimoiy, gʻoyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va boshqa bilimlar targʻiboti tashkil etiladi. Pedagog jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a’zolarini ijobiy tajribaga qoʻshish imkonini beradigan, oʻzaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir koʻrsatadigan shakl va metodlardan foydalanadi. Jamoa oʻzining har bir a’zosida ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda shakllantirib borish, jamoa a’zolari orasida barqaror insoniy munosabatlarni tarkib toptirishga yordam beradi. Jamoada barqaror insoniy munosabatlarining yuzaga kelishining sababi, uning a’zolarini yuksak axloqiy mazmunga ega boʻlgan ishlarni tashkil qilishda faol ishtirok etishlarini samarasidir.
    Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichida koʻrsatib oʻtilgan xususiyatlar shundan dalolat beradiki, ushbu bosqichda faqat jamoa faoliyatini emas, balki jamoaning har bir a’zosi bir-birlariga axloqiy mazmundagi talablarni qoʻya boshlaydi.
    Jamoa rivojlanishining toʻrtinchi bosqichi. Bu bosqich uchinchi bosqichning bevosita davomi boʻlib, uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan talablar asosida oʻz-oʻzlariga talablar qoʻya olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish mumkinki, har bir bosqich jamoa a’zolarining oʻziga muayyan talablar qoʻyishi bilan tavsiflanadi, ammo qoʻyilgan har bir talab oʻziga xos yoʻnalishi (masalan, oʻyinda umuminsoniyat baxti uchun kurashishga intilish oʻrtasidagi farq) bilan ajralib turadi. Xuddi shu jihatdan toʻrtinchi bosqich jamoa a’zolarining oʻziga nisbatan yuksak axloqiy talablar qoʻya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining har biri uchun shaxsiy extiyojlariga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni oʻz-oʻzini tarbiyalash jarayoniga oʻsib oʻtadi. Biroq, u ayrim shaxsning yanada rivojlanishida jamoaning tutgan oʻrnini pasaytirmaydi. Toʻrtinchi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa oldidagi istiqboli, yuksak va murakkab talablar qoʻyish uchun qulay sharoit yaratiladi.
    Bugungi kunda pedagog olimlar (L.I.Novikova va boshqalar) bolalar jamoasi rivojlanishi jarayonini tahlil qilar ekan, uni quyidagi ikki bosqichga boʻladi:
    · jamoani dastlabki jipslashtirish;
    · jamoani shakllantirish, uning har bir a’zosini individual rivojlantirishning rolidir.
    Jamoa hayotidagi har bir bosqichlarini ajratib koʻrsatish yuqorida bayon etilgan fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanishida jamoaning yetakchi ahamiyatini ta’kidlaydi.
    Rus pedagogi A.S.Makarenko jamoa munosabatlarining ichki jihatlariga katta ahamiyat bergan edi. U jamoada shakllangan eng muhim quyidagi belgilarni ajratib koʻrsatgan edi:
    1. Doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyatga tayyorligi;
    2. Oʻz jamoasi qadriyatlarining mohiyatini tushunish, uning uchun gʻururlanish asosida oʻz qadr-qiymatini anglash;
    3. Uning a’zolari oʻrtasidagi doʻstona birlik;
    4. Jamoaning har bir a’zosidagi doʻstona birlik;
    5. Tartibli, ishchan harakatga yoʻllovchi faollik;
    6. Oʻz hissiyot va soʻzlarini boshqara olish koʻnikmasi.
    4. Oʻquvchi-yoshlar uyushmalariga pedagogik rahbarlik
    Jamoaning rivojlanishi – jamoa hayotining qonunidir. Xoʻsh, bolalar jamoasining olgʻa harakat qilib borishiga nima yordam beradi? Uning rivojlanishiga nima imkon beradi? Bunday kuch istiqboldir. Hayot shuni koʻrsatadiki, kishining kelajakka umid va ishonch bilan intilishi, hayotiy istiqbolini yurtimizning taqdiri bilan bogʻlab, mustaqil diyorimizning bugungi jamiyat sharoitida ma’naviy va ma’rifiy qiyofasini yaratishda hissa qoʻshgan kishi va jamoa tobora shakllanib, rivojlanib boradi.
    Bu intilish va hayotiy istiqbolda kishining ma’naviy va madaniy extiyojlarining jami, uning rivojlanganlik darajasi, butun ma’naviy qiyofasi aks etadi. Istiqbolning eng muhim pedagogik xususiyatlaridan biri shuki, degandi A.S.Makarenko, u oldinga qoʻyilgan maqsad sifatida bolani istagan natijaga erishish imkoniyati bilan qiziqtiradi, unda kelajakni barpo etishda qatnashish istagini uygʻotadi. Quvnoq kayfiyat va olgʻa intiluvchilikni vujudga keltiradi.
    Pedagogik nuqtai nazardan istiqbol deganda, shaxsning bolalar guruhini, umuman jamoani rivojlantirishning ichki extiyojlariga javob beruvchi, uning a’zolarini rivojlanish darajasiga, ularning yosh va individual xususiyatlariga hamda jamiyatimiz vazifalariga mos keladigan vazifalar, maqsadlar, ishlari tushuniladi.
    Jamoani vujudga keltirish va oʻquvchi-yoshlarni tarbiyalash maqsadi bilan tashkil etiladigan istiqbollar ularning hammasi uchun xarakterli boʻlgan ayrim umumiy xususiyatlarga ega boʻladi:
    1. Bevosita bolalarning qiziqishiga hamda vazifani bajarish uchun birgalikda jamoa boʻlib kurash olib borishning quvonchli manzarasiga asoslangan ishlarning maroqli boʻlishi;
    2. Ishlarning iijtimoiy foydali qiymati va ularning butun xalqimiz olib borayotgan kurash bilan bogʻliqligi;
    3. Istiqbol uchun kurashning borishini aniq tashkil etish;
    4. Oʻquvchi-yoshlarda konkret axloqiy sifatlarni tarbiyalashda pedagogik maqsadga muvofiqlik.
    Har xil istiqbollarni tashkil etishdagi asosiy metodik usul bolalarni birorta istiqbolga erishish uchun kurashga tayyorlashdan iboratdir. Bu tayyorgarlikka ish rejalari, loyihalar va boshqalarni muhokama qilish kiradi. Soʻngra istiqbol sari harakat qilishga yordam beradigan amaliy ish bajarilishi lozim. Bu ish jamoani tashkil etish va jipslashtirish jarayonidagi eng muhim bosqichlaridan biridir. Shunga erishish kerakki, barcha yoshlar umumiy faoliyatda ishtirok etsin va bu ishtirok etish faol, ijobiy xarakterga ega boʻlsin.
    Topshiriqlarni jamoaning barcha a’zolari oʻrtasida toʻgʻri taqsimlash bolalarni qiziqarli ishlarni bajarishga jalb qilishning asosiy yoʻlidir. Bolalarning aql-idroki emas, balki ularning xis-tuygʻulariga ham ta’sir koʻrsatish uchun har qanday ish aniq tashkil etilishi, chiroyli jixozlanishi kerak. Ayniqsa, bayramlarni chiroyli va tantanali qilib tashkil etmoq kerak. Bu bayramlarda ota-onalar va mehmonlar ishtirok etsa, bayram davomida bolalar mukofotlansa, musobaqa yakunlari e’lon qilinsa, yaxshi boʻladi. Bolalarning tayyorgarlikda jamoa maqsadiga erishish jarayoniga jalb qilishning tarbiyaviy ahamiyati shu jihatdan kattaki, bu yoʻl bilan bolalarni maqsadga qaratilgan jamoa axloqiy xulq-atvorini egallashga mashq qildirish uchun shart-sharoit yaratiladi.
    Jamoa hayotining me’yori umumiy maqsadga intilishga va qiziqarli ishlar bilan shugʻullanishga emas, balki jamoada bolalar oʻrtasidagi munosabatlar usuliga, ularning tevarak-atrofdagi vaziyatga boʻlgan munosabatlariga, jamoadan tashqaridagi aloqalariga ham bogʻliqdir. Har bir oʻquvchi-yoshlarda oʻz jamoasi uchun faxrlanish tuygʻusini, shaxsiy qadr-qimmat xissini tarbiyalash zarur. Mazkur usul va uslublar jamoani shakllantirishga asosiy yoʻl va vosita sifatida asos boʻladi.
    Jamoani shakllantirishda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qoʻyiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi. Yagona talab bolalarning dars jarayonidagi tanaffus, jamoat joylari hamda uydagi xulq-atvor qoidalarini oʻz ichiga oladi. Puxta oʻylab qoʻyilgan talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi oʻquv muassasasida muayyan tartibning oʻrnatilishini ta’minlaydi.
    Pedagoglar tomonidan qoʻyiladigan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy natija beradi:
    1. Qoʻyilayotgan talablar ta’lim oluvchi shaxsini hurmat qilish bilan qoʻshilishi kerak;
    2. Qoʻyilayotgan talablar muayyan oʻquv muassasasidagi mavjud sharoitni hisobga ogan holda qoʻyilishi lozim;
    3. Qoʻyilayotgan talablar aniq boʻlishi kerak;
    4. Oʻquvchi-yoshlarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan qoʻyilayotgan talablar ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart.
    Xulq-atvorni tarkib toptirishga yoʻnaltirilgan talablar bilan tanishtirish mazkur talablar ustida mashq qildirish bilan qoʻshib olib borilishi kerak. Xulq-atvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga qaraganda ancha murakkab ish, oʻquvchilar talablar mohiyatini yaxshi anglashi mumkin, biroq aksariyat hollarda rioya qilmaydilar. Shu bois, muntazam ravishda mashq qildirish madaniy xulq-atvorni odatga aylantiradi.
    Talablarning qoʻyilish jarayonida ularga ta’lim oluvchilarning amal qilish ustidan nazorat oʻrnatishi lozim. Nazorat qilib borish turli shakllar yordamida amalga oshiriladi. Nazorat haqqoniy va muntazam boʻlishi kerak. Uning natijalaridan oʻquvchi-yoshlarni ogoh etib borish lozim.
    Jamoani uyushtirish va jipslashtirish unda faollarni tarbiyalash bilan chambarchas bogʻliq. Har bir oʻqituvchining jamoani shakllantirish borasidagi harakati jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi.
    Jamoa faollarini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatiga nisbatan extiyoji mazmunidan kelib chiqadi.
    Ishonchli, ishchan faollarni yaratish uchun oʻqituvchi oʻquvchilar faoliyatini, ularning jamoa ishlaridagi ishtiroki, xulq-atvorini kuzatib borishi har bir oʻquvchining ijtimoiy faoliyatini tashkil etish layoqatini aniqlashi zarur. Jamoa faollarini shakllantirishda oʻquvchilarning jamoadagi obroʻsini inobatga olish lozim. Jamoa faoli tarkibida bolalarning oʻzlari, albatta pedagog ishtirokida va rahbarligida tanlasa maqsadga muvofiq boʻladi. Pedagog jamoa faoli bilan maslahatlashish tashkil etadi. Jamoa faollarining har bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifa yuklash, ma’lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan hisobot berib borishlariga erishish lozim. Pedagog ayni shu faolga oshirilgan talab qoʻyadi. Oʻquvchilar jamoasida faol rahbarligida oʻz-oʻzini boshqarish jamoa a’zolaridan ayrimlarining boshqasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak. Shu bois, pedagog faolni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim.

    Download 51.85 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 51.85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi

    Download 51.85 Kb.