• Guruhning ozaro tasiri
  • Jamoa haqida tushuncha, uning xususiyatlari va vazifalari
  • 2. Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash
  • Jamoani shakllantirishning istiqbol rejalari




    Download 51.85 Kb.
    bet2/8
    Sana29.05.2023
    Hajmi51.85 Kb.
    #66390
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Jamoani shakllantirishning istiqbol rejalari
    Uzbekistan-2021 WMI final round results, 2.10.Биофизика ОХИ.2020, Word diagrammalar bilan ishlash, Кузатув кенгаш аъзолари руйхати, “MOLIYAVIY MENEJMENT” FANINING PREDMETI, OBYEKTI, MAQSAD VA VAZIFALARI SLAYD, 1 - Mustaqil ish, Triggerning tarkibi ishlash asdasdasgfgjgdkfyu, Triggerning tarkibi ishlash asdasdasgfg, Mavzular. O\'zbek tilining sohada qo\'llanilishi, 7 синф o\'zbekiston tarixi назорат иши, 1407323755 57845, Umumiy oʻrta ta’lim tizimida tarbiya jarayonini tashkil etishning oʻziga xosligi, 1-SINF TARBIYA DARSLARINI TASHKIL ETISH., Mental arifmetika kitobi mavzulashtirilgan

    Qulay psixologik muhit odamlarning mehnat qobiliyatini oshiradi, har qanday faoliyat turlarini rag'batlantiradi, kayfiyat va farovonlikni yaxshilaydi. U quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: Jamoa a'zolarining bir-biriga bo'lgan ishonchi va yuqori talablari. Do'stona va ishbilarmon tanqid. Kollektiv muammolarni muhokama qilishda erkin fikr bildirish. Tegishli menejerga bosimning yo'qligi va uning guruh uchun muhim qarorlarni qabul qilish huquqini tan olish. Jamoa a'zolarini uning vazifalari va hozirgi holati to'g'risida etarlicha xabardor qilish. Tegishli narsalardan qoniqish. Jamoaning har qanday a'zosining ko'ngli qolganda yuqori darajada hissiy qo'shilish va o'zaro yordam. Jamoa har bir a'zosining ahvoli uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olish.

    Guruh-ma'lum bir xususiyatlar (amalga oshirilayotgan faoliyatning tabiati, ijtimoiy yoki sinfga mansubligi, tarkibi, tarkibi va boshqalar) asosida ijtimoiy yaxlitlikdan ajralib turadigan, hajmi cheklangan jamiyat.


    • Guruhning o'zaro ta'siri

    • Guruh quyidagi psixologik xususiyatlarga ega. guruh manfaati, guruh ehtiyojlari, guruh fikrlari, guruh qadriyatlari, guruh normalari, guruh maqsadlari.

    • Guruh quyidagi umumiy naqshlarga ega: 1) guruh muqarrar ravishda tuzilishga ega bo'ladi; 2) guruh rivojlanmoqda (progress yoki regressiya, lekin guruhda dinamik jarayonlar sodir bo'ladi); 3) tebranish, odamning guruhdagi o'rnini o'zgartirish bir necha bor sodir bo'lishi mumkin.

    E’tiboringiz uchun rahmat



    Jamoa haqida tushuncha, uning xususiyatlari va vazifalari
    Jamoa (lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Turkiyzabon xalqlarda, jumladan o‘zbeklarda jamoa azaldan ijtimoiy birlikni anglatib kelgan. Odamlarning jamoa bo‘lib yashashi zaruriyatini Suqrot, Platon, Aristotel, Markaziy Osiyo mutafakkirlari Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Alisher Navoiy va boshqalar ilmiy asoslab berganlar. Ayniqsa, buyuk faylasuf olim Abu Nasr Forobiy o‘zining asarlarida jamoa bo‘lib yashashga tabiiy moyillik inson turmush tarzining mazmunini tashkil etishini uqtiradi. Forobiy bu haqda quyidagi fikr-mulohazalarni bayon etgan: «Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi etuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi shunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun odamlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. SHu sababli yashash uchun zarur bo‘lgan, kishilarni bir-biriga etkazib beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi ko‘p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o‘z tabiati bo‘yicha intilgan etuklikka erishishi mumkin. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir-butun holda ularning har biriga yashash va etuklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni etkazib beradi. SHuning uchun inson shaxslari ko‘paydilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi». Jamoa odamlar maqsad-manfaatlarining umumiyligi, o‘zaro hamkorlik qilishlari zarurligi, mehnat va maishiy hayotiy faoliyatlari yo‘nalganligi zaminida o‘zaro birgalikda harakat qilishlarini taqozo etishdan vujudga keladi. Odamlarning faoliyat turlariga mutanosib tarzda mehnat, ta’lim-tarbiya, maishiy hayot, badiiy ijod, harbiy, jismoniy tarbiya, sport, oila kabi doiralarda jamoalar vujudga kelishi va samarali amal qilishi mumkin.
    Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.
    2. Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash

    Download 51.85 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 51.85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jamoani shakllantirishning istiqbol rejalari

    Download 51.85 Kb.