|
Jismdagi elektronlarni ularning holatiga qarab 2ta gruppaga bo'lish mumkin
|
bet | 3/15 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #155870 |
Bog'liq 5 (2)Kimyoviy bog’lanish turlari.
Kimiyoviy bog’lanishning asosan 4 gruppaga bo’linadilar:
Kovalent;
Ion; bog’lanishlar.
Koordinatsion;
Vodorod.
Kovalent yoki gomepolyar yoki atom bog’lanish.
Kovalent bog’lanishni qisman bo’lsa ham ko’rdik. Kovalent bog’lanishda ikkita bog’lanish hosil qilayotgan element o’rtasida elektron dublet vujudga keladi. Bunda elektron juft har ikkala atom uchun simmetrik va nosimmetrik joylashishi mumkin. Ana shuning uchun kovalent bog’lanishni 2 turga:
a) Qutbli va b) Qutbsiz ga bo’ladilar.
Qutbsiz kovalent bog’lanish bir xil element atomlari o’rtasida yoki ximiyaviy xossasi bir – biriga o’xshash elementlar o’rtasida vujudga keladi, masalan, Cl : Cl, N N, J : J, Br : Br, O :: O
Kovalent bog’lanish ancha barqaror. Masalan, kovalent H-H bog’ni uzib yuborish uchun 103,2 kkal energiya sarflash zarur. Boshqacha aytganda, H – H kovalent bog’lanish hosil bo’lishida 103,2 kkal energiya ajralib chiqadi.
Ma’lumki, ikkita atom birikib molekula hosil qilganda ximiyaviy bog’ hosil bo’lishi sababli energiya ajralib chiqadi. Demak, hosil bo’ladigan molekulaning energiyasi birikayotgan atomlar energiyalaridan kam, chunki ular energiyasining bir qismi ximiyaviy bog’ hosil bo’lishida ajralib chiqdi. Xullas, bu sistema uchun energetic tomondan olganda qulay, shuning uchun ham ximiyaviy bog’ hosil bo’ladi atomlar o’rtasida.
Energiyaning saqlanish qonuniga asosan, hosil bo’lgan ximiyaviy bog’ning uzulishi uchun shu bog’ hosil bo’lishida qancha energiya chiqsa, shuncha energiya sarf qilish zarur.
Quyida ba’zi bog’larning energiyasini ko’ramiz:
C-H 85,6 kkal/mol
N-H 83,3 kkal/mol
O-H 101,3 kkal/mol
H-F 134 kkal/mol
C=C 101,2 kkal/mol
C≡C 128,2 kkal/mol
Na-Cl 97,5 kkal/mol
N≡N 225,1 kkal/mol
Endi yana kovalent bog’lanishga qaytamiz. Demak, qutbsiz kovalent bog’lanishda molekuladagi + va – zaryadlarning elektr og’irlik markazi ustma-ust tushadi. Natijada molekula simmetrikdir. Bu teng molekulalarda molekulalararo kuchlar kuchsiz ifodalangan. Shuning uchun ham bunday birikmalar past suyuqlanish va qaynash temperaturasiga ega. Bunday birikmalarning aksariyati gazlardir.
|
| |