Kovalent bog’ xarakteristikasi.
Kovalent bog’ xarakteristikasiga bog’ energiyasi, uzunligi, qutbligi, qutblanuvchanligi, to’yinuvchanligi va fazoda yo’naluvchanligi kabi kattaliklar kiradi. Kovalent bog’ energiyasi, uzunligi, qutblanuvchanligi additiv kattaliklar hisoblanadi. Biron sistemaning xossasini shu sistemani tashkil etuvchi elementlar xossalarini to’g’ridan – to’g’ri bir – biriga qo’shish bilan aniqlanishi additivlik deyiladi. molekuladagi atomlarning o’zaro ta’siri bir xil bo’lganda kovalent bog’ning ko’pchilik xossalari uzunligi,energiyasi, qutbligi, qutblanuvchanligi additiv kattaliklardir. Molekulaning energiyasi uni tashkil etuvchi ximiyaviy bog;lar energiyalarining yig’indisiga teng. Lekin moddaning hech bir xossasini qat’iy additivlik kuzatilmaydi. Molekulaning tarkibiy qismlari o’zaro ta’sirlashmasagina uning xossasi qat’iy additive bo’lishi mumkin. Additivlik asosida moddaning biror xossasini aniqlashda shunday deb qaraladi. Bunda alohida atom yoki gruppalar bog’larning xususiyati hisobga olinadi xolos. Masalan, refraksiya (qutblanuvchanlikninh o’lchovi) ni hisoblashda C = O bog’ refraksiyasi, bu bog’ qaysi birikmada bo’lishidan qat’iy nazar o’zgarmas deb qabul qilinadi. Aslida bunday emas. Aldegid va ketonlardagi C = O bog’ refraksiyasi, uglerod (II)-oksid refraksiyasiga teng emasligi bu fikrni tasdiqlaydi. Molekulaning tarkibiy qismlari doimo bir – biriga o’zaro ta’sir ko’rsatadi. Demak, qat’iy additivlikning bo’lishi mumkin emas. Darhaqiqat, xatto qonun sifatida qabul qilingan “molekulaning massasi, uni tashkil etuvchi atomlar massalarining yig’indisiga teng” degan qonun ham shu moddaning hosil bo’lishida issiqlik chiqqan va yutilgan bo’lsa o’rinsizdir. Masalan, ushnu ekzotermik yoki endotermik reaksiyalarni olaylik:
A + B = AB + Q I (1)
C + D = CD – Q II (2)
Eynshteyn formulasi E=mc2 ga binoan, massa va energiya o’zaro to’g’ri bog’lanishda energiya ortsa massa ham artadi, kamaysa kamayadi:
m = E/c2 III
Demak, I reaksiya davomida sistema energiyasi va demak, massa ham kamayadi. Boshqacha aytganda, I reaksiyada hosil bo’lgan moddalar (AB) massasi reaksiyaga kirishayotganlarnikidan kam, II reaksiyada esa aksincha katta, ya’ni hosil bo’lgan (CD) modda massasi reaksiyaga kirishyotganlarnikidan katta. Savol tug’iladi: moddalar massasining saqlanish qonuni ushbu reaksiyalarda amal qilyapdimi? Yo’q, qonun amal qilayapti. Gap shundaki, 3 formulada surat (E) maxraj – yorug’lik tezligining kvadratiga nisbatan juda ham kichik son. Ximiyaviy reaksiyalarda chiqadigan yoki yutiladigan energiya eng ko’pi bilan 500 kkal/moldan oshmaydi. Demak, ekzotermik reaksiyada massaning energiya ajralishi hisobiga kamayishi (500/(300000)2) juda ham oz miqdorni tashkil qiladi va uni hozirgi massani o’lchaydigan tarozilar bilan xatto ular million marta mukammallashtirilganda ham o’lchab bo’lmaydi. Boshqacha aytganda, odatdagi ximiyaviy reaksiyalarda ekzotermik jarayonlarda massaning kamayishi, endotermik reaksiyalarda reaksiya davomida massaning ortishi sezilmaydi. Lekin juda katta miqdorda energiya ajraladigan yadro va ayniqsa, termoyadro reaksiyalarida massa kamayishi sezilarli bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda, molekuladagi tarkibiy qismlarning o’zaro ta’sirlashishi tufayli, qat’iy additivlik mavjud bo’lmaydi. Shu bois additive kattaliklarni, masalan ximiyaviy bog’ energiya ularga tuzatishlar (increment, ekzaltatsiya) kiritishga to’g’ri keladi.
|