|
Jismdagi elektronlarni ularning holatiga qarab 2ta gruppaga bo'lish mumkin
|
bet | 15/15 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #155870 |
Bog'liq 5 (2)Van-der-Vaals kuchlari bir xil molekulalar o’rtasida ham, turli xil molekulalar vujudga kelishi mumkin. Birinchisiga kogeziya, ikkinchisiga adgeziya deyiladi. Van-der-Vaals kuchlari ximiyaviy kuchlarga nisbatan kichik bo’lsa ham, ular mustahkam bog’lanishlar hosil qila oladi. Masalan, materiallarning mexanik mustahkamligi (deformatsiyaga qarshilik ko’rsatish, maydalashning qiyinligi) asosida kogezion kuchlar yotadi.
Molekulalar o’rtasidagi adgezion kuchlar (masalan erigan modda va erituvchi molekulalari o’rtasidagi) ancha barqaror molekulyar komplekslar-solvatlarning hosil bo’lishiga sabab bo’ladi (buni hali “eritmalar” mavzusini o’tganda ko’ramiz). Van-der-Vaals kuchlarining ximiyada juda ahamiyati katta. Ana shu kuchning kattaligiga bog’liq:
1) Ximiyaviy reaksiyaning tezligi. Chunki ximiyaviy reaksiya-har bir reaksiyaga kirishayotgan moddadagi kogezion kuchlarni bartaraf qilish demakdir. Masalan, gazlarda molekulalararo kuchlar kam bo’lganligi uchun, gazlarda reaksiya tezligi kichik (boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda).
2) Erish va kristallanish tezligi-kogezion va adgezion kuchlar nisbati bilan o’lchanadi.
Kogezion kuch-eriyotgan yoki kristallanayotgan molekulalarning o’zlarining o’zaro ta’sir kuchidir. Adgezion kuch-eriyotgan yoki kristallanayotgan modda molekulalari bilan erituvchi molekulalari o’rtasidagi ta’sir kuchidir. Erish va kristallanishda ana shu kuchlar o’rtasida “kurash” ketadi.
3) Materiallarning ximiyaviy mustahkamligi. Kogezion kuchlar qancha kichik bo’lsa shu material shunchalik ximiyaviy tomondan mustahkam.
4) Lak-kraska va boshqa qoplama materiallarning mustahkamligi. Qoplovchi va qoplanayotgan modda zarrachalari o’rtasida adgezion kuchlar qancha kichik bo’lsa, qoplanish shuncha mustahkam va uzoq chidaydi. Adgeziya hodisasi-kleylar, shpaklovkalar, zamozkalar ishlab chiqarishda ham muhim o’rin tutadi.
Vodorod bog’lanish.
Vodorod bog’lanish – bu molekulalararo bog’lanishning bir turidir. Bog’lanish vodorod atomi orqali bo’lgani uchun bu bog’lanishni vodorod bog’lanish deyiladi. H+ ionining qiziq xususiyatlari bor. Boshqa elementlar ionlari elektron qavatlarga ega, H+da esa elektron qavat yo’q, ya’ni u “yalong’och”. Demak, “yalong’och” yadrodan tashkil topgan. Vodorod ioni(H+) ning razmeri istalgan bir boshqa element ioni razmeridan 1000 marta kichikdir.
Elektron qavatlari bo’lmagani uchun vodorod ioni boshqa atomlar va ionlar elektron elektron qavatlaridan itarilmaydi, aksincha ularga tortiladi. Ana shu sabab tufayli u boshqa atomlar yoki ionlarga yaqin kela olishi bu atomlar yoki ionlarning elektronlari bilan ta’sirlashishi mumkin. Hatto vodorod ioni boshqa atom yoki ionlarning elektron qavatlariga kirib ketishi mumkin. Boshqa hech bir ion bunday xossaga ega emas. Ana shuning uchun ham suyuqliklarda erkin H+ ko’pincha mavjud emas, balki u suv molekulalari bilan birikkan holda uchraydi (H3O+) (oksoniy yoki gidroksoniy ioni) NH3 bilan birikib esa, ammoniy ionini hosil qiladi.
Qutbli molekulalar o’rtasida H+ ioni yordamida ancha barqaror bog’lanish vujudga kelishi mumkin. Bunda vodorod ioni molekulaning elektromanfiy atomi bilan ta’sirlashadi, ya’ni uning ichiga “kirib ketadi”.
Aslida suvni suv qilib turgan ham ana shu vodorod bog’lanishdir. Masalan, efirning molekulyar og’irligi. C2H5-O- C2H5 M = 74. Suvniki esa M = 18.
Demak, suv molekulasining og’irligi efirnikidan 4 marta yengil. 4 marta oson bug’lanishi kerak. Haqiqatda esa efirni qo’lingizda ushlab tursangiz bug’lanib ketadi, suv esa bug’lanib ketmaydi. Demak, vodorod bog’lanish bo’lmasa hamma suvni “osmonda” ko’rar edingizlar. Vodorod bog’lanish turli molekulalar o’rtasida ham bir xil molekulalar o’rtasida ham vujudga kelishi mumkin. Misollar: …H-F…H-F…H-F… 1) Plavik kislota
Demak, ko’rinib turibdiki vodorod va elektromanfiy element o’zaro bog’lanadi. Vodorod bog’lanish energiyasi ximiyaviy bog’ energiyasidan katta, molekulalararo bog’lanishlar energiyasidan kichikdir.
|
| |