|
Jismdagi elektronlarni ularning holatiga qarab 2ta gruppaga bo'lish mumkin
|
bet | 14/15 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #155870 |
Bog'liq 5 (2)Dispersion ta’sir. N2, H2, CH4 kabi moddalar molekulalari bir-biri bilan na orentatsion na induktsion ta’sirlashadi. Lekin shu narsa aniqlanganki, bunday moddalar molekulalari o’rtasida ham tortishish mavjud. Agar shunday bo’lmaganda, bu moddalarni qattiq va suyuq holatga o’tkazish mumkin bo’lur edi. H2 atomi modelini ko’ramiz:
Demak, vodorod atomida turli xil zaryad (- elektron va + yadro)lar bor. Demak, vodorod atomini dipol deb qarash mumkin. Lekin har lahzada elektron harakatlanib turadi. Bundan elektronning holati o’zgarishi bilan hosil bo’ladigan dipol qutblarining yo’nalishi ham o’zgarib turadi degan xulosa kelib chiqadi.
Demak, dispersion qutblanish bu shunday qutblanishki, bunda A va B zarrachalar o’rtasidagi o’zaro tortishish kuchi, bir-lahzalik dipollarning tortishishi tufayli vujudga keladi va bu dipollarning vektori lahzada o’zgarib turadi. Masalan, elektronning holati atomda 1 sekda 1016 marta o’zgarib turadi. Demak, hosil bo’lib turadigan dipollarning vektori (yo’nalishi) ham shuncha o’zgaradi. Dispersion ta’sir temperaturaga bog’liq emas. Chunki elektron harakati temperaturaga bog’liq emas. Demak, molekuladagi tortishish kuchlari 3ta ta’sir yig’indisidan iborat:
Utort = Uorien + Uinduk + Udispers
Ana shu 3ta kuch yig’indisini golland olimi Van-der-Vaals kuchlari deyiladi. Demak, Van-der-Vaals ta’sir kuchlari elektr tabiatiga ega, ya’ni zaryadlangan zarrachalarning o’zaro ta’siridan kelib chiqadi. Kulon elektrostatik kuchlaridan Van-der-Vaals kuchlari quyidagicha farq qiladi. Kulon ta’sir kuchlari itarilish va tortishishda vujudga kelishi mumkin. Van-der-Vaals kuchlari esa faqat tortishish tufayli vujudga keladi. Molekulalarning o’rtasidagi tortishish (Van-der-Vaals kuchlari hisobiga vujudga keladigan) tabiatning umumiy hodisalaridan biridir. Bu kuch (tortishish) moddalarning gaz, bug’, suyuq, qattiq holatlarida ham mavjud berilgan modda agregat holatining asosini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, moddalarning agregat holati ana shu kuchning kichikligiga bog’liq.
|
| |