• O’zgaruvchan musbat valentlik.
  • Jismdagi elektronlarni ularning holatiga qarab 2ta gruppaga bo'lish mumkin




    Download 1,19 Mb.
    bet11/15
    Sana13.02.2024
    Hajmi1,19 Mb.
    #155870
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    5 (2)

    Elementlar valentligi
    Metall va metallmaslar valentligi.
    Metallar sirtqi elektron qavatida ko’pincha 1-2 elektron tutadi. Ko’pincha (ns1 yoki ns2). Bu qavat to’yinish (ns2p6) hali juda uzoq. Shuning uchun ham bu elektronlar yadro bilan nisbatan zaif bog’langan va ularni metallar oson beradi. Demak, metallar electron berib doim (+) valentlik namoyon qiladi.
    Ikkinchidan, metallning sirtqi elektron qavatida elektronlar sonining kam bo’lishi metallni elektron biriktirib olish imkoniyatidan mahrum etadi (ya’ni elektron biriktirib, barqaror qavat hosil qilishi qiyin, aksincha barqaror qavatni bular elektron berib hosil qiladi).
    Demak, metallar ximiyaviy reaksiyalarda elektrodonorlardir, faqat (+) valentlik namoyon qiladilar. Ular elektronoakseptor bo’lmagani uchun (–) valentlik namoyon qilmaydilar. Nemetallar esa sirtqi elektron qavatida anchagina elektron tutadi. Demak, bular elektron berishdan ko’ra qabul qilishni sirtqi elektron qavatini oktetga to’ldirishni “maqul ko’radi”. Demak, metall va metallmaslar o’zaro birikkanda metallar (+), metallmaslar (–) valentlik namoyon qiladi. Misol: (H ham metallar kabi elektron beradi).
    Lekin, metallmaslar ham doim elektron qabul qilib olavermaydi. Masalan, o’ziga nisbatan elektromanfiy element bilan reaksiyaga kirishganda metallmaslarko’pincha elektron beradi. Masalan;
    Bunday elektromanfiy element-kisloroddir. Demak, metallmaslar “partner”ining tabiatiga qarab ham elektronoakseptorlik, ham elektronodonorlik xossasini namoyon qiladilar. Bunda ular muvofiq ravishda (+) va (–) valentlik namoyon qiladilar. Metallmaslar vodorod va metallar bilan hosil qilgan birikmalarida (–) valentlidir. O2 bilan hosil qilgan birikmalarida (+) valentlidir.
    Nima uchun O2 (F2 ham xuddi kislorodga o’xshagan) birikmalarda doim (–) valentlik namoyon qiladi (ya’ni elektronodonor)? Sababi: O2 va F2 sirtqi qavatida 6 va 7 elektron tutadi. Ichki qavatda esa (K-qavat) 2 elektronlik barqaror qavat bor. Ana shu-ya’ni ichki qavatda faqat 2ta electron bo’lishi-L qavatdagi (6ta va 7ta) elektronlarning yadro bilan bog’lanishini kuchaytiradi. Shuning uchun F2 vaO2 da sirtqi elektronlar juda mustahkam. Demak, metall va metallmaslar o’zlarining O2 bilan hosil qilgan birikmalarida (+),O2 esa (–) valentlidir. Misollar:
    Vodorod – boshqa elementlar ichida alohida o’rin tutadi. Bu uning atomining tuzilishi bilan bog’liq. Metallmaslar bilan o’zaro ta’sirlashganda vodorod sirtqi elektron qavatidagi yagona elektronini beradi va +1 zaryadli ionga aylanadi. Misol: . Lekin sirtqi elektron qavatdagi yagona elektron vodorod atomining K qavatini maksimal darajada “to’ydiradi” 50 % (boshqacha aytganda, bu elektron K-qavatda bo’lishi mumkin bo’lgan 2ta elektronning bittasidir). Demak, vodorodda barqaror dublet hosil qilish uchun atigi 1 elektron etishmaydi. Ana shu hol vodorodning ionlanish energiyasining kichik qiymatga ega bo’lishiga olib keladi. Masalan, Li uchun i.e-5,37; Na uchun-5,09; K uchun -4,32 ga el/v teng. Vodorod uchun esa ionlanish energiyasi 1,36 e/v. bundan shunday xulosa chiqadiki, vodorodni sirtqi elektron qavatidagi 1 elektron ishqoriy metallarning sirtqi elektron qavatidagi 1 elektrondan mustahkamroq bog’langan. Demak, agar vodorod metallar blan ta’sirlashadigan bo’lsa, o/ziga elektron qabul qilishi lozim. Bunda u –1 valentli ionga aylanadi. Haqiqatdan shunday birikmalarmavjud. . Bunday birikmalarni gidridlar deyiladi. Gidridlar-qattiq moddalardir. Demak, vodorod (+) va (–) valentlik namoyon qilishi mumkin. U metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalarida donor (+ valentli), metallar bilan hosil qilgan birikmalarida aktseptor (– valentli)dir. Inert gazlarning sirtqi elektron qavati tugallangandir. Shuning uchun bularning aktivligi juda kam. Lekin, ularning birikmalari olingan.
    O’zgaruvchan musbat valentlik. Mn +2,+4,+6,+7 valentliklar, MnO, Mn2O3, MnO3, Mn2O7 kabi hosil qiladi. Demak, +7 Mn uchun eng yuqori valentlikdir. S +2,+4,+6,-2 valentliklar namoyon qiladi. Demak, S ning yuqori valentligi +6. elementning (+) yuqori valentligi shu elementning bera olishi mumkin bo’lgan eng ko’p elektronlari soni bilan aniqlanadi. Masalan, Mn ko’pi bilan 7, S esa 6 elektron berishi mumkin. Demak, elementning eng yuqori mausbat valentligi uning sistemada jolashgan gruppa nomeriga teng. Asosiy gruppacha elementlarida eng yuqori masbat valentlik shu element sirtqi elektron qavatidagi s va p elektronlar soni bilan aniqlanadi. Qo’shimcha gruppacha elementlarida esa sirtqi qavatdagi d-elektronlar soni bilan aniqlanadi. Masalan, S asosiy gruppa elementi z=16 1s22s22p63s23p4
    +6
    Ti (titan) qo’shimcha gruppa elementi z=22 1s22s22p63s23p63d24s2
    +4

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jismdagi elektronlarni ularning holatiga qarab 2ta gruppaga bo'lish mumkin

    Download 1,19 Mb.