1. Orentatsion ta’sir (dipol-dipol ta’sir). Qutbli molekulalar o’rtasida vujudga keladi. Ikki qutbli molekula tartibsiz harakat qilib bir-biriga qarama-qarshi qutblari bilan yaqinlashadi. Buni (bu tortishishni) orentatsion ta’sir deyiladi. Demak, 2ta molekula bir-biriga tortiladi. Bunda ular o’rtasidagi masofa qisqaradi, natijada potentsial energiya ham kamayadi. Shu tufayli 2ta molekula bir-biriga yaqinlashadi, (do tex por poka) ana shu molekulalar orasida itarilish kuchi vujudga keladi. Demak, orentatsion ta’sir bu 2ta qutblangan molekulaning, bir-biriga muayyan qutblari orqali orentatsiyalangan holda bir-biriga maksimal yaqinlashgan paytidagi o’zaro ta’siridir. + – + –
Temperatura oshsa dipollarning tartibli joylashishi buziladi. Demak, temperatura oshishi bilan orentatsion ta’sir kamayishi zarur. Haqiqatdan ham shunday. Orentatsion ta’sir energiyasi moddaning polyarligiga juda bog’liq. Boshqacha aytganda dipol uzunligi l ga teng. Masalan, qutbli A modda dipolidan uzunligi lA xuddi shunday B lB dan 10 % ko’p bo’lsa, A moddadagi orentatsion ta’sir B ga qaraganda ≈ 50 % ga ko’p bo’ladi. Orentatsion ta’sirni-ba’zan orentatsion qutblanish ham deyiladi.
2. Induktsion ta’sir. Induktsiya lot. Inductio-uyg’onish, ta’sir qilish demakdir. Elektr induktsiya-tashqi elektr maydonining biror masofadagi sistemasiga ta’sir qila olishidir. Ma’lumki, qutbli molekulaladagi (+) va (–) zaryadlar elektr maydoni hosil qiladi.
Agar 2 ta qutbli molekulani bir-biriga yaqinlashtirsak, ularning faqat turli xil zaryadli qutblari emas, balki bir xil zaryadli qutblari ham induktsion ta’sirlashadi. Qutbli molekulalarning bir xil zaryadlangan qutblari bir-biridan uzoqroq ketishiga harakat qiladi. Bu esa molekulaning cho’zilishiga olib keladi. Natijada dipol uzunligi l va muvofiq ravishda dipol momenti μ ham oshadi.
Buni induktsion ta’sir yoki induktsion qutblanish deyiladi. Demak,
Dipolning umumiy Orentatsion Induktsion
qutblanishi qutblanish qutblanish
Agar tashqi elektr maydon olinsa, induktsion ta’sir yo’qoladi. U shu xususiyati bilan doimiy dipoldan farq qiladi. Elektr maydonini elektronlar va yadro hosil qiladi. Induktsion ta’sir qilishishi mumkin. Qutbli-qutbsiz, qutbsiz-qutbsiz molekulalar ham
Bunda qutbsiz molekula qanday qutblanadi? Elektron va yadroning elektr maydoni ta’sirida siljishi natijasida. Elektr maydonining esa, qo’shni molekulalardagi elektronlar va yadrolar hosil qiladi. Induktsion ta’sir (qutblanish) elektron qavatlarning siljishi natijasida vujudga keladi, siqilganda ham sirtqi elektron qavatlar siqiladi. Shuning uchun sirtqi elektron qavat yadrodan qancha uzoqda joylashgan bo’lsa, ana shunday elementlardan tashkil topgan molekulalarning induktsion qutblanishi kuchli bo’ladi. Masalan, tashqi elektr maydon bir xil bo’lganda atomlarning induktsion qutblanishi davriy sistemada gruppada yuqoridan pastga tushgan sayin ortib boradi. Misol: He da 1 elektron qavat bor. Xe da esa 5. Geliy atomining siqiluvchanligidan, Xe niki 20 marta ko’p.
|