Spin valentlik nazariyasi ko’p elementlarning o’zgaruvchan valentlikka ega bo’lishini ham juda yaxshi tushuntiradi. Masalan, buni S va Cl misolida ko’rib chiqamiz. S-uchinchi davrning p-elementi z=16, Vi-gruppaning, asosiy gruppachasi.
Normal holatdagi elektron formula va konfiguratsiya quyidagicha:
S 1s22s22p6 3s23p4
n=2 n=3 3s 3p 3d
M n=3 3 qavat
Ko’rinib turibdiki, d-qavatchadagi orbitalar bo’sh “hayjonlanish” darajasi (energiya miqdori) ga qarab 3p va 3s dagi juftlashmagan elektronlar “ajrala boshlaydi”. “Ajralgan ” yakka elektronlar d-qavatchaga o’tadi:
3s 3p 3d
(b) 3s23p33d1
Agar (a) konfiguratsiya S ning 2 valentlik holatiga to’g’ri kelsa, (2 ta juftlashmagan elektron) (b) konfiguratsiya S ning 4 valentlik holati ( 4ta juftlashmagan elektron) ni ifodalaydi. Energiya yana oshsa:
3s 3p 3d
3s13p13p13p13d13d1 3s13p33d2
(b) konfiguratsiya S = 6 valentli holatiga muvofiq keladi (juftlashmagan elektronlar 6 ta). Yuqoridagi valentliklar (2,4,6) to’g’ri keladigan S ning birikmalari mavjud (Na2S, SO2, SO3). Demak, S ning yuqori valentligi 6 dir. Undan ham yuqori valentlik namoyon qilishi uchun S ning 2s2 elektroni 3d ga (“ajralib”) o’tishi zarur. Bu esa juda ko’p energiya talab qiladi. Bu energiyani esa ximiyaviy metodlar bilan hosil qilib bo’lmaydi. Demak, S ning yuqori valentligi 6.
Cl – VIII gruppa asosiy gruppacha z=17
1s22s22p63s23p5 3s 3p 3d
(a)
(b)
(v)
(g)
Demak, Cl 1,3,5,7 valentli bo’lishi mumkin. (a) (b) (v) (g). haqiqatdan Cl ning shunday valent holatlari ma’lum. Masalan, uning quyidagi birikmalari mavjud: 1 3 5 7
CCl4, NaClO2, KClO3, HClO4
Shunday qilib, Cl ning maksimal valentligi 7 ga teng.
Biz yuqorida ko’rib chiqqan misollarda, asosiy gruppacha elementlari edi. Bularda valent elektronlar s va p elektronlardir (ya’ni s va p qavatcha elektronlari). Qo’shimcha gruppacha elementlarida esa s elektronlar bilan bir qatorda d-elektronlar ham ishtirok etadi, ya’ni valent elektronlar s va d elektronlardir. Masalan, Mn ni ko’raylik:
s p
n=4
n=3 3s23p63d54s2
s p d
Salgina energiya berish bilan:
4s14p1
s p d
Mn 7 valentlik (2+5) holatga o’tadi. Haqiqatdan Mn 7 valentli bo’lgan birikmasi ma’lum (KMnO4). Demak, Mn ning eng yuqori valentligi 7 ga (gruppa nomeriga) teng.
|