|
Kovalent bog’lanishning qutbli turi
|
bet | 4/15 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #155870 |
Bog'liq 5 (2)Kovalent bog’lanishning qutbli turi.
Ximiyaviy bog’ning bu turi elektromanfiyligi turlicha bo’lgan ikki xil element o’rtasida vujudga keladi. Lekin bu farq juda katta bo’lmasligi lozim (aks holda ion bog’lanish vujudga keladi). Bu bog’lanishning qutbsiz bog’lanishdan farqi shuki, bu holda elektron juft elektromanfiyligi ko’proq bo’lgan atom tomon siljigan. Buni grafik ravishda odatda quyidagicha ifodalanadi: A : B yoki misollar: H : F, H : Cl, H : Br
Natijada molekulaning bir qismi go’yo (–), ikkinchi qismi go’yo (+) zaryadlanadi. Boshqacha aytganda, molekuladagi (+) va (–) zaryadlarning (yadro va elektronlarning) elektr og’irlik markazlari ustma ust tushmaydi. Oqibat, 2 ta musbat va manfiy qutb vujudga keladi. Bunda manfiy qutbga muvofiq keladigan ortiqcha (–) zaryad miqdori bitta elektron zaryadiga teng. Chunki elektromanfiyligi > bo’lgan atomga yaqinlashgan elektron juftining bitta elektroni shu elektromanfiy atomning o’ziniki 2-si esa “kelgindi” elektrondir. Molekulaning chetidagi oshiqcha (–) zaryadni ana shu “kelgindi” elektron vujudga keltiradi.
Ana shunday molekulaning bir qismi (+), ikkinchi qismi (–) zaryadlangan molekulalarni qutbli (polyar) molekulalar deyiladi. 2 xil zaryadga ega bo’lgani uchun ularni ko’pincha dipollar (grekcha di-ikki, ikki marta) ham deyiladi.
Demak, dipol – kattaligi jihatidan bir – biriga tez, ammo qarama – qarshi ishorali va bir – biridan ma’lum masofada joylashgan ikkita zaryadli sistemadir.
Molekuladagi qutblar orasidagi masofani dipol uzunligi (l) deyiladi. Dipol uzunligining (l), elektron zaryadi (e) ga ko’paytmasiga dipol momenti deyiladi va u μ bilan belgilanadi.
μ = e · l el.st.birlik.sm
Masalan, suv molekulasi uchun
l = 0,384 · 10–8 sm
e = 4,8 · 10–10 el.st. zaryad birligi.
Demak, μ = 0,384 · 10–8 · 4,8 · 10–10 = 1,84· 10–18 el.st. birlik.sm
Dipol momentlarining birligi qilib debay qabul qilingan.
1D = 10–18 el.st. birlik.sm.
Demak, suvning dipol momenti qancha > bo’lsa, molekulaning qutbliligi ham shuncha > bo’ladi.
Qutbli bog’lanish hosil bo’lganda elektron juftlar odatda siljiydi: davr ichida – chapda turgan elementdan o’ngroqda turgan element tomon, asosiy gruppachalarda – pastda turgan elementdan yuqoriroqda turgan element tomon.
Dipol momentlar tajribada topiladi. Ximiyaviy bog’ning qutblilik darajasi ayni bir element uchun bog’lanish tabiatiga bog’liq. Masalan, S = O bog’ning qutbliligi SO2 va SO3 molekulalarda bir xil emas.
|
| |