Jizzax-2024 M. N. Eshonqulova




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/75
Sana20.05.2024
Hajmi1,55 Mb.
#246629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Monografiya - Eshonqulova 2

SO‘Z BOSHI 
O‘zbekistonda juda boy va ko‘hna madaniy va ma’rifiy meroslarga ega. 
Ushbu meros G‘arb falsafasini shakllanishida, buyuk olimlarni va allomalarni 
muvaffaqiyat qozonishlarida munosib o‘rin egallagan. Bundan tashqari 
respublikamiz “Buyuk ipak yo‘li” asosiy tomirida joylashganligi va yirik savdo 
markazlariga ega bo‘lganligi sababli xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlanishida 
alohida ahamiyat kasb etgan. Vatanimizda ilk ilmlarini shakllantirgan buyuk 
allomalarning hozirda ham ahamiyatli kashfiyotlari va ilmiy yutuqlari jahon fanlari 
taraqqiyotida munosib o‘rin egallagan. G‘arbda Alfraganus nomi bilan tanilgan 
Ahmad Farg‘oniyning Nil daryosining sathini o‘lchash uchun mo‘ljallangan 
“Miqyosi Nil” qurilmasi, mashhur Ulug‘bekning oddiy va sodda o‘lchash asboblari 
bilan o‘ta yuqori aniqlikda tuzilgan “YUlduzlar jadvali”, ensiklopedist olim 
Beruniyning moddalar tarkibini aniqlash borasidagi o‘lkan yutuqlari va hokazolar 
(sanab tugatishimiz mushkul) shular jumlasidandir. 
Ma’lumki, respublikamizda tub iqtisodiy islohotlar orqali bozor 
munosabatlarini shakllantirishga kirishishda eng avvalo, uning strategik maqsadlari 
belgilanib olindi. Bu maqsadlar ichida “raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab 
chiqarishni ta’minlash” alohida ta’kidlab o‘tilgan. Iqtisodiy islohotlarning ustivor 
sanalgan yo‘nalishlarida ham quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin: 

ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish orqali tayyor eksportbob mahsulotlar 
ishlab chiqarishni kengaytirish; 

aholini yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash; 

mamlakatning eksport quvvatidan to‘la-to‘kis foydalanish, uni jadallik 
bilan rivojlantirish. 
Bu borada respublikamizda qisqa muddat ichida o‘lkan ishlar amalga oshirildi 
va natijada O‘zbekistonga faqat xom ashyo zonasi sifatida qarashlarga barham 
berildi. 
Hozirgi kunda har bir mutaxassis o‘z faoliyat sohasidagi sifat ko‘rsatkichlarni 
va ularni o‘lchash usullarini, o‘lchash vositalarini, ularning texnikaviy tavsiflarini 



bilishlari zarur. Bundan tashqari texnika yo‘nalishidagi mutaxassislar o‘lchanadigan 
va baholanadigan kattaliklarni nazorat qilish vositalari hamda ularni ishlatish bilan 
bog‘liq bo‘lgan masalalarni bilmog‘i zarur. 
Qurilishda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish oliy o‘quv 
yurtlari va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan talabalarda qurilishda 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy qoidalarni
talablarni, me’yorlarni standartlashtirish va me’yoriy hujjatlarni bilishini taqozo 
etadi. 




Download 1,55 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish