13
“sifat ko‘rsatkichining o‘lchami” degandan ko‘ra “uzunligi”, “massasi”, “sifat
ko‘rsatkichi” kabi iboralarni ishlatish ham leksik jihatdan,ham texnikaviy jihatdan
o‘rinli bo‘ladi.O‘lcham bilan qiymat tushunchalarini bir-biriga adashtirish kerak
emas. Masalan, 100 g, 10
5
mg, 10
-4
t - bir o‘lchamni 3 xil ko‘rinishda ifodalanishi
bo‘lib, odatda “massa o‘lchamining qiymati” demasdan, “massasi (...) kg” deb
gapiramiz. Demak kattalikning qiymati deganda uning o‘lchamini
muayyan sonli
birliklarda ifodalanishini tushunishimiz lozim.
Kattalikning o‘lchami - Ayrim olingan moddiy ob’ekt, tizim, hodisa yoki
jarayonga tegishli bo‘lgan kattalikning miqdori bo‘lib hisoblanadi.
Kattalikning qiymati - qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan
kattalikning miqdor tavsifini aniqlash.
Qiymatning sonlar bilan ifodalangan tarkibiy
qismini kattalikning sonli
qiymati deyiladi. Sonli qiymat kattalikning o‘lchami noldan qancha birlikka
farqlanadi, yoki o‘lchash birligi sifatida olingan o‘lchamdan
qancha birlik katta
(kichik) ekanligini bildiradi yoki boshqacha aytganda Q kattaligining qiymati uni
o‘lchash birligining o‘lchami [Q] va sonli qiymati q bilan ifodalanadi degan ma’noni
anglashimiz lozim:
Q = q[Q].
(3.1)
Endi yana kattalikning birligiga qaytamiz. Ikki
xil metall quvur berilgan
bo‘lib, birining diametri 1 m, ikkinchisiniki 0,5 m. Ularning ikkovini diametr
bo‘yicha solishtirish uchun, muayyan bir asos sifatida olingan birlik qiymati bilan
solishtirishimiz lozim bo‘ladi