• Hosilaviy kattalik
  • Kattaliklarning o‘lchamligi.
  • Kattalikning o‘lchamligi
  • Jizzax-2024 M. N. Eshonqulova




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/75
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,55 Mb.
    #246629
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75
    Bog'liq
    Monografiya - Eshonqulova 2

    Asosiy kattalik deb ko‘rilayotgan tizimga kiradigan va shart bo‘yicha 
    tizimning boshqa kattaliklariga nisbatan mustaqil qabul qilib olinadigan kattalikka 
    aytiladi. 
    Masalan, masofa (uzunlik), vaqt, temperatura, yorug‘lik kuchi kabilar. 
    Hosilaviy kattalik deb tizimga kiradigan va tizimning kattaliklari orqali 


    11 
    ifodalanadigan kattalikka aytiladi. 
    Masalan, tezlik, tezlanish, elektr qarshiligi, 
    quvvat va boshqalar. 
    Kattaliklarning o‘lchamligi. 
    Har bir xossa ko‘p yoki kam darajada 
    ifodalanishi, ya’ni miqdor tavsifiga ega bo‘lishi mumkin ekan, demak bu xossani 
    o‘lchash ham mumkin. Bu haqda buyuk italiyalik olim Galileo Galiley “O‘lchash 
    mumkin bo‘lganini o‘lchang, mumkin bo‘lmaganiga esa imkoniyat yarating” degan 
    edi. 
    Kattaliklarning sifat tavsiflarini rasmiy tarzda ifodalashda o‘lchamlikdan 
    foydalanamiz. 
    Kattalikning o‘lchamligi deb, shu kattalikning tizimdagi asosiy kattaliklar 
    bilan bog‘liqligini ko‘rsatadigan va proporsionallik koeffitsienti 1 ga teng bo‘lgan 
    ifodaga aytiladi. 
    Kattaliklarning o‘lchamligini dimension - o‘lcham, o‘lchamlik ma’nosini 
    bildiradigan (ingl.) so‘zga asoslangan holda dim simvoli bilan belgilanadi. 
    Odatda, asosiy kattaliklarning o‘lchamligi mos holdagi bosh harflar bilan 
    belgilanadi, masalan, 
    dim l = L; dim m = M; dim t = T. 
    Hosilaviy kattaliklarning o‘lchamligini aniqlashda quyidagi qoidalarga amal 
    qilish lozim: 
    1.
    Tenglamaning o‘ng va chap tomonlarining o‘lchamligi mos kelmasligi 
    mumkin emas, chunki, faqat bir xil xossalargina o‘zaro solishtirilishi mumkin. 
    Bundan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, faqat bir xil o‘lchamlikka ega bo‘lgan 
    kattaliklarnigina algebraik qo‘shishimiz mumkin. 
    2.
    O‘lchamliklarning algebrasi ko‘payuvchandir, ya’ni faqatgina ko‘paytirish 
    amalidan iboratdir. 
    2.1.
    Bir 
    nechta 
    kattaliklar 
    ko‘paytmasining o‘lchamligi ularning 
    o‘lchamliklarining ko‘paytmasiga teng, ya’ni: 
    A, B, C, Q 
    kattaliklarining qiymatlari 
    orasidagi bog‘lanish 
    Q = ABC 
    ko‘rinishda berilgan bo‘lsa, u holda 
    dim Q = (dim A)(dim B)(dim C). 


    12 
    2.2.
    Bir kattalikni boshqasiga bo‘lishdagi bo‘linmaning o‘lchamligi ularning 
    o‘lchamliklarining nisbatiga teng, ya’ni 
    Q = A/B 
    bo‘lsa, u holda 
    dim Q = dim A / dim B. 
    2.3.
    Darajaga 
    ko‘tarilgan ihtiyoriy kattalikning o‘lchamligi uning 
    o‘lchamligini shu darajaga oshirilganligiga tengdir, ya’ni, 
    Q = A
    n
     
    bo‘lsa, u holda, 
    dim Q = dim A
    n

    Masalan, agar tezlik 
    v = l/t 
    bo‘lsa, u holda 
    dim v = dim l / dim t = L/T = LT
    -1

    SHunday qilib, hosilaviy kattalikning o‘lchamligini ifodalashda quyidagi 
    formuladan foydalanishimiz mumkin: 
    dim Q = L
    n
    M
    m
    T
    k

    bunda, 
    L, M, T
    ..., - mos ravishda asosiy kattaliklarning o‘lchamligi; 
    n, m, k..., 

    o‘lchamlikning daraja ko‘rsatkichi. 
    Har bir o‘lchamlikning daraja ko‘rsatkichi musbat yoki manfiy, butun yoki 
    kasr songa yoxud nolga teng bo‘lishi mumkin. Agar barcha daraja ko‘rsatkichlari 
    nolga teng bo‘lsa, u holda bunday kattalikni 

    Download 1,55 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish