• O‘zbekiston Respublikasi davlat metrologik xizmati. “
  • YUridik shaxslarning metrologik xizmati
  • Jizzax-2024 M. N. Eshonqulova




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/75
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,55 Mb.
    #246629
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
    Bog'liq
    Monografiya - Eshonqulova 2

    Metrologik xizmat 
    – davlat idoralari va yuridik shaxslar metrologik 
    xizmatlarining tarmoqlari va ularning o‘lchashlar birliligini ta’minlashga 
    yo‘naltirilgan faoliyati. 
    O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining tashkiliy asosi davlat metrologik 
    xizmati va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlaridan tashkil topgan. 
    O‘zbekiston Respublikasi davlat metrologik xizmati. “
    O‘zstandart” 
    Agentligi 
    boshqaradigan 
    davlat 
    metrologik 
    xizmatiga 
    Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasidagi, viloyatlardagi va Toshkent shaharidagi davlat metrologik xizmat 
    idoralari kiradi. 
    YUridik shaxslarning metrologik xizmati 
    – o‘lchashlar birliligini 
    ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajaruvchi va ushbu korxonada (tashkilotda) 
    metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshiruvchi metrologik xizmat. 
    YUridik shaxslarning metrologik xizmati o‘lchashlar birliligini ta’minlash 
    bo‘yicha ishlarni bajarish va metrologik tekshiruvni o‘tkazish zarur bo‘lgan hollarda 
    tashkil etiladi. 
    1.2
     
    Kattaliklarning o‘lchamliligi va birliklari 
    Atrofimizdagi hayot uzluksiz tarzda kechadigan muayyan jarayonlar, 
    voqealar, hodisalarga nihoyatda boy bo‘lib, ularni ko‘pini aksariyat hollarda 
    sezmaymiz yoki e’tiborga olmaymiz. CHetdan qaraganda ularning orasida bog‘liqlik 
    yoki uzluksizlik bilinmasligi ham mumkin. Ba’zilariga esa shunchalik ko‘nikib 
    ketganmizki, aniq bir so‘z bilan ifodalash kerak bo‘lsa, biroz qiynalib turamizda, 
    “...mana shu-da!” deb qo‘yamiz. Butun suhbat barchamiz bilib- bilmaydigan, ko‘rib-
    ko‘rmaydigan va sezib-sezmaydigan 
    kattaliklar 
    haqida boradi. 
    Kattaliklarning ta’rifini keltirishdan oldin ularning mohiyatiga muqaddima 
    keltirsak. 
    YOn-veringizga bir nazar tashlang, har xil buyumlarni, jonli va jonsiz 
    predmetlarni ko‘rasiz. Balki oldingizda do‘stlaringiz ham o‘tirishgandir (albatta dars 
    tayyorlab!). Garchi bu sanab o‘tilganlar bir-birlaridan tubdan farq qilsa ham 



    hozir ko‘rishimiz kerak bo‘lgan xossalar va xususiyatlar bo‘yicha ulardagi muayyan 
    umumiylikni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, ruchka, stol va do‘stingizni olaylik. 
    Bular bir-biridan qanchalik o‘zgacha bo‘lmasin, lekin o‘zlarida shunday bir 
    umumiylikni kasb etganki, bu umumiylik ularning uchalasida ham bir xilda 
    tavsiflanadi. Agarda gap ularning katta-kichikligi xususida boradigan bo‘lsa, biror 
    bir yo‘nalish bo‘yicha olingan va aniq chegaraga (oraliqqa) ega bo‘lgan makonni 
    yoki masofani tushunamiz. Aynan mana shu xossa uchala ob’ekt uchun bir xil 
    ma’noga ega. Ushbu ma’no nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, ular orasidagi 
    tafovut faqat qiymatdagina bo‘lib qoladi. YOki og‘irlik tushunchasini, ya’ni misol 
    tariqasida olingan ob’ektlarning Erga tortilishini ifodalaydigan xususiyatini oladigan 
    bo‘lsak ham, mazmunan bir xillikni ko‘ramiz. Bunda ham ular orasidagi tafovut 
    ularning Erga tortilish kuchining katta yoki kichikligida, ya’ni qiymatidagina 
    bo‘ladi. Biz buni oddiygina qilib 

    Download 1,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish