• Metrologiya – o‘lchashlar, ularning birliligini ta’minlash metodlari va vositalari va talab etilgan aniqlikka erishish usullari to‘g‘risidagi fan. O‘lchashlar birliligi
  • O‘lchash vositalari – o‘lchashlar uchun foydalaniladigan va me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnik vosita. Birlik etaloni
  • Davlat etaloni
  • Davlat metrologik nazorati
  • Jizzax-2024 M. N. Eshonqulova




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/75
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,55 Mb.
    #246629
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
    Bog'liq
    Monografiya - Eshonqulova 2

    I.
     
    Bob. QURILISHDA METROLOGIYA FAOLIYATIGA DOIR ASOSIY 
    TUSHUNCHA VA QOIDALAR 
     
    1.1
     
    Metrologiya sohasi bo‘yicha asosiy atamalar va ta’riflar 
    Metrologik me’yorlar va qoidalarning xalqaro va tarmoqlararo ahamiyatini 
    hisobga olgan holda o‘zaro tushunish va harakatlarni kelishishda metrologik 
    atamlarning birliligi va qabul qilingan tushunchalarga aniq rioya qilish muhim 
    ahamiyat kasb etadi. 
    O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida” Qonunida 
    metrologiya bo‘yicha quyidagi asosiy atmalar o‘rnatilgan. 
    Metrologiya 
    – o‘lchashlar, ularning birliligini ta’minlash metodlari va 
    vositalari va talab etilgan aniqlikka erishish usullari to‘g‘risidagi fan. 
    O‘lchashlar birliligi 
    – o‘lchashlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda 
    ifodalangan va o‘lchashlarning xatoliklari berilgan ehtimollik bilan ma’lum bo‘lgan 
    holat. 
    O‘lchash vositalari 
    – o‘lchashlar uchun foydalaniladigan va me’yorlangan 
    metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnik vosita. 
    Birlik etaloni 
    – fizik kattalikning o‘lchamini boshqa o‘lchash vositasiga 
    berish maqsadida fizik kattalik birligining o‘lchamini qayta tiklash va saqlash uchun 
    mo‘ljallangan o‘lchashlar vositasi. 
    Davlat etaloni 
    – O‘zbekiston Respublikasi hududida kattalik birligining 
    o‘lchamini o‘rnatish uchun milliy idora vakilining qarori bilan boshlang‘ich etalon 
    sifatida tan olingan etalon. 
    Metrologik xizmat 
    – davlat idoralari va yuridik shaxslarning metrologik 
    xizmatlari tarmoqlari hamda ularning o‘lchashlar birliligini ta’minlashga 
    yo‘naltirilgan faoliyati. 
    Davlat 
    metrologik 
    nazorati 
    – metrologiya qoidalariga amal 
    qilinayotganligini tekshirish maqsadlarida davlat metrologik xizmat idoralari 
    tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat. 

    Download 1,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish