og‘irlik  deb atab qo‘yamiz. Bu kabi xususiyatlar  talaygina bo‘lib, ularga  kattalik




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/75
Sana20.05.2024
Hajmi1,55 Mb.
#246629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75
Bog'liq
Monografiya - Eshonqulova 2

og‘irlik 
deb atab qo‘yamiz. Bu kabi xususiyatlar 
talaygina bo‘lib, ularga 
kattalik 
nomi berilgan. 
Kattaliklar juda ko‘p va turli-tuman, lekin ularning barchasi ham ikkitagina 
tavsif bilan tushuntiriladi. Bu sifat va miqdor tavsiflari. 
Sifat tavsifi olingan kattalikning mohiyatini, mazmunini ifodalaydigan tavsif 
hisoblanadi. Gap masofa borasida ketganda muayyan olingan ob’ektning 
o‘lchamlarini, uzun-qisqaligini yoki baland-pastligini bildiruvchi xususiyatni 
tushunamiz, ya’ni ko‘z oldimizga keltiramiz. Buni oddiygina bir tajribadan 
bilishimiz mumkin. Bir daqiqaga boshqa ishlaringizni yig‘ishtirib, ko‘z oldingizga 
og‘irlik va temperatura nomli kattaliklarni keltiring... Xo‘sh, ularning sifat 
tavsiflarini seza oldingizmi. Bir narsaga ahamiyat bering-a, og‘irlik deganda 
qandaydir bir mavhum, og‘ir yoki engil ob’ektni, aksariyat, tarozi toshlarini ko‘z 
oldiga keltirgansiz, temperatura to‘g‘risida gap borganda esa, issiq-sovuqlikni 
bildiruvchi bir narsani gavdalantirgansiz. Aynan mana shular biz sizga 
tushuntirmoqchi bo‘lgan kattalikning sifat tavsifi bo‘lib hisoblanadi. 
Endi olingan ob’ektlarda biror bir kattalik to‘g‘risida so‘zlaydigan bo‘lsak, bu 
ob’ektlar o‘zida shu kattalikni ko‘p yoki kam “mujassamlashtirganligini” shohidi 
bo‘lamiz. Bu esa kattalikning miqdor tavsifi bo‘ladi. 


10 
Mana endi kattalikning ta’rifini keltirishimiz mumkin: 
Kattalik - sifat tomonidan ko‘pgina fizikaviy ob’ektlarga (fizikaviy tizimlarga, 
ularning holatlariga va ularda o‘tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo‘lib, 
miqdor tomonidan har bir ob’ekt uchun xususiy bo‘lgan xossadir. 
Ta’rifda keltirilgan xususiylik biror ob’ektning xossasi ikkinchisinikiga 
nisbatan ma’lum darajada kattaroq yoki kichikroq bo‘lishini ifodalaydi. 
Biz o‘rganayotgan metrologiya fani aynan mana shu kattaliklar, ularning 
birliklari, o‘lchash texnikasining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. 
“Kattalik” atamasidan xossaning faqat miqdoriy tomonini ifodalash uchun 
foydalanish to‘g‘ri emas (masalan, “massa kattaligi”, “bosim kattaligi” deb yozish), 
chunki shu xossalarning o‘zi kattalik bo‘ladi. Bunda “kattalik o‘lchami” degan 
atamani ishlatish to‘g‘ri hisoblanadi. Masalan, ma’lum jismning uzunligi, massasi, 
elektr qarshiligi va hokazolar. 
Har bir fizikaviy ob’ekt bir qancha ob’ektiv xossalar bilan tavsiflanishi 
mumkin. Ilm-fan taraqqiyoti va rivojlanishi bilan bu xossalarni bilishga talab ortib 
bormoqda. Hozirga kelib zamonaviy o‘lchash vositalari yordamida 70 dan ortiq 
kattalikni o‘lchash imkoniyati mavjud. Bu ko‘rsatkich 2050 yillarga borib 200 dan 
ortib ketishi bashorat qilinmoqda. 
Ko‘pincha kattalikning o‘rniga parametr, sifat ko‘rsatkichi, tavsif 
(xarakteristika) degan atamalarni ham qo‘llanishiga duch kelamiz, Lekin bu 
atamalarning barchasi mohiyatan kattalikni ifodalaydi. 
Muayyan guruhlardagi kattaliklarning orasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud 
bo‘lib, uni fizikaviy bog‘lanish tenglamalari orqali ifodalash mumkin. Masalan, vaqt 
birligidagi o‘tilgan masofa bo‘yicha tezlikni aniqlashimiz mumkin. Mana shu 
bog‘lanishlar asosida kattaliklarni ikki guruhga bo‘lib ko‘riladi: asosiy kattaliklar va 
hosilaviy kattaliklar. 

Download 1,55 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



og‘irlik  deb atab qo‘yamiz. Bu kabi xususiyatlar  talaygina bo‘lib, ularga  kattalik

Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish